Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.96K photos
1.69K videos
46 files
5.06K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani 4-sektor hududidagi 2 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuvlarda jamoalar o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish ishlarini bajarishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

#4_sektor
#Peshko‘_tumani

4-sektor ishchi guruhi tomonidan sektor hududiga kiruvchi “Chig'irchi” va “Malishoyak” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosi bartaraf etilmoqda.

Kecha maxsus texnikalar yordamida “Malishoyak” mahallasining ichki yóllarni shag'allashtirish ishlari boshlandi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumanidagi 4-sektoriga qarashli “Latifsobungar” va “Qatag‘an” qishloqlarining 1 300 metr masofadagi ichki yo‘llari maxsus texnikalar yordamida asfaltlashtirish ishlariga tayyorlanmoqda.

Tez orada ushbu hududlar aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosi to‘liq bartaraf etiladi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#G’ijduvon_tumani

G’ijduvon tumanida 4-sektor ishchi guruhi uyma-uy yurib aholining muammolarini o‘rganishmoqda.
Kecha ishchi guruh “Pamuza” MFY aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida bartaraf etish choralarini ko‘rdilar.

Aholi bilan uchrashuvlar jarayonida ushbu mahallaning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalariga meh-muruvvat ko‘rsatildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Buxoro_tumani

Buxoro tumani 4-sektor rahbari tashabbusi bilan kecha sektor hududidagi “Yangi turmush”, “Turkon” hamda “Istiqbol” MFY larida obodonlashtirish ishlari xususan, yoʻllarni tekislash, ularning atrofini tozalash ishlari boshlandi.

Sektor rahbari bu yerda mahalla masʼullari bilan uchrashib, ushbu mahallarda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan obodonlashtirish ishlarini kelishib oldi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov sektor hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida tuman ishchi guruhlari a’zolari va paxtachilik klasteri mas’ullari ishtirokida dalalarga chigit ekish holatini o‘rganish maqsadida qator obyektlarni ko‘zdan kechirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qorovulbozor tumanida 2023-yilda paxta xom-ashyosi yetkazib berish bo‘yicha 154 ta fermer xo‘jaliklari bilan 5 318 gektar maydonda 14 710 tonna paxta xom-ashyosini yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan.

M.Mamatxanov dalalarda chigit ekish jarayoni bilan tanishib, mas’ullarga paxta ekiladigan maydonlar chetlarida tut, uzum ko‘chatlari, zararkunanda hasharotlardan himoya qilish bilan birga qo‘shimcha daromad olishga qaratilgan moychechak, sarimsoqpiyoz, qovoq hamda boshqa ekinlarni ekish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Instagram