Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.54K photos
1.6K videos
42 files
4.77K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#ijtimoiy_soliq

Ish beruvchi nogiron xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?

2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-martga qadar
ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.
❗️Budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.
👉PQ-57-son 21.12.2021-yil

Ariza topshirish uchun ish beruvchi:

1. My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetidagi “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limida “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.

2. Ochilgan oynada "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi.

3. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.

4. Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim.

5. Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalda nogironligi bo‘lgan xodimning JShShIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo'lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to'ldirilishi kerak.

6. Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi.

7. Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.

8. Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim.

Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.

Malumot uchun. 2023-yil 1-yanvar holatiga 41 ta tashkilot tomonidan 163 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 168,5 mln so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #qonunchilikdagi_yangiliklar

💬2023-yil 31-yanvar yanvar va fevral oylaridan qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtayotgan soliq toʻlovchilar uchun xabarnoma yuborishning so‘nggi kuni

🗓Xabaringiz bor, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Mazkur norma 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirganligini eʼtiborga olgan holda, qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga 1-marta oʻtayotgan soliq toʻlovchilar uchun soliq organlariga xabarnomani 2023-yil 31-yanvardan kechiktirmay taqdim etish huquqi berildi.

📌Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklar beradi:

🔹soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

🔹bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

🔹tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

❗️Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyidan boshlab qat'iy belgilangan soliq toʻlash tartibiga oʻtish uchun soliq toʻlovchi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi zarur. Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#savol_javob

SAVOL
Men shu paytgacha aylanmadan olinadigan soliqni tolovchisi edim. Yangi tartib bo`yicha aylanmadan olinadigan soliqning qat'iy belgilangan summada to‘lash imkoniyati bor ekan.
Aylanmadan olinadigan soliqning qat'iy belgilangan summada to‘lashning afzalliklari nimada?

JAVOB❗️
🗓Xabaringiz bor, 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.

Mazkur norma 2023-yil 1-yanvardan kuchga kirganligini eʼtiborga olgan holda, qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga 1-marta oʻtayotgan soliq toʻlovchilar uchun soliq organlariga xabarnomani 2023-yil 31-yanvardan kechiktirmay taqdim etish huquqi berildi.

📌Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklar beradi:

🔹soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;

🔹bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi;

🔹tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

❗️Qatʼiy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay toʻlanadi.


💬Тelegram | 🌐 Facebook
#XABARDORMISIZ

✔️2023-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini bilasizmi

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#XABARDORMISIZ

✔️2023-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalaridan xabardormisiz?

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

QOROVULBOZORDA YOSHLAR UCHUN MUNOSIB SHAROITLAR YARATILMOQDA

🔸Viloyatimizning chekka hududlaridan biri bo‘lgan Qorovulbozor tumanida yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishi uchun bir qator ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸Jumladan, tumanning “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inda ham yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish maqsadida tez orada foydalanishga topshiriladigan zamonaviy kutubxona ham ana shunday xayrli ishlardan biri sanaladi. Ta’kidlanishicha, mazkur kutubxona binosida yoshlar uchun turli to‘garaklar ham tashkil etiladi.

🔸Bugun viloyat 4-sektor ishchi guruhi mazkur kutubxonada amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni va sifati bilan tanishib, bu yerda yoshlar uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratish choralari ko‘rdilar.

🔸Shuningdek, sektor ishchi guruhi “Cho‘lquvar” mahallasidagi “Sardoba” memoriy majmuasini tamirlash ishlarini ham ko‘zdan kechirib, qurilish ishlari mas’ullariga tegishli topshiriqlar berdilar.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#aksiz_soligi

2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi.
2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari ____%ga indeksatsiya qilindi?
Anonymous Quiz
60%
10%
27%
12%
9%
9%
5%
11%
Avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun Keshbek hisoblanadimi?
Anonymous Quiz
35%
ha hisoblanadi
61%
yo‘q hisoblanmaydi
3%
ayrim hollarda
Talabalarga uy-joyini ijaraga berganlar necha foiz miqdorida soliq to‘laydi?
Anonymous Quiz
62%
to‘lamaydi
27%
12%
9%
5%
2%
15%
#savol_javob

SAVOL Mening noturar yer uchastkamga nisbatan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 10 baravardan ortiq oshgan. Bunga sabab nima?

JAVOB
❗️Jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi.

⚡️2022-yilda soliq yukining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i (tadbirkorlik faoliyatida foydalanadigan yer uchastkalaridan tashqari) hamda 2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i summasi 2021-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi belgilangan.

📌Agar jismoniy shaxslarning egaligidagi obyekt tadbirkorlik maqsadida ajratilgan noturar obyekt bo‘lsa, ushbu obyektga nisbatan hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘iga mazkur norma qo‘llanilmaydi va shu sababli hisoblangan yer solig‘i 2021-yilga nisbatan 1,3 baravardan ko‘p oshgan.

✔️2021-yilda
soliq yukining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 1,3 baravardan oshmasligi normasi yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari barcha jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan edi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda o‘tkazishdan voz kechishlari mumkin

Soliq to'lovchi tomonidan ortiqcha to'langan ortiqcha soliq summasini uning soliq qarzini so‘ndirish hisobiga hisob-kitob qilish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 104-modda 1-qism

Agar hisobga olinadigan summa BHMning 20 barobaridan oshmasa, elektron topshiriqnomalar soliq xizmati organlarining axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yaratilishi va elektron shaklda yuborilishi mumkin.
👉Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi YO‘RIQNOMA 33-band

2022-yil 1-maydan ushbu jarayon bir necha turdagi soliqlar bo‘yicha soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan.

Soliq to'lovchilar ortiqcha soliq to'lovlarini avtomatik ravishda hisob-kitob qilishdan voz kechish huquqiga ega. Bu haqda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali soliq organlarini xabardor qilish zarur:

1. "Xizmatlar" bo'limida "YuSh ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish" bandi tanlanadi.

2. Ochilgan oynada ko‘k rangdagi “Ortiqcha to‘langan (undirilgan) soliq summalarini boshqa soliqlar bo‘yicha mavjud qarzlarni uzish hisobiga avtomatik hisob-kitob qilish” qatori tanlanadi.

3. Avtomatik hisob-kitob qilish funksiyasini o‘chirish uchun berilgan savolga "Yo‘q" javobini tanlab, "Yuborish" tugmasi bosiladi.

4. Shundan so'ng, "Avtomat xulosa yuborish tizimi yoqilgan"ligi haqida ma’lumot paydo bo'ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Soliqchi_ko‘makchi

#Vobkent_tumani

📌Vobkent tumani soliq inspeksiyasi xodimlari hududdagi tadbirkorlik sub’ektlariga borib, “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ularning barqaror faoliyat yuritishlari uchun kerakli maslahatlar bermoqdalar.

🔸Xususan, uchrashuvlarda tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yengilliklar yetkazilgan holda hujjatsiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish hamda faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tiklash choralari ko‘rilmoqda.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Jondor_tumani

Ayni paytda viloyatimizning barcha tumanlarida "Mardlar qo`riqlaydi vatanni" shiori ostida stol tennisi bo‘yicha 4-sektor rahbari kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Kecha Jondor tumanida ham 4-sektor va Tennis federatsiyasining buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.

2007-2009 va 2010-2014-yillarda tug'ilgan o'smirlar o‘rtasida tashkillashtirilgan ushbu musobaqada 11 jamoadan 160 dan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g`oliblar esdalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook