Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.11K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Shofirkon_tumani

Viloyat 4 – sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Shofirkon_tumanidagi “Bobo Haydar” mahala fuqarolari yig‘ini aholisi va yoshlari bilan o‘tkazildi.

🔰Sektor ishchi guruhi hamda tegishli tashkilot masullari ishtirok etgan qabuldan 20 dan ortiq fuqarolar o‘z muammo va takliflari bilan qatnashdilar.

♻️O‘tkazilgan sayyor qabul davomida shu erlik aholidan jami 14 ta murojaatlar kelib tushdi. Xususan, 4 nafar "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar tikuvchilik mashinkasi va pishiriq dastgohlarini olishga, 1 nafar fuqaro tomonidan imtiyozli bank krediti ajratilishiga, 3 nafar fuqarolar esa dori-darmon va 2 nafar fuqarolar bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan ko'mak so‘rab murojaat qildilar.

❇️Murojaatlarning 10 tasi joyida hal qilindi hamda ko‘rib chiqilishida muddat talab etiladigan 4 ta murojaatlar esa ijro uchun nazoratga olindi
.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
G’IJDUVON TUMANIDAGI EHTIYOJMAND YOSHLARNING ORZULARI USHALMOQDA

🔹Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi Qizil toifaga kiritilgan 160 nafar yoshlar Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyatiga biriktirilgan.

🔹 Joriy yilning o’tgan davrida soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan ushbu toifadagi o‘g‘il-qizlarga turli ko‘rinish va yo’nalishda amaliy yordam ko’rsatildi.

🔹Xususan, ularning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishi o’rganilib, hayotdan o’z o’rnini topishlari uchun manzilli va aniq mezonlar asosida amaliy ishlar olib borilishi natijasida ularning 72 nafari “Qizil toifa”dan chiqarildi.
Kuni-kecha Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o’rinbosari S.Muhamedov mazkur tumanda bo’lib, “mahalla yettiligi” bilan birgalikda “Qizil toifa”dagi yoshlar va va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o’tkazdi.


👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliq miqdorlari

Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:

🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) oyiga 330 000 so‘m;

🔹savdo majmualari
va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 165 000 so‘m;

🔹boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 330 000 so'm;

🔹oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
▫️YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 330 000 so‘m;
▫️oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 165 000 so‘m;

🔹 o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 1-dekabrga qadar ixtiyoriy asosdayiliga 330 000 so'm;

👉 Soliq kodeksi 408-modda

❗️Ma'lumot uchun. 2023-yil 1-maydan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) oyiga 330 000 so‘mni tashkil etadi.

🔹Yuridik shaxslar xodimlari uchun ijtimoiy soliqni har oyning 15-sanasidan kechiktirmay to‘laydi.
👉 Yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkalari
__________
#социальный_налог

Размеры социального налога

Соцналог уплачивают:

🔹индивидуальные предприниматели в размере 330 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников индивидуальных предпринимателей, осуществляющих деятельность в торговых комплексах и на рынках - 165 000 сумов в месяц;

🔹за наемных работников других индивидуальных предпринимателей330 000 сумов в год;

🔹семейные предприниматели без образования юрлица:
▫️член семьи, зарегистрированный в качестве индивидуального предпринимателя, — 330 000 сумов в месяц;
▫️другие члены семьи (за исключением не достигших 18 лет)165 000 сумов в месяц;

🔹самозанятые лица на добровольной основе - 330 000 сумов в год до 1 декабря;

👉ст.408 НК

К сведению. С 1 мая 2023 года базовая расчетная величина (БРВ)
составляет 330 000 сумов в месяц.

🔹юрлица уплачивают соцналог за своих сотрудников ежемесячно не позднее 15-го числа.
👉Ставки соцналога для юрлиц

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#ijtimoiy_soliq

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga to‘langan ijtimoiy soliq summasi qanday qaytariladi?

2023-yil 1-maydan 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
👉 PF-61-son 26.04.2023 yil
👉 VMQ-460-son 24.07.2021 yil

Bunda:

ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan yosh xodim hisobot oyida 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
25 yoshgacha bo‘lgan yosh xodim uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan bo‘lishi;
ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ish beruvchining arizasi rad etiladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq summasini qaytarishga ariza berish uchun:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kiriladi. “Xizmatlar” ➡️ “Soliq majburiyatlari” ➡️ “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bo‘limlari ketma-ketlikda tanlanadi.

2️. Ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

3️. Ijtimoiy soliq summasini qaytarish so‘ralayotgan davr ko‘rsatiladi.

❗️2024-yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati – 2025-yil 1-aprel.

4️. Tegishli sanalar kiritilgach, korxonaning 6 oy davomida uzluksiz ishlagan 25 yoshgacha bo‘lgan xodimlari ro‘yxati va ijtimoiy soliq summasi avtomatik tarzda shakllanadi.

5️. Maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, xususan, ijtimoiy soliq stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag‘lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.

6️. “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. So‘ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi. Ilovani saqlash va chop etish mumkin.

7️. Kiritilgan maʼlumotlarning to‘g‘riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, “Arizani yuborish” tugmasi bosiladi.

“Yuborilgan arizalar” bo‘limida ariza holati, ijrochisi va ko‘rib chiqish muddatlari haqida to‘liq maʼlumotlar aks ettiriladi.

Ariza 5 ish kunida o‘rganib chiqiladi.

Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilikka yuboriladi.

25 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish tartibi budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliq: hisobot, soliqni to‘lash va imtiyoz”
mavzusidagi onlayn seminar-trening quyidagi havola orali davom etmoqda

🌐👉 https://youtube.com/live/nZ-t-wpFM3g?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15 noyabr

oktabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5-qismlar);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4-qismlar).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 ноября 2023 года последний день

за октябрь:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4 и 5 ст. 407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3 и 4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#20_ming_tadbirkor_500_ming_malakali_mutaxassis

📺Zo‘r TV “Bu kun” dasturida:

Buxoroda “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida mahallalarda biriktirilgan soliq xodimlari tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va bu orqali qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
BUXORODA XUFIYONA IQTISODIYOTNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi va uning hududiy soliq inspeksiyalari tomonidan bozorlar va savdo komplekslarida tadbirkorlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Bugun Buxoro shahar soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda hududdagi “Markaziy dehqon bozori” va “Buxoro savdo majmuasi”da ham ana shunday yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda soliq xizmati xodimlari mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning barqaror faoliyat yuritishlarini ta’minlashga qaratilgan soliq ma’murchiligidagi yengilliklarni yetkazish bilan birga yashirin iqtisodiyotga sabab bo‘layotgan omillardan biri - bu xarid chekini bermaslik holatlari va uning oqibatlari tushuntirildi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#soliq_tekshiruvi

“Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali Buxorodan 2 284 ta murojaat yo`llangan

Respublika bo`yicha 2023-yil yanvar-oktabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida jami 102 089 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
🔹94 765 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹4 020 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹200 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹3 104 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 56 756 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

🔍Murojaatlar asosida 40 833 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,4 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2023-yilda 40 685 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 33,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Tayinlov

Buxoroda uchta soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Gʻafurov Anvar Ahrorovich Buxoro shahar soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Hasanov Shoxrux Shuhratovich Qorakoʻl tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Karimov Yashinjon Abdurashidovich Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening bugun, 🗓 17-noyabr kuni “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится, 🗓 11 ноября на тему «Досудебного урегулирования налоговых споров и его порядок».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Soliq nizolarini sudgacha hal qilish va uning tartiblari” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share
______
#объявление

Уважаемые налогоплательщики❗️

По причине перебоев в работе интернет-провайдеров онлайн-семинар на тему “Досудебное урегулирование налоговых споров и его порядок” начался позднее указанного ранее времени.

🌐Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/08AUt9ZEFLY?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads