Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
“Sitorai Moxi-Xosa” majmuasiga sayohat tashkil etildi

Buxoroda so‘nggi mang‘it amirlarining yozgi qarorgohi “Sitorai Moxi-Xossa” saroyi sayyohlar tashrif buyuradigan turistik ob’ektlardan biri sanaladi. Bu saroy 1911-1918 yillar oralig‘ida so‘nggi hukmdor Amir Olimxon tomonidan 400 ga yaqin usta qo‘li bilan bunyod etilgan.
Binolari yevropa va sharqona uslublarning bir – biriga moslashtirilgan holda qurilgan bo‘lsa, bog‘lari sohibqiron Amir Temurning Samarqanddagi chorbog‘lari ko‘rinishida bunyod etilgan.

Mamlakatimizda muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, muzeylarda o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, tarixiy ekspozitsiyalar bilan tanishish, muzey to‘plamlaridagi tarixiy va madaniy merosimiz mamlakatimiz naqadar boy moziy diyori ekanligini yanada his etish maqsadida bugun viloyat soliq boshqarmasining ayol xodimlari uchun “Sitorai Moxi-Xosa” majmuaga sayohat tashkil etildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbeklar 97 mlrd so‘m bo‘ldi

Yanvar oyida qariyb 2 mln nafar iste'molchiga 97 mlrd soʻm keshbek hisoblangan boʻlib, ayni paytda 1,7 mln nafarga yaqin iste'molchiga 65,1 mlrd so‘m to‘lab berildi. (2022-yil yanvar oyi uchun 114 ming nafardan ortiq iste'molchiga 15,8 mlrd to‘langan)

📈Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 890 mlrd so‘mdan oshdi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

🔸soliq hisobotlari topshirilishi;
🔸hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
🔸soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

🙎🏻‍♂️Keshbek olishda FACE IDdan o‘tiladi

💳Keshbekni bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#markirovka

Orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash

2023-yil 1-martdan boshlab kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda tibbiy buyumlar raqamli markirovkalanadi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2023-yil 1-martga qadar aylanmaga kiritilgan orfan dori vositalari ulgurji (diller) va chakana savdo (dorixona) korxonalari tomonidan 3 yil davomida raqamli markirovkasiz sotilishi mumkin.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va respublikaga olib kiruvchi korxonalar tomonidan har bir dona orfan dori vositalari
DataMatrix-kodi yordamida raqamli markirovkalanadi hamda aylanmaga (sotuvga) kiritiladi.

Mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini buyurtma qilish uchun korxonalar “Asl belgisi” axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinadi.

👉 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilindi

👉 Hammasi raqamli markirovka haqida

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#4_sektor
#Kogon_tumani

Kogon tumanidagi 4-sektor hududiga qarashli mahallalarda tomorqasida issiqxonasi bor xonadonlar qishin-yozin limon, bodring, pomidor, turli sabzavot va ko‘katlar yetishtirib qo‘shimcha daromad topayotganiga havasingiz keladi.

E’tiborlisi, “ter to‘kkanga tomorqa koni foyda” deganlaridek tomorqasida issiqxona tashkil etgan xonadon egalari tez orada birinchi ekinlarini sotib, ikkinchi ekin tadorigini ham ko‘rishni boshlaydilar.

Ekin-tikin ishlari ayni avjiga chiqadigan shu kunlarda 4-sektor va mahalla mas’ullari uyma-uy yurib aholiga tomorqasidagi har bir qarich yerdan unumli foydalanishga ko‘makchi bo‘layaptilar.

Yana bir gap, ayni paytda Kogon tumanidagi barcha mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida erta bahordan daraxt ekish ishlari ham boshlab yuborildi. Kecha tumanning “O‘ba-cho‘li" mahallasidagi "Tang‘it" qishlog‘ida shu yerlik tashabbuskorlar yo‘l bo‘yidagi yer maydonlarida 80 tub archa daraxti ko‘chaktlarini o‘tkazdilar.


Тelegram | Facebook|Instagram
#keshbek

Keshbek: kimlar shubhali xaridor hisoblanadi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:

▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

Shubhali xaridorlar reestridan qachon chiqariladi?

🔸Soliq organiga keshbek olish huquqi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki sud qarorini taqdim etganda;

🔸Shubhali xaridorlar reestrga kiritilgan kundan boshlab o‘n ikki kalendar oy o‘tganidan keyin.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#4_sektor
#Kogon_shahar

4-sektor ishchi guruhi Kogon shahrida aholi bilan tez-tez uchrashib ularni qiynayotgan masalalarni o‘rgangan holda mavjud muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdalar.

Kecha sektor mas’ullarining hududdagi “Mahtumquli” va “Navzirabod” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashuvi ham samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuv jarayonida “Mahtumquli” mahallasidagi 3 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish joyiga ega bo‘ldi hamda “Navzirabod” mahalla fuqarolar yig‘inining “Navzirabod” ko‘chasidagi ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Президент қарори билан жорий этилган ва 2022 йил 10 декабрдан бошлаб амал қилаётган АИ-80 русумли автобензин учун акциз солиғини “ноль” ставкада қўллашнинг амал қилиш муддати эртага, 2023 йил 1 март куни якунига етиши керак эди.

Давлатимиз раҳбари томонидан бугун имзоланган қарорга мувофиқ, истеъмолчиларнинг нефть маҳсулотларига бўлган талабини қондириш ҳамда нархлар барқарорлигини таъминлаш мақсадида импорт қилинадиган, маҳаллий корхоналар томонидан ишлаб чиқариладиган ва тадбиркорлик субъектлари томонидан якуний истеъмолчиларга сотиладиган АИ-80 русумли автобензин маҳсулоти учун акциз солиғини “ноль” ставкада қўллаш муддати 2023 йил 31 декабрга қадар узайтирилди.

Завтра, 1 марта 2023 года должен был истечь срок действия введенной постановлением Президента с 10 декабря 2022 года нулевой ставки акцизного налога к автобензину марки АИ-80.

В соответствии с постановлением, подписанным главой государства сегодня, в целях удовлетворения потребности на нефтепродукты и обеспечения стабильности цен, применение нулевой ставки акцизного налога к автобензину марки АИ-80, импортируемому, производимому отечественными предприятиями и реализуемому субъектами предпринимательства конечным потребителям, продлено до 31 декабря 2023 года.

Facebook|Instagram|Twitter
Kalendar_mart_2023_yil.pdf
259.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil mart oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на март 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma❗️2023-yil 1-mart

2022-yil uchun:

- foyda solig‘i bo‘yicha soliq davri yakunlari yuzasidan soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi beshinchi qismi va 440-moddasi beshinchi qismi);

- mol-mulk solig‘i hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi ikkinchi va sakkizinchi qismi);

- suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi uchinchi qismi va 448-moddasi beshinchi qismi);

- foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-(prim 7)moddasi ikkinchi va uchunchi qismi);

- xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 480-moddasi birinchi qismi).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️1 марта 2023 года последний день

за 2022 год:

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу на прибыль по итогам налогового периода
(часть пятая статьи 339 Налогового кодекса);

- представления в налоговый орган по месту налогового учета налоговой отчетности и уплаты по налогу на имущество по итогам налогового периода
(части вторая и восьмая статьи 417 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу за пользование водными ресурсами по месту водопользования или водопотребления юридическими лицами Республики Узбекистан (за исключением сельскохозяйственных предприятий)
(часть третья статьи 447 и часть пятая статьи 448 Налогового кодекса);


- уплаты и представления налоговой отчетности по специальному рентному налогу на добычу полезных ископаемых в налоговый орган по месту налогового учета
(части вторая и третья статьи 454 (прим 7) Налогового кодекса);

- исчисления, представления налоговой отчетности и уплаты налога на прибыль нотариусами, занимающимися частной практикой
(часть первая статьи 480 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter