Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
PALOV PISHIRISH BO‘YICHA
OSHPAZLAR KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILDI

Buxoroda XX an’anaviy xalqaro “Ipak va ziravorlar” festivali bo‘lib o‘tyapti.

Festival doirasida
Buxoro shahrining eski shahar qismi bo‘ylab respublikamizdagi folklor jamoalarining chiqishlari, ipak va milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda ziravorlar savdosi ko‘rgazmasi, shuningdek, zardo‘zlik, temirchilik, ipak gilamlari, kashtado‘zlik, kandakorlik, badiiy va miniatyura san’ati mahorat darslari o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash lozim, “Palov sayli”
ham ushbu festivalning asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi.

E’tiborlisi, festivalning ana shunday bir biridan qiziqarli dasturlari Buxoroga ko‘plab sayyohlarni jalb etmoqda.

“Gavkushon” madrasasida tashkil etilgan “Palov sayli” milliy taomlar tanlovini bu gal ham horijlik mehmonlar katta qiziqish bilan kuzatdilar.

Tanlov o‘ziga xos ko‘tarinkilik va qiziqarli tarzda davom etdi. Unda o‘zbek xalqining milliy taomi hisoblangan palovning turli turlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov yakunida tayyorlangan biri-biridan mazali palovlar tadbir mehmonlari va ishtirokchilariga tarqatildi.

A.Ochilov.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 20-iyun

may oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar).

iyun oyi uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlarni soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

II chorak uchun:

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlarni soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YTTlar tomonidan yillik soliq summasining ¼ qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining ¼ miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining ¼ qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Тelegram | Facebook|Instagram
HURMATLI TADBIRKORLAR❗️

Ayni paytda turli ijtimoiy tarmoqlarda
soliq qarzi mavjud bo‘lmagan soliq to‘lovchilardan soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ortiqcha soliq undirilishi holatlari haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Shundan kelib chiqib, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Sizdan qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollarda soliq xizmati organlari tomonidan ortiqcha soliq to‘lovlari talab qilinishi holatlariga duch kelsangiz, aniq fakt va dalillaringizni viloyat soliq boshqarmasining 📞(65)-221-26-89 raqamli “Ishoch telefoni”ga hamda soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi 📞(65)-221-30-03 telefon raqami shuningdek, telegram messenjeridagi https://t.iss.one/dsq_anticorrupciya_bot ga murojaat qilishingizni so‘raydi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
❗️
#qonun_loyihasi

Deputatlar Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartishlarni maʼqulladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Soliqni hisoblab chiqarish tartibining ayrim qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Batafsil ushbu havola orqali bilib oling

👉https://t.iss.one/soliqnews/11064

Тelegram | Facebook|Instagram
#oʻzini_oʻzi_band_qilish

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISHNING IMKONIYATLARI

🔹Ro‘yxatadan o‘tgan shaxslarning mehnat faoliyati qonuniylashtiriladi;

🔹Tijorat banklarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

🔹Mehnat stajining hisobi yuritiladi;

🔹 Soliq to‘lamaydi;

🔹Shartnoma asosida tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi;

🔹Oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq hisobotlari topshirmaydi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Endilikda quyidagilar oʻzlariga mehnat stajini hisoblashi uchun ixtiyoriy ravishda yiliga kamida BHMning 1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin:

🔹shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▪️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar)
▪️issiqxona xo‘jaligi,
▪️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▪️quyonchilik,
▪️asalarichilik,
▪️baliqchilik,
▪️bogʻdorchilik,
▪️limonchilik,
▪️gulchilik bilan shugʻullanayotgan yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari.
❗️Ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#intervyu

Kimlar uchun soliq qarzi, penya va jarimalar bekor qilindi?

Soliq qo‘mitasi matbuot kotibi kun.uz muxbiri bilan suhbatda Prezident qarori bilan soliq to‘lovchilarga berilgan yengilliklar haqida batafsil tushuntirish berdi.

📹 Youtubeda tomosha qilish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

📎 Dasturga kiritilgan tadbirkorlar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilib MHTEKMning 1 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlaganda va ular jami ishchilar sonining kamida 20% ni tashkil qilganda 2025-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk va yer soligʻidan imtiyozlarga ega boʻladi.

♻️Fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi, ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

🔸QQSni va boshqa soliqlardan mavjud ortiqcha toʻlovni qaytarish 1 kun muddatda amalga oshiriladi
🔸QQS guvohnomasi bekor qilinmaydi
🔸Soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi
🔸
Ayrim soliq toʻlovlarini taʼminotsiz va foizsiz bir yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.

🎞Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#hamkorlik

O‘zbekiston BEPS loyihasi bo‘yicha OECD xalqaro inklyuziv dasturi va “G20”ga qo‘shildi

O‘zbekiston soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish, shuningdek, ofshor holatlarni qisqartirish bo‘yicha xalqaro harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

BEPS rejasi boʻyicha OECD tashabbusiga qoʻshilish va yangi xalqaro soliqqa tortish mexanizmi – Two-Pillar Solution – ga qoʻshilish orqali O‘zbekiston iqtisodiyotni raqamlashtirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan soliq muammolarini hal etish va transmilliy kompaniyalar tomonidan soliqlar ro‘yxatdan o‘tgan joyida emas, balki daromad olish joyi bo‘yicha adolatli ulushini to‘lashini ta’minlash majburiyatini oldi.

Respublika soliq siyosatining izchilligini yaxshilash, soliq bazasini yashirishga qarshi kurashish, transfert narxlarini nazorat qilish va shaffofroq soliq muhitini yaratish bo‘yicha BEPS paketi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish uchun texnik yordam oladi.

❗️ BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) – Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan

📩 Soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ularning uyali telefonlariga 15-oktabrgacha toʻlashi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soliqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar SMS koʻrinishida yuborilmoqda.

❗️Agar 15-aprelgacha toʻlanishi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan boʻlsa u qarzdorlik sifatida alohida koʻrsatilgan.

SMS ostida "Batafsil" hamda "Toʻlash" yozuvi bor."Batafsil" yozuvi orqali toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

📲"Toʻlash" yozuvi bosilganda esa “Soliq” mobil ilovasi joylangan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qora_tuynuk_sxemasi

Soliq tizimiga oid yangi serial namoyishi

Soliq qo‘mitasi hamda Kinematografiya agentligi hamkorligida suratga olingan 5-qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali 26-iyundan boshlab, soat 22:20 da "Milliy TV" telekanali orqali efirga uzatiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter