Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennis

BUXORODA STOL TENNISI UCHUN SPORT MAJMUASI YANA BITTAGA KO‘PAYDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
tashabbusi bilan viloyatda stol tennisini rivojlantirishga, yoshlarni ushbu sport turiga jalb etishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.

Ayni paytda Buxoro viloyatida
stol tennisi sport turi bilan shug‘ullanish uchun 79 ta bo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, shundan 75 ta bo‘lim sport maktablarida, 3 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablarida, 1 ta olimpiya va paralimpiya sport maktabida joylashgan.

Bugun ularning safiga yana bir muhtasham zamonaviy sport zali qo‘shildi. O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi va 4-sektor hamkorligida viloyat soliq boshqarmasidagi mavjud sport zali jahon andozasiga mos ravishda qayta ta’mirlanib sportchi yoshlar ixtiyoriga topshirildi.

Ushbu sport zalining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi stol tennisi federatsiyasi raisi o‘rinbosari, viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, sport faxriylari hamda keng jamaotchilik ishtirok etdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mazkur muhtasham sport zali Buxoro viloyatida sportni, jumladan, stol tennisini yanada ravnaq topishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, ushbu sport majmuasini yangidan zamonaviy ko‘rinishda foydalanishga topshirilishida mutasaddi tashkilot rahbarlarining ham alohida mas’uliyat bilan yondashganligi qayd etildi.

Ochilish marosimi chinakkam bayramga aylanib ketdi. Tadbirda Respublikamizda stol tennisi bo‘yicha faxirli o‘rinlarni egallab kelayotgan sportchi yoshlarga hamda ularga stol tennisining sir asrorlarini o‘rgatayotgan murrabiylarga federatsiyaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#stol_tennis

BUXORODA STOL TENNISI UCHUN SPORT MAJMUASI YANA BITTAGA KO‘PAYDI


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#mulk_soligi #yer_soligi

O‘z vaqtida to‘lanmagan mol-mulk va yer soliqlari uchun penya hisoblanadi

16-oktabr mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning muddati tugadi.

O‘zbekistonda oktabr oyi holatiga:
🔹7 764 092 nafar mol-mulk solig‘i to‘lovchisi (o‘tgan yilga nisbatan 107 824 nafarga ko‘p);
🔹6 829 688 nafar yer solig‘i to‘lovchisi (o‘tgan yilga nisbatan 100 677 nafarga ko‘p) hisobga olingan.

Ular tomonidan mahalliy budjetlarga (20-oktabr holatiga);
▫️1,1 trln so‘m mol-mulk solig‘i;
▫️2,2 trln so‘m yer solig‘i to‘landi.

Biroq, ushbu soliqlar bo'yicha 1,5 trln so'm miqdorida qarzdorlik to‘lanmasdan qolmoqda. Shundan 563,1 mlrd so‘mi budjet, nodavlat notijorat va tijorat tashkilotlarida rasman band bo‘lgan va daromad oluvchi xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Soliqlardan qarzi mavjud fuqarolarning uyali telefonlariga SMS-xabarnomalar yuboriladi. Unda soliq obyekti, stavkasi va miqdori haqida batafsil maʼlumotlar aks ettirilgan toʻlov xabarnomalariga hamda soliqlarni toʻlash mumkin boʻlgan Soliq mobil ilovasiga havola mavjud.

Ma'lumot uchun mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan 2 002 502 nafar, yer solig‘i imtiyozlaridan esa 276 024 nafar fuqaro foydalanmoqda.
_____________
#налог_на_имущество #земельный_налог

За несвоевременную уплату налогов на имущество и землю начисляются пени

16 октября истек срок уплаты физическими лицами налогов на имущество и землю.

По состоянию на октябрь в Узбекистане:
🔹7 764 092 плательщика налога на имущество (на 107 824 больше, чем в прошлом году);
🔹6 829 688 плательщиков земельного налога (на 100 677 больше, чем в прошлом году).

Ими в местные бюджеты уплачено (по состоянию на 20 октября):
▫️1,1 трлн сумов налога на имущество;
▫️2,2 трлн сумов земельного налога.

Однако остается непогашенной задолженность по этим налогам в размере 1,5 трлн сумов. Из них 563,1 млрд сумов - у официально трудоустроенных и имеющих доход сотрудников бюджетных, негосударственных некоммерческих и коммерческих организаций.

Напоминаем❗️За каждый день просрочки начисляются пени по процентной ставке 0,047% от неуплаченной суммы налога (1/300 от 14% ставки рефинансирования ЦБ РУз).
👉ст.110 НК

Тем, у кого имеется налоговая задолженность, направлены SMS-уведомления на мобильные телефоны. В них есть ссылка на платежные извещения с подробной информацией об объекте, ставке и сумме налога и ссылка на мобильное приложение Soliq, через которое можно уплатить налоги.

Для информации. Льготами по налогу на имущество воспользовались 2 002 502 физлиц, по земельному налогу - 276 024 физлиц.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onatilimfaxrim

Aziz yurtdoshlar, Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman!

O‘zbek tili
xalqimizning azaliy qadriyatlarini birlashtirib, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi ulkan maʼnaviy boyligimizdir.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyligimizni kelajak avlodga asl holida yetkazish muqaddas burchimizdir.

O‘tmishimiz va kelajagimizni bog‘lab turuvchi,
shonli va sharafli yo‘llarni bosib kelayotgan o‘zbek tili bugun davlat tili maqomida yanada ulug‘vorligini namoyon etmoqda.

Darhaqiqat, keyingi yillarda tilimiz qadri va nufuzini oshirish borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-eʼtiborini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo miqyosida ona tilimizning mavqei mustahkamlanib boryapti.

O‘zbek tili
xalqaro minbarlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasi bo‘lib xizmat qilaversin.

O‘zbek tili bayrami kuni bilan barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#foyda_soligi

❗️Ma’lumot uchun. Prezident Qaroriga ko‘ra foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirilgan.
👉PQ-292 04.09.2023
__________
#налог_на_прибыль

❗️К сведению. В соответствии с Постановлением Президента предельный размер дохода субъектов предпринимательства, которые должны уплачивать ежемесячно авансовые платежи по налогу на прибыль, увеличен с 5 млрд сумов до 10 млрд сумов
👉№ ПП-292 от 04.09.2023 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening
🗓 24-oktabr kuni
“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится
🗓 24 октября на тему
«Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#savol_javob

SAVOL: Korxona o‘zini o‘zi band qilgan shaxs xizmatidan foydalansa, ish beruvchi uchun qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?

✔️JAVOB:
2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4742-son Qarorning ilovasida o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati keltirilgan.

O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar aynan ushbu faoliyat turlarini, aynan ro‘yxatda keltirilgan shaxslarga ko‘rsatishlari natijasida oladigan daromadlari, mazkur qarorning 1-bandiga asosan Soliq kodeksiga muvofiq jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Shunga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qiladigan shaxs, yuridik shaxsga xizmat ko‘rsatsa, unda belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda ijtimoiy soliq undiriladi.


Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/N9S9E_li4MQ?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/N9S9E_li4MQ?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#raqamlashtirish #EHF

Tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi sentabr oyida qariyb 148 trln so‘mni tashkil etdi

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.

Hisobvaraq-faktura elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o‘zgarganda sotuvchi sotib oluvchiga qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi lozim.

Agar sotuvchi xaridorga kassa cheki bersa, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) taqdim etilmaydi.

👉Soliq kodeksning 47-modda

2023-yil 1-oktabr holatiga 30,2 mlndan ortiq EHF orqali 1 158,1 trln so‘mdan ziyod (1-sentabr holatiga – 1 010,3 trln so‘m) tovar realizatsiyasi amalga oshirilgan.
👉 Batafsil
_____________
#цифровизация #ЭСФ

За сентябрь товарооборот по ЭСФ у предпринимателей составил почти 148 трлн сумов

При реализации
товаров (услуг) юридические лица и индивидуальные предприниматели обязаны выставлять покупателям этих товаров (услуг) счета-фактуры.

Счет-фактура оформляется в электронной форме.

При изменении стоимости реализуемых товаров (услуг) продавец обязан выставить покупателю дополнительный или исправленный счет-фактуру.

Электронный счет-фактура (ЭСФ) не выставляется, если продавец выдал покупателю кассовый чек.

👉ст.47 НК

По состоянию на 1 октября 2023 года посредством более 30,2 млн ЭСФ осуществлена реализация товаров на сумму 1 158,1 трлн сумов (по состоянию на 1 сентября - 1 010,3 трлн сумов).
👉Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj

Buxoro viloyati 4-sektorga qarashli Kogon tumani mahallalarida tadbirkorlik rivojlanmoqda

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24

BUXORODA STOL TENNISI UCHUN SPORT MAJMUASI YANA BITTAGA KO‘PAYDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan
viloyatda stol tennisini rivojlantirishga, yoshlarni ushbu sport turiga jalb etishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda.


Тelegram | Facebook|Instagram
«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturi Buxoroda ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatmoqda

Buxoro viloyat soliq boshqarmasi
hamda hududlardagi soliq inspeksiyalari hamkorligida viloyatda xususiy tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yurtdoshlarimizni tadbirkorlikka yanada kengroq jalb qilish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tashkiliy hamda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida joylarda korxonalar faoliyati o‘rganilib, korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish choralari ko‘rilayapti.

👉BATAFSIL

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Imtiyozli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKT orqali shakllantirilgan chek summalari uchun imtiyozlarni qanday qo‘llaydi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads