Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#onlayn_seminar

Bugun Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar uchun Webex platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi.

Onlayn seminarda boshqarma mutaxassislari tadbirkorlarga soliq solish sohasida 2023-yilda qonunchilikda kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha hamda "Ishlab chiqaruvchi korxonalarni soliqqa tortish masalalari" yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar yakunida soha mutaxassislari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga malakali javob qaytardilar.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
Rasmiy munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasiga yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yo‘l-yo‘riq so‘rab qilgan murojaatiga asosli javob ololmagan bir nafar fuqaroning e’tirozi joylashtirildi.

Aniqlanishicha, ushbu fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori talablari asosida 2023-yil 19-yanvar kuni oldin ro‘yxatdan o‘tgan faoliyat turiga qo‘shimcha ravishda yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bo‘yicha qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

Shundan keyin DSI xodimi uni yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bo‘yicha maxsus guvohnoma (litsenziya)ni rasmiylashtirish maqsadida davlat xizmatlari agentligiga murojaat qilishni tavsiya qilgan.

Afsuski, shu paytda davlat xizmatlari agentligi va davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi qisqa uzilishi fuqaroning ovoragarchiligiga sabab bo‘lgan.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra Buxoro shahar DSIning mas’ul xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ogohlantirildi.

Kezi kelganda aytish kerakki, o‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar DSIga bormasdan turib, ya’ni masofadan soliq mobil ilovasi orqali ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mazkur qarorga asosan 78 ta o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (shu jumladan, yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish) turlari ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi belgilangan.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat’i nazar bazaviy hisoblash miqdorining bir barovarida to‘lanishidan kelib chiqqan holda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘rnatilgan tartibda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlananishi nazarda tutilgan.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#Vobkent_tumani

4-sektor ishchi guruhi tomonidan tumanning “Bozorjoyi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun 3 840 kg. ko‘mir mahsuloti keltirilib, 19 nafar oilalarga 100-200 kg. dan yetkazib berildi.

Bundan tashqari, mazkur mahallada istiqomad qiluvchi “Temir daftar” ro‘yxatida turuvchi fuqarolarga ham 200 kg.dan bepul ko‘mir mahsuloti tarqatildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor
#Buxoro_tumani

Buxoro tumanidagi “Soxibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘chma oziq-ovqat savdo yarmarkasi tashkil etilib, unda mahalliy tadbirkorlar tomonidan yigirmadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda sotildi.

Shu kuni ushbu mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar uchun ham issiq ovqat tashkil qilinib, 4-sektor xodimlari hamda mahalla mas'ullari bilan birgalikda uyma-uy yurib fuqarolarga issiq ovqatlar tarqatildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
Forwarded from Fiskal tahlillar
#raqamlashtirish
#QQS

Qaysi sohalarda QQS to‘lovchilar ko‘paydi?

2022-yilda QQS toʻlovchilar soni 174 mingdan oshdi. Bu o‘tgan yil boshiga nisbatan 15,8%ga koʻp.

📈Oʻsish koʻrsatkichlari eng yuqori sohalar – TOP-3:
🔹 transport46,3 % (1,7 mingta📈);
🔹 axborot va aloqa xizmatlari 36,2 % (0,7 mingta📈);
🔹 xizmat koʻrsatish32,9 % (4,1 mingta📈).

📉Oʻsish koʻrsatkichlari eng past sohalar – TOP-3:
🔸qishloq xoʻjaligi – 5,4 % (2,3 mingta📈);
🔸qurilish 14,9 % (2,7 mingta📈);
🔸sanoat16,6 % (3,4 mingta📈).

Hozirda QQS toʻlovchilarning yarmidan ortig‘i quyidagi sohalarda faoliyat yuritmoqda:
savdo – 55 mingta;
qishloq xoʻjaligi 45,8 mingta.

👉2022-yil dekabr oyida QQS toʻlovchilar soni 2 mingtaga oshdi
________
#цифровизация
#НДС

В каких отраслях плательщиков НДС стало больше?

В 2022 году число плательщиков НДС превысило 174 тысячи. Это на 15,8% больше, чем в начале прошлого года.

📈ТОП-3 отрасли с самыми высокими показателями роста:
🔹транспорт 46,3 % (на 1,7 тыс.📈);
🔹информатизация и услуги связи 36,2 % (на 0,7 тыс. 📈);
🔹оказание услуг - 32,9 % (4,1 тыс.).

📉ТОП-3 отрасли с самыми низкими показателями роста:
🔸сельское хозяйство5,4 % (на 2,3 тыс. 📈);
🔸строительство 14,9 % (на 2,7 тыс. 📈);
🔸промышленность16,6 % (на 3,4 тыс. 📈).

В настоящее время больше половины плательщиков НДС ведут деятельность:
в сфере торговли - 55 тыс.;
в сфере сельского хозяйства - 45,8 тыс.

👉За декабрь 2022 года прибавилось более 2 тыс. плательщиков НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2023-yil 23 yanvar

yanvar oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 января 2023 года последний день

за январь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#4_sektor

🔸Bugun 23 yanvardan boshlab Buxoro viloyatining barcha umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari boshlandi. Viloyatimizning barcha mas’ullari hamda sektor rahbarlari o‘quv jarayonlari boshlanmasidan oldin umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim maskanlarida bo‘lib, honalarni isitish holatlarini o‘rganib chiqdilar.

📌Xususan, viloyatning 4-sektor rahbari ham ishchi guruhini hududdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim maskanlarida qozonxonalarning barqaror ishlashi va xonalarni me’yor talablari asosida issiqlik bilan ta’minlash choralarini ko‘rishga safarbar etgan.

🔸Ayni paytda 4-sektor ishchi guruhi tomonidan o‘quvchilar qishning sovuq kunlarida qiynalmasliklari uchun barcha hududlardagi maktablarda navbatchilik tashkil qilingan holda isitish tizimidagi nosozliklarni oldini olish va muammolar aniqlangan holda ularni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rmoqdalar.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq sohasining mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar

🗓 Bugun 24-yanvar soliq solish sohasida 2023-yilda qonunchilikda kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha hamda "Xizmat ko'rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalarni soliqqa tortish tartibi masalalari" yuzasidan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00

🌐 Onlayn seminar Webex platformasida o‘tkaziladi.

✔️Seminarda ishtirok etish uchun havola
👉https://soliq.webex.com/meet/sanjar.yuliev

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#4_sektor

Viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan hududlarda sovuq kunlarda aholiga kommunal tizimida vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy soha obyektlari xususan, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini issiqlik manbai bilan ta’minlash tadbirlarni yanada kuchaytirgan holda davom ettirilmoqda.

O‘rganishlar davomida bugun Kogon tumani “O‘zbekiston” mahalla fuqarolari yig‘ini hududidan o‘tgan ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozlik 4-sektor ishchi guruhi tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi.

Shuningdek, sektor ishchi guruhi hududlardagi xonadonlarda uyma-uy yurib ehtiyojmand oilalarga dori-darmon va zarur hollarda ko‘mir va suyultirilgan gaz yetkazib berish choralarini ko‘rmoqdalar.

Ayni paytda joylarda 4-sektor ishchi guruhining ushbu yo‘nalishdagi tadbirlari davom etmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook