Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulkning nechchi kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi?
Anonymous Quiz
88%
60 kvadrat
9%
50 kvadrat
1%
70 kvadrat
2%
65 kvadrat
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan qaysi soliq turidan ozod etilgan?
Anonymous Quiz
26%
Mol-mulk solig‘idan
42%
Mol-mulk va yer solig‘idan
22%
Yer solig‘idan
10%
Daromad solig‘idan
📚Soliq kodeksining 393-moddasi

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:

🔹mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

🔹ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

🔹moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

🔹ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani 4-sektor hududidagi 2 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuvlarda jamoalar o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish ishlarini bajarishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

#4_sektor
#Peshko‘_tumani

4-sektor ishchi guruhi tomonidan sektor hududiga kiruvchi “Chig'irchi” va “Malishoyak” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosi bartaraf etilmoqda.

Kecha maxsus texnikalar yordamida “Malishoyak” mahallasining ichki yóllarni shag'allashtirish ishlari boshlandi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumanidagi 4-sektoriga qarashli “Latifsobungar” va “Qatag‘an” qishloqlarining 1 300 metr masofadagi ichki yo‘llari maxsus texnikalar yordamida asfaltlashtirish ishlariga tayyorlanmoqda.

Tez orada ushbu hududlar aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosi to‘liq bartaraf etiladi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#G’ijduvon_tumani

G’ijduvon tumanida 4-sektor ishchi guruhi uyma-uy yurib aholining muammolarini o‘rganishmoqda.
Kecha ishchi guruh “Pamuza” MFY aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida bartaraf etish choralarini ko‘rdilar.

Aholi bilan uchrashuvlar jarayonida ushbu mahallaning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalariga meh-muruvvat ko‘rsatildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram