Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.77K photos
1.93K videos
51 files
5.78K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Uyida o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida daromad ko‘rayotganlar daromad solig‘idan ozod qilingan

Unutmang❗️
O’zini o‘zi band qilganlik maqomini olganlarga ish staji hisoblanadi hamda ular uchun pensiya ta`minoti ham kafolatlangan.

Bugungi kunda o‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 100 tadan ortdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Bilasizmi

O‘zining shaxsiy tomorqa yer uchastkasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda, ular rasmiy band bo‘lgan aholi toifasiga kiritiladi va ushbu davr ularning mehnat stajiga qo‘shiladi:

▫️chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki, ot va boshqalar);
▫️issiqxona;
▫️parrandachilik (bedana, kurka, g‘oz, o‘rdak);
▫️quyonchilik;
▫️asalarichilik;
▫️baliqchilik;
▫️bog‘dorchilik;
▫️limonchilik;
▫️gulchilik.


Тelegram | Facebook|Instagram
#QQS

SOLIQ TO‘LOVCHILARGA YORDAM❗️

👉 QQS stavkasi 15%dan 12%ga pasaytirildi

👉 QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgarishlar

👉 QQS hisoboti haqida

👉 Soliq uzilish koeffitsiyenti paydo bo‘lish sababini qanday aniqlash mumkin?

👉 QQS qoplash (qaytarish) tartibi

👉 QQS to‘lashga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari uchun eslatma

Barchasi haqidagi ma’lumotlar 👉 Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy telegram kanalida.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-may

may oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni

👉 (Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Тelegram | Facebook|Instagram
#keshbek

KESHBEK: KIMLAR SHUBHALI XARIDOR HISOBLANADI?

Savolga ushbu havola orqali javob oling:

👉
https://t.iss.one/soliqnews/10891

Тelegram | Facebook|Instagram
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish #shikoyat_berish

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari

2023-yilning 1-may holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 359,9 mlrd so‘mlik 133 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan:
🔸soliq auditi bo‘yicha - 142,2 mlrd so‘mlik 70 ta;
🔸sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 217,7 mlrd so‘mlik 63 ta.

Natijada:
▫️ 89,1 mlrd so‘mlik 13 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 40,3 mlrd so‘mlik 11 tasi qisman);
▫️ 237,2 mlrd so‘mlik 104 ta murojaat bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
▫️33,6 mlrd so‘mlik 16 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
_____
#цифровизация #обжалование

Итоги практики досудебного урегулирования налоговых споров

По состоянию на 1 мая 2023 г. Налоговым комитетом в установленном порядке рассмотрено 133 жалобы на общую сумму 359,9 млрд сумов.

Из них:
🔸по налоговым аудитам - 70 жалоб на сумму 142,2 млрд сумов;
🔸по выездным налоговым проверкам - 63 жалобы на сумму 217,7 млрд сумов.

В результате:
▫️удовлетворено в пользу налогоплательщиков 13 жалоб на сумму 89,1 млрд сумов (из них частично – 11 жалоб на сумму 40,3 млрд сумов);
▫️по 104 жалобам на сумму 237,2 млрд сумов оставлены в силе решения налоговых органов и об этом налогоплательщикам даны соответствующие разъяснения;
▫️продолжается рассмотрение 16 жалоб на сумму 33,6 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Aprel oyi uchun keshbek summalari tasdiqlanyapti

Aprel oyi uchun
tasdiqlanishi lozim bo‘lgan keshbek summalari to‘liq tasdiqlangach 25-maydan keyin bank kartasiga o'tkazib olishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

4-sektor hududiga kiruvchi Kogon shahridagi “Bunyodkor” mahalla qiyofasi tubdan o‘zgaradi

Ta’kidlash lozim, bugungi kunda barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatidagi mahallalarda ham aholi yashash sharoitlari bosqichma-bosqich yaxshilanib boryapti.

Jumladan, 4-sektor ishchi guruhi tomonidan
mas’ul idora va tashkilotlar hamkorligida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolari bartaraf etilgan holda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash choralari ko‘rilayotgani ko‘plab fuqarolarni quvontirmoqda.

Ana shunday ezgu ishlarning navbatdagi manzili bugundan Kogon shahridagi “Bunyodkor” mahallasiga ko‘chdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu yerda 4-sektor ishchi guruhining dastlabki ishlari og‘ir ahvolda yashayotgan, ko‘makka muhtoj va uyini ta’mirlashga qiynalayotgan fuqarlarning qurilish ishlariga ko‘maklashishdan boshlandi.

Buning uchun bu yerga kerakli miqdorda sement, shifer, yog‘och va boshqa turdagi qurilish mollari olib kelingan holda quruvchilar tomonidan yaroqsiz holga kelib qolgan uylar, omborxonalar hamda umumiy hojatxonalarni ta’mirlash, yangilash va qurish ishlari boshlab yuborildi.

4-sektor ishchi guruhi mas’ullarining ta’kidlashicha, bu yerda boshlangan bunyodkorlik ishlari natijasida tez kunda mahalla qiyofasi tubdan o‘zgaradi.

Jarayonlar tafsilotini kanalimizda kuzatib boring.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Bugun Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Maktab bitiruvchilarining ana shunday quvonchli onlariga sherik bo‘lish, ularning qalblariga yanada quvonch ulashish maqsadida bugun viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov ham sektor hududiga kiruvchi Kogon shahridagi Prezident ta’lim muassasalari agentligi Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirda Kogon shahar hokimi H.Davlatov va viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Prezidentimizning mamlakatimiz bitiruvchilariga yo‘llangan tabrigini o‘qib eshittirib, bitiruvchilarning kelgusi o‘qish va ishlarida omad va yuqori marralar tiladilar.

Tadbirda maktabni a’lo baholarga tamomlagan bir guruh bitiruvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram