Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning JShSHIR (PINFL)ini kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

🔴Savol: Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ham qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadimi?

🟢Javob:
Soliq kodeksining 243-moddasiga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu moddaning tegishli bandiga asosan boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

🔴Savol: MCHJ tomonidan ta’sischilarga to‘lanadigan dividendlar bo‘yicha qanday soliq majburiyatlari paydo bo‘ladi?

🟢Javob:
Soliq kodeksining 343-, va 345-moddalariga asosan yuridik shaxs tomonidan O’zbekiston Respublikasining soliq rezidentiga to‘lanadigan dividendlarga to‘lov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni to‘lovchi yuridik shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.

Dividendlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisoboti o‘zining soliq hisobiga olingan joyidagi soliq organiga dividendlar hisoblangan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay soliq agentlari tomonidan taqdim etiladi.
Soliq summasi dividendlarni va foizlarni to‘lash muddatidan kechiktirmay budjetga to‘lanadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

PESHKU TUMANIDA SOLIQ INSPEKSIYASI XODIMLARI ISHTIROKIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XUSUSIDA PROFILAKTIK TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan boshqarma Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi, tuman prokururaturasi, IIB hamda hamda kadastr palatasi tuman filiali mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan jamoaviy profilaktik tadbirda xodimlarning odob-axloq hamda davlat xizmatchilari uchun belgilangan me’riy talablarga so‘zsiz amal qilish, hududda yashirin iqtisodiyotni oldini olish, shuningdek tadbirkorlar va soliq to‘lovchilarning murojaatlarini ko‘rib-chiqishda qonun ustuvorligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratildi.

👉BATAFSIL

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
O’zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘laydimi?

O’zini o‘zi band qilgan shaxslarning
mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar jismoniy shaxslarning umumiy daromadlariga kiritilmaydi (mos ravishda qat’iy daromad solig‘i to‘lanmaydi).

Ish stajini hisoblash uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yiliga (hisobot yilining 1 dekabriga qadar) bazaviy hisob-kitob qiymatining kamida bitta miqdorida ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda to‘laydilar.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

#Oramizdagi_odamlar loyihasi orqali 4-sektor hududida tadbirkorlikni boshlagan va undan yaxshigina daromad topayotgan turli yoshdagi fuqarolarimiz haqida ma’lumot berib boryapmiz.

Loyihaning bugungi sonida qorako‘llik yoshlardan biri Ozod G‘aybullaevning faoliyati bilan tanishasiz.


Batafsil videoda

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

#Oramizdagi_odamlar loyihasining bugungi qahramoni qorako‘llik “Ayollar daftari”ga kiritilgan Firuza Mo‘minova.

Hayotda ko‘plab qiyinchiliklarga bardosh berib kelayotgan Firuza Mo‘minova ayni paytda shirinliklar pishirish sexiga ega.

Tadbirkorlik faoliyatidan daromad topmoqda. Unga bu ishda qizlari ko‘makchi bo‘lmoqda.
Qolganini ushbu videoni tomosha qilganingizdan so‘ng bilib olasiz.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 17-iyul

iyun oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-4 qism).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 17 июля 2023 года последний день

за июнь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_tekshiruvi

Joriy yilda qancha soliq to'lovchida soliq auditi o‘tkazildi?

Birinchi yarim yillikda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash xavfi yuqori bo‘lgan 533 ta soliq to‘lovchida soliq auditi o‘tkazildi. Bu umumiy soliq to‘lovchilar sonining (569 ming) atigi 0,09 %ini tashkil etadi.

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 171 ta soliq toʻlovchida 1,2 trln soʻmlik soliq bazasi yashirilgani aniqlangan.

❗️ Ma'lumot uchun. Soliq auditi muayyan davr uchun soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirishdir.

Fuqarolar murojaatlari asosida qancha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi?

Olti oyda Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 68 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Shundan 93%i chek bermaslik haqida.

Murojaatlarning 38 867 tasi
takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.

Murojaatlar asosida 25 623 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan.

👉Tadbirkor ustidan chek berilmaslik haqida shikoyat kelib tushsa, soliq tekshiruvi qanday o'tkaziladi?

Natijada, huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga (undirilgan jarima summasidan 20%) 13,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
__________
#налоговая_проверка

Сколько налогоплательщиков столкнулись с налоговым аудитом в этом году?

За первое полугодие налоговые аудиты проведены у 533 налогоплательщиков с высоким риском неуплаты налогов. Это всего 0,09% от общего числа налогоплательщиков (569 тыс.).

В ходе проведенных налоговых аудитов выявлено, что у 171 налогоплательщика была сокрыта налоговая база в размере 1,2 трлн сумов.

❗️Для информации. Налоговый аудит - это проверка правильности исчисления и уплаты налогов и сборов за определенный период.

Сколько выездных проверок проведено на основании жалоб граждан?

За 6 месяцев через систему "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq поступило более 68 тысяч обращений о налоговых правонарушениях. 93% из них - о невыдаче чека.

Отклонено 38 867 обращений, которые либо являются повторными, либо в отношении субъекта предпринимательства, на которого поступила жалоба, уже проводится проверка.

На основании обращений проведены 25 623 выездных налоговых проверок.

👉Как проводится выездная налоговая проверка, если в отношении предпринимателя поступит жалоба о невыдаче чека?

В результате гражданам, сообщившим о налоговых правонарушениях, выплачены вознаграждения (20% от суммы взысканного штрафа) в размере 13,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

#Oramizdagi_odamlar loyihasi 4-sektor hududidagi tadbirkorlik faoliyatini boshlab, daromad topayotgan bugungi kun qahramonlarini ko‘rsatishda davom etadi.

Loyihaning ushbu sonida jondorlik yoshlardan biri Doston Salomovning faoliyati yoritilgan.

Doston Salomovga egallagan hunari daromat keltirmoqda.

Batafsil videoda

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Vositachi va marketpleyslarning onlayn-NKT cheklari haqidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida qanday koʻrish mumkin?

👉 YouTubeda ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

#Oramizdagi_odamlar

Jondor tumani "Navgadi" MFYda istiqomat qilib kelayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan Aziza Oripovaga mahalla mas`ullari va 4-sektor ko`magida tikuv sexi tashkil qilib berildi.

U ayni kunlarda tadbirkorlik ortidan daromad topib, hatto kredit to`lovlarini ham to‘lamoqda.

#Oramizdagi_odamlar loyihasining bu galgi mehmoni shular haqida gapirib berdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-iyul

iyun oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar iyun oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻining hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454(7)-modda 2-3 qismlar);

- foyda soligʻi hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 339-modda 5-qism).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️20 июля 2023 года последний день

за июнь:

- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в июне были начислены дивиденды и проценты
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за
пользование недрами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юрлицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса);

- уплаты и представления отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в период наличия налоговой базы
(ч.2-3 ст. 454(7) Налогового кодекса);

- уплаты и представления отчетности по налогу на
прибыль
(ч.5 ст.339 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Sevimli" telekanali "Zamon" informatsion dasturida:

4-sektor hududida yosh tadbirkorlar soni ortmoqda.
Buning uchun mahalla mas’ullari va sektor ishchi guruhi ularga yaqindan ko‘makchi bo‘layaptilar.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram