Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 10-may kuni Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–841-son Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat kodeksida tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq
tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda – BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha (6,6 mln so‘mdan 13,2 mln so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksiga muvofiq –
Yuqoridagi holatlar maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

▫️BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

O‘sha harakatlar:
ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘sha harakatlar:
juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar 4 oyda 6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

👉Eng ko'p soliq to'lagan TOP-20 xizmat ko’rsatish korxonalari

Тelegram | Facebook|Instagram
DAROMADLAR VA XARAJATLARGA TUZATISH KIRITISH

Hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda ilgari daromad (xarajat) dеb e`tirof etilgan summa doirasida ko`payishi yoki kamayishi tuzatish kiritish dеb e`tirof etiladi.

📌Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:

🔹tovarlar, shuningdеk sug`urtalanuvchiga sug`urta mukofoti to`liq yoki qisman qaytarilganda;
🔹bitim shartlari o`zgartirilganda;
🔹narxlar o`zgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan chеgirmadan foydalanilganda;
🔹ko`rsatilgan xizmatlardan voz kеchilganda.

📌Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:

🔹kafolat muddati bеlgilangan tovarlar (xizmatlar) bo`yicha — kafolat muddati doirasida;
🔹sug`urta mukofotlari bo`yicha — shartnomani bеkor qilish paytida;
🔹boshqa hollarda — bir yillik muddat doirasida.

📌Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish soliq to`lovchi soliq solishning umumbеlgilangan tartibiga o`tgan taqdirda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan daromadlar bo`yicha soliq imtiyozlarini qo`llash hollari mustasno.

👉Soliq kodesi 332-modda

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #imtiyoz

2023-yilning yanvar-aprel oylarida 92 mingdan ortiq tashkilot 20 trln so‘mlik soliq imtiyozlaridan foydalangan

👉Batafsil

👉 Joriy yilning yanvar-fevral oylarida soliq imtiyozlari miqdori 10 trln so‘mdan oshdi
__________
#цифровизация #льготы

За январь-апрель 2023 года свыше 92 тысяч организаций воспользовались налоговыми льготами на сумму 20 трлн сумов

👉Подробнее

👉За январь-февраль этого года сумма налоговых льгот превысила 10 трлн сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#4_sektor

VILOYAT 4-SEKTOR XABARLARI

📌 Viloyat 4-sektor hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqa ma'lumotlardan quyidagi havolalar orqali xabardor bo'ling.

📍Qorovulbozor tumani

📍Vobkent tumani

📍Kogon tumani

📍Buxoro tumani

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_hamkor

Endilikda Soliq hamkor orqali noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi yuzasidan murojaat yo‘llash mumkin

Batafsil ma'lumotga ega bo'lmoqchimisiz

Unda ushbu havola orqali ma'lumot olishingiz mumkin.


👉 https://t.iss.one/soliqnews/10979
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Yangiliklar 24 | Buxoroda quyosh panellaridan foydalanish ommalashmoqda

Тelegram | Facebook|Instagram
✔️SOLIQ MA’MURCHILIGIDAGI YANGILIKLAR, SOHAGA OID XABAR VA SHARHLARNI QIDIRAYOTGAN BO‘LSANGIZ 👉BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI TELEGRAM KANALI AYNAN SIZ UCHUN.

📍USHBU KANALDA SIZ BUXORO VILOYATI SOLIQ TO‘LOVCHILARI VA SOLIQ SOHASIGA OID QIZIQARLI FAKTLARNI KUZATIB BORISHINGIZ MUMKIN.

Тelegram | Facebook|Instagram
#YATT

BUXORODA YATT LAR SONI 16 062 TAGA YETDI

Joriy yilning 1-iyun holatida quyidagi hududlarda YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor)lar soni sezilarli oshgan:

Misol uchun,

📍Jondor tumanida - 108 taga va

📍Peshku tumanida - 37 taga ko`paygan

❗️YaTTlar uchun ijtimoiy soliq summasining 2 barobarga
pasaytirilgani viloyatimizda YaTTlar sonining o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda.

YaTTlar 5 nafargacha
xodim yollashi mumkin. Ilgari faqatgina 1 nafardan 3 nafargacha xodim yollashga ruxsat berilgandi.

Nizomga muvofiq, YaTT bank hisobvarag‘i ochganidan so‘ng xodim yollash huquqiga ega bo‘ladi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#oʻzini_oʻzi_band_qilish

BUXORODA O’ZINI O’ZI BAND QILGANLAR SONI 123 365 tani TASHKIL ETADI

Joriy yilning 1-iyun holatida o‘z uyida daromad topishni boshlagan 41 328 nafar fuqarolarimiz rasmiy ravishda o‘zini o‘zi band qilish maqomini olishdi. Natijada viloyatimizda ularning soni 123 365 nafarga yetdi.

Hududlar kesimida aytganda:

📍G`ijduvon tumanida – 7 775 ta
📍Romitan numani – 5 346 ta
📍Buxoro shahri – 4 588 ta
📍Qorako`l tumani – 3760 ta
📍Olot tumani – 4 383 ta
📍Kogon shahri – 1 527 ta

fuqarolar o‘zini o‘zi band qilish maqomini olgan.

📌Eslatib o‘tamiz, o'zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.

Ushbu imtiyozda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanishi mumkin.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan fuqaroga mehnat staji ham hisoblanadi.

👉Soliq kodeksi 408-modda

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

📍BUXORODA O’ZINI O’ZI BAND QILGANLAR SONI 123 365 tani TASHKIL ETADI


Тelegram | Facebook|Instagram
#Murojaat

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIGA 2023 YIL 1 IYUN HOLATIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARDAN 6 768 TA MUROJAAT KELIB TUSHGAN

Murojaatlarning:

🔹6073 tasi
elektron ko‘rinishda,
🔹578 tasi yozma shaklda,
🔹117 tasi og‘zaki shaklda kelib tushgan.

Murojaatlarning:

🔸2473 tasi
(36.5 %) jismoniy shaxslar va
🔸4295 tasi (63.5 %) yuridik shaxslarga tegishli.

Murojaatlarning:

▫️4128 tasi
(60.1%) qanoatlantirilgan,
▫️2567 tasi (37.9%) bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlari talablari tushuntirilgan,
▫️4 tasi (2%) rad etilgan.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoro viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!


💬Telegram

👉 https://t.iss.one/soliq_Live

🌐Facebook

👉
https://www.facebook.com/buxorodsb

🌐Instagram

👉
https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook|Instagram
#savol_javob

SAVOL: Men “Hunarmand” uyushmasi a’zosiman. Savolim shuki, hunarmandlar ijtimoiy soliq to‘lovini to‘laydimi va qancha miqdorda?

✔️JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021-yildagi PQ-77-sonli qaroriga muvofiq, “Hunarmand” uyushmasining a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari yiliga - BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy soliqni to‘laydilar.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 12-iyun

may oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

iyun oyi uchun:

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoro viloyati soliq boshqarmasida “Korrupsiya - taraqqiyot zavoli” mavzusida navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Viloyat prokuraturasi “Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi” katta prokurori J.Saidov ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda boshqarma va joylardagi studiyalardan barcha hududiy soliq inspeksiyalarining shaxsiy sharkibi onlayn tartibda ishtirok etdilar.

Profilaktik tadbirda
soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimi J.Tolibov va viloyat prokuraturasi mas’ul xodimi J.Saidovlar yig‘ilganlarga joriy yilning o‘tgan davrida viloyat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularni bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdilar.

👉BATAFSIL O'QISH UCHUN

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #YaTT

Buxoroda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 16 mingdan oshdi.

Yil boshidan yangi ro'yxatdan o'tgan YaTTlar soni 2 165 tani tashkil
etmoqda.


Тelegram | Facebook|Instagram