Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.54K photos
1.84K videos
50 files
5.54K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 25-mart

2022-yil uchun

- xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar va chet el firmalarining vakolatxonalari uchun yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning oxirgi kuni.
(AV ro‘yxat raqami 942-son Nizom 2-band 03.07.2000-yil)
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️25 марта 2023 года последний день

за 2022 год

- представления годовой финансовой отчетности для предприятий с иностранными инвестициями и представительств иностранных фирм
(п.2 Положения рег. МЮ №942 от 03.07.2000 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#4_sektor
#Buxoro_shahar

“Obod bo‘layotgan manzillar”

Aholiga har tamonlama qulay bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Buxoro shahar 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

- Men Shaxzod Turdiyev Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida faoliyat yuritaman.
- Hech kimga sir emas ilgarilari fuqarolarimiz, jumladan o‘zim ham oylik maoshlarimizni naqdlashtirib olishga qiynalar edik. Hatto buning uchun kimlargadir mablag‘imizni 15-20 foizini berishga ham majbur edik. Sababi, qayerga bormang naqd pul so‘ralardi. Buning ustiga tadbirkorlarimizning ko‘pchiligida to‘lov terminali yetishmasdi yoki shuningdek, banklarda va bozorlarda bankamatlar yo‘q edi.

Oxirgi yillarda bu holat tubdan o‘zgardi. Adolatli soliq tizimi yo‘lga qo‘yilgani hisobiga, tadbirkorlarimiz naqd pulga ham to‘lov terminali orqali ham birday savdo qilyapti. Bu biz xaridorlar uchun ancha qulay bo‘ldi. Eng qizig‘i, xaridimiz uchun olgan xarid cheklarimizning summasidan 1 foiz keshbek ham olyapmiz.

Men bugungi islohotlarni, ayniqsa, yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlarga befarq emasman. Fursatdan foydalanib Sizlarni ham faol bo‘lishga chaqiraman.

Тelegram | Facebook | Instagram
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumanida elektr energiyasini tejash va qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan samarali foydalanish maqsadida aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’ektlarda quyosh panellari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, kuni-kecha tuman hududidan o‘tuvchi A-380-magistral yo‘l yoqasida joylashgan mahalla tibbiy punkti binosini ham uzluqsiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida uning tom qismiga 4 kvt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor
#Olot_tumani

Olot tumanidagi “Opshoq” mahalla fuqarolar yig‘inida 4-sektor rahbari tashabbusi bilan yangi tikuv sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborlisi, ushbu sex ishga tushishi bilan shu yerlik 10 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldilar. Ta’kidlash lozim, ushbu sexda ishlab chiqarilayotgan kiyim-kechaklarga talabgorlar ham bor.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
❗️2023-yil 25-mart kuni texnik va profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan kun davomida "Soliq" mobil ilovasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma'lum qilamiz.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

❗️Уведомляем вас о том, что в связи с проведением технических и профилактических работ 25 марта 2023 года в течении дня возможны кратковременные задержки в работе мобильного приложения Soliq.

Приносим извинения за временные неудобства.

Telegram | Facebook | Instagram | Site | Soliq
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Fevral oyida 107 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ildi

🗓O‘tgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq iste'molchilar tomonidan 106,6 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so‘mga ko‘p.
Ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin iste'molchiga 70,8 mlrd so‘m to‘lab berildi.

🧮Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so‘mdan oshdi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

👉
Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

👉Keshbek tasdiqlanishi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni qachon?
Anonymous Quiz
16%
31-mart
63%
1-aprel
16%
15-aprel
5%
15-oktyabr
Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig’ini to’lash muddatlari qachon?
Anonymous Quiz
94%
15-aprel va 15-oktyabrga qadar
2%
1-aprelga qadar
3%
15-mart va 15-sentyabrga qadar
1%
1-dekabr
Pensionerlarning mulkida bo‘lgan mol-mulkning nechchi kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi?
Anonymous Quiz
88%
60 kvadrat
9%
50 kvadrat
1%
70 kvadrat
2%
65 kvadrat
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan qaysi soliq turidan ozod etilgan?
Anonymous Quiz
26%
Mol-mulk solig‘idan
42%
Mol-mulk va yer solig‘idan
22%
Yer solig‘idan
10%
Daromad solig‘idan
📚Soliq kodeksining 393-moddasi

Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:

🔹mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

🔹ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

🔹moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

🔹O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

🔹soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

🔹ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

🔹soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

Qorovulbozor tumani 4-sektor hududidagi 2 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bellashuvlarda jamoalar o‘zlarini sinab ko‘rishdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qatorda o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etishdi.

Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berishdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarishgan bo‘lsa uchunchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish ishlarini bajarishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.