Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.7K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanida tuman hokimi A.Ostonov hamda hudud mas’ullari ishtirokida yangidan oʼzlashtirilgan yerlarda bo‘lib, ushbu yerlardan oqilona foydalanish va ularning meliorativ holatini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ta’kidlash lozim, Qorovulbozor tumanida 2021-2022 yillarda 4 ming 500 gektardan ortiq yerlar oʼzlashtirildi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda 2 ming 500 metr uzunlikda kanal qazilib, choʼl bagʼrida obi hayot keltirildi. Suv nasoslarni elektr energiya bilan taʼminlash maqsadida 11 km.dan ortiq manzildan tarmoq tortib kelingan.

E’tiborlisi, bularning barchasi tumanda dehqonchilikni rivojlantirishga yana bir muhim qadam boʼlib xizmat qilmoqda.
Sektor rahbari mutassaddilarga olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish, maxsus texnikalar kuchidan samarali foydalanish boʼyicha mas’ullarga zarur topshiriqlarni berishdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️
15-aprel mol-mulk va yer soliqlarini teng ulushlarda to'lashning dastlabki muddati ekanligini unutmang.

15-APRELGACHA 16 KUN QOLDI.

Тelegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️15-APREL MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING DASTLABKI MUDDATI

📲Soliqlarni 👉Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.

👉 Soliq ilovasida "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi va qarz miqdori aniqlanib, to‘lov amalga oshiriladi.

15-APRELGA 15 KUN QOLDI

Тelegram | Facebook|Instagram
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 31-mart kuni “Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasida bo'lib o'tadi.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 31 марта на тему «Порядок представления декларации о совокупном годовом доходе».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_eshiklar_kuni

BuxDU talabalari viloyat soliq boshqarmasi mehmoni bo‘lishdi

Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasida "O‘zbekiston – yoshlar mamlakati" shiori ostida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro Davlat universitetining "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti talabalari mehmon bo‘ldilar.

"Ochiq eshiklar" kuni dasturi doirasida mehmonlar bilan “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan senator Abera Huseynova hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Madina Baratovalar yig‘ilganlarga mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini yoshlarga batafsil tushuntirib berdilar.

Davra suhbatida talabalar ham yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini, amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi o‘zgarishlarga munosabatlarini bildirdilar.
Jarayon davomida talabalar soliq xizmati organlari xodimlarining “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir qatnashchilari davlat soliq tizimi xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ularga yuklatilgan vazifalar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Tadbir qatnashchilariga soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram