Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.08K subscribers
7.63K photos
1.61K videos
43 files
4.81K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Ishlab chiqarish sohasi korxonalarining soliq qarzi – TOP-10

2022-yil 1-dekabr
holatiga soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori ishlab chiqarish korxonalari soni republika bo‘yicha 703 tani tashkil etmoqda. Ularning jami soliq qarzi 314,8 mlrd so'm.

Shundan 74,4 mlrd so‘mi, ya'ni 24 %i soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📍Buxoro viloyatida esa 40 ta ishlab chiqaruvchi korxonaning 15,4 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

#raqamlashritish
#soliq_qarzi

Тelegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Soliq mobil ilovasida yana bir yangi imkoniyat

Ilovadan yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani oson yuklab olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Kogon tumani “Sorg‘un” mahallasida ishchi guruh uyma-uy yurib, asosiy e’tiborni aholini
tabiiy va suyultirilgan gaz,
• elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash;
• ko‘mir yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish,
• mavsum davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish hamda
• is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlarni oldini olishga qaratdilar.

Uchrashuvlarda og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar, surunkali kasalliklarga chalingan va nogironligi bo‘lgan hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, shuningdek shu yerlik aholiga yengillik yaratish maqsadida mahalla markazida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.

Тelegram | Facebook
#live
#4-sektor

Buxoro viloyatida “Dolzarb 10 kunlik” e’lon qilindi.

Bugun Buxoro shahridagi mavjud 65 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat hokimi Botir Zaripov “Dolzarb 10 kunlik”da amalga oshiriladigan ishlarni birma-bir sanab o‘tib, mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shundan keyin barcha sektor rahbarlari o‘z ishchi guruhi bilan hududlarni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash, aholi xonadonlari, ayniqsa, ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va hayotiy muhim obektlar hamda ularga tutash hududlarni tartibga keltirish ishlarini boshlab yubordilar.
❇️Ayni paytda 4-sektor ishchi guruhi ham Buxoro shahridagi “Ibn Sino” mahallasida maxsus texnika vositalarini jalb qilgan holda hududdagi qarovsiz qoldirilgan yer maydonlarini obodonlashtirish, yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
✳️Shuningdek, gaz ta’minoti xodimlari tomonidan aholiga muammosiz tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida gaz maromlash qurilmalari qayta texnik nazoratdan òtkazilib, gaz quvurlari tartibga keltirilmoqda.
⚡️4-sektor ishchi guruhi Buxoro shahridagi “Sheyxon” va “Guliston” mahallasida

Bugun viloyatda e’lon qilingan “Dolzarb 10 kunlik” doirasida 4-sektor ishchi guruhi o‘z faoliyatini Buxoro shahrining “Sheyxon” va “Guliston” mahallalarida davom ettirmoqda.

❇️Xususan, tegishli idoralar xodimlari bilan hamkorlikda “Sheyxon” mahallasida yashovchi yakka yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning uyi va ularning atrofini obodonlashtirish, shuningdek, “Guliston” mahallasi xududidagi uylarning fasad qismini tamirlashga bosh-qosh bo‘lmoqdalar.

✳️Bundan tashqari, jarayonda “Guliston” mahallasidagi bolalar maydonchasi va o‘yingohi ham qaytadan tamirlandi.

Тelegram | Facebook
#4_sektor

Buxoro shahridagi 4-sektor hududiga kiruvchi «Ibn Sino», «Guliston» va «Boxarziy» mahallalarida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

🔸Viloyat 4-sektor rahbari M. Mamatxanov bugun ishchi guruhi tomonidan ushbu mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari bilan tanishdi.

🔸Amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga «Obodonlashtirish» boshqarmasidan ishchilar, shuningdek, kommunal xo‘jaligi, elektr tarmoqlari korxonasi va gazlashtirish idorasidan mas'ullar hamda yo‘l qurilishi va «Toza hudud»ning texnikalari jalb qilingan.
🔸E'tiborlisi, bu xayrli tashabbusga mahalla ahli ham qo‘shilgan holda hududlardagi barcha ko‘chalar va xonadonlar atrofi tartibga keltirilmoqda.

🔸Bu ishlar 4-sektor hududidagi boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.