Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.77K photos
1.62K videos
45 files
4.88K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
BUXORO XALQARO AEROPORTIDA CHET EL FUQAROLARIGA “TAX FREE” SUMMASINI QAYTARIB BERISH XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI SHOXOBCHA ISH BOSHLADI

🔸2023 yil 1 yanvardan boshlab chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O’zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasi “tax free” tizimi orqali qaytarib beriladi.

🔸Buxoroda ushbu pul mablag‘larini qaytarishni rasmiylashtirish jarayonlari Buxoro xalqaro aeroportida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” unitar korxonasining servis shoxobchasi orqali amalga oshiriladi.

Bugun mazkur shoxobcha o‘z ishini boshladi.
🔸Bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” unitar korxonasi, viloyat davlat soliq va bojxona boshqarmalari hamda Buxoro xalqaro aeroporti mas’ullari ishtirok etdilar.

▫️Ta’kidlanishicha, “Tax free” respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.

🔸Buning uchun chet davlat fuqarosi “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan o‘tishi va xaridlari boʻyicha taqdim etilgan onlayn-NKT fiskal cheklarini skanerlashi kerak.

▫️“Tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tizim operatori “Soliq-servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
🔸“Tax free” summasi chet davlat fuqarosining respublika hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan soʻng, xarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin qaytariladi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasi yangilandi

📲 Soliq mobil ilovasining yangi funksiyalar va yangilangan interfeysga ega takomillashtirilgan versiyasi foydalanuvchilar e'tiboriga taqdim etiladi

🛒 Android / iOS uchun hoziroq yuklab olishingiz mumkin.

Yangi versiyada 1.3.6. 📲

▫️TaxFree - chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston hududida xarid qilingan tovarlar uchun QQSni qaytarish tizimi.
Mobil ilovada cheklarni skanerlagandan so‘ng Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch xalqaro aeroportlarida Tax Freeni rasmiylashtirish mumkin.
Tizim orqali QQS solig'ini qaytarish tatbiq etiladigan tovarlar ro'yxati

▫️Ingliz tilidagi Interfeys;

▫️Ota-onalar uchun soliqlarni toʻlash - Face ID orqali avtorizatsiyadan o‘tgandan soʻng tizimda avtomatik ravishda foydalanuvchining ota-onasi haqidagi toʻliq maʼlumotlar shakllanadi;

▫️Fuqarolarning yer va mol-mulk soliqlaridan qarzi yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani onlayn olish;

▫️Takomillashtirilgan navigatsiya.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#мобильное_приложение

Мобильное приложение "Soliq" обновлено

Пользователям 📲 Soliq доступна улучшенная версия с новыми функциями и обновленным интерфейсом.

🛒 Можете обновить прямо сейчас Android / iOS

В новой версии 1.3.6.
📲

▫️Tax Free – система возврата НДС за товары, приобретенные иностранными гражданами на территории Узбекистана. После сканирования чеков в мобильном приложении, оформить Tax Free можно в международных аэропортах Ташкента, Самарканда, Бухары, Ферганы и Ургенча.
Перечень товаров, подлежащих возврату НДС.

▫️Интерфейс на английском языке.

▫️Оплата налогов за родителей – после авторизации с помощью Face ID система автоматически сформирует полную информацию о Ваших родителях.

▫️ Cправка об отсутствии задолженности по земельному налогу и налогу на имущество физлиц.

▫️Усовершенствована навигация.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
SOLIQ_TAQVIMI_2023_YANVAR.pdf
177.5 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil yanvar oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на январь 2023 года

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BUXORODA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKALARI FAOLIYATI DAVOM ETMOQDA

📍Barcha joylarda bo‘lgani kabi, Buxoro viloyatida ham bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash, ularning sun’iy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik doimiy diqqat-e’tiborda bo‘lib turibdi.

🔸Shu maqsadda viloyatning barcha dehqon bozorlarida yangi yil bayrami oldidan tashkil qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati davom ettirilmoqda.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yilgi soliq o‘zgarishlari

🔸QQS stavkasi 15% dan 12% ga tushirildi.
🔸4% dan 25% gacha bo‘lgan AOSning yagona 4% lik stavkasi o‘rnatildi.
Ayrim soliq to‘lovchilar uchun 1-3% lik stavkalar saqlab qolindi.

👉Mavzu yuzasidan ekspert va tadbirkorlarning fikrlari "Axborot 24" dasturida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#YaTT

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lovchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24/ Sayyohlar uchun yana bir qulaylik -5 ta aeroportda "Tax free" xizmari yo‘lga qo‘yildi.

https://t.iss.one/soliq_Live
#4-sektor
#Qorovulbozor tumani

Buxoro viloyati DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Fayziyev bugun 4-sektor hududiga kiruvchi Qorovulbozor tumanida qish mavsumini betalofot o‘tkazish, bozorlardagi narx-navoning barqarorligi ta’minlash hamda aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan hududdagi ishchi guruhning ish faoliyatini o‘rgandi.
🔸Xususan, aholining elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, ko‘mir yoqilg‘isi va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari yechimiga e’tibor qaratildi.
🔸Aholi muammolarini o‘rganish jarayonida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari sektor rahbari va mahallalarga biriktirilgan mutasaddi xodimlar bilan birgalikda ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj va muammoli xonadonlarga kirib mavjud muammolarnii ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook