Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.95K photos
1.69K videos
46 files
5.05K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#KONSTITUTSIYA

BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASIDA
KONSTITUTSIYA BAYRAMI NISHONLANDI

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbir davlatimiz madhiyasi ostida boshlandi.

Tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i M.Mamatxanov yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, Bosh Qomusimiz – bu istiqlol va mustaqil O‘zbekiston ramzi, g‘urur-iftixori, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi va tilidan qat’i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyati istiqbolini belgilab beruvchi dasturilamal hujjat ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz "O‘zbekiston Konstitutsiyasi 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar qatorida Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlarida faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar ham ushbu sharafli e’tiborga sazovor bo‘ldilar.

Qutlug‘ bayram arafasida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i M.Mamatxanov ushbu sharafli e’tiborga sazovor bo‘lgan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Buxoro viloyatidagi soliq to‘lovchilarning 96 foizi majburiyatlarini ixtiyoriy bajaradi

2022-yilning 11 oyida
respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ga yetdi.

📈Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilarga tegishli – 98%;
📍Buxoro, Navoiy, Namangan hamda Toshkent viloyatlari – 96%;
📍Qoraqalpogʻiston, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari – 95%;
📍Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlari – 94%;
📍Andijon viloyati – 93%.

Soliq turlari kesimida:
🔸Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 99%;
🔸Aksiz, JShODS, Foyda, mol-mulk va yer soliqlari – 97%;
🔸QQS, AOS, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 95%.


Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KONSTITUTSIYA

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI BARCHA YURTDOSHLARIMIZNI BOSH QOMUSIMIZNING 30 YILLIGI BILAN CHIN DILDAN TABRIKLAYDI❗️
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#8_dekabr #konstitutsiya_30

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, Siz, azizlarni, koʻpmillatli xalqimizni qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.

Bosh Qomusimiz
erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.

Shu boisdan ham bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bagʻishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Mana shunday ulugʻ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etish baxtiga muyassar boʻlganimdan bagʻoyat xursandman.

Taʼkidlash lozimki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekiston poydevoriga tamal toshi qoʻyilishida ham aynan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish gʻoyasi muhim ahamiyatga ega.

Oʻtgan qisqa davrda erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, inson manfaatlari, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Eng muhimi, bunday oʻzgarishlar natijalarini har bir inson kundalik hayotida koʻrmoqda, his etmoqda.

Hurmatli yurtimiz ahli, aziz vatandoshlar Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Sherzod Kudbiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #murojaatlar

Davlat soliq xizmati organlarida murojaat yechimi ustuvor vazifa

Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, hududlardagi muammolarni oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida soliq toʻlovchilar murojaatlarini ogʻzaki, yozma va elektron koʻrinishda qabul qilish yoʻlga qoʻyilgan.
Xususan:

DSQ markaziy apparatida elektron hujjat aylanish tizimi orqali ro‘yxatga olingan murojaatlar – 65 564 ta.
Shundan:
elektron 59 761 ta - 91%;
ogʻzaki 3 227 ta - 5%;
yozma 2 579 ta - 4%.

🌍 DSQga ijtimoiy tarmoqlar orqali 9 208 ta murojaat yoʻllangan.
Shundan:
▫️javob berilgan 9 204 ta 99,9%;
▫️oʻrganish jarayonida 4 ta 0,1%

📞DSQ Call-markazi(1198)ga jami 792 375 ta murojaat yoʻllangan.

📈eng koʻp Toshkent shahridan – 326 454 ta;
📉eng kam yirik soliq toʻlovchilar tomonidan yoʻllangan – 968 ta.

📁Davlat soliq xizmati organlariga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan jami murojaatlar867 147 ta

📍Hududlarda tashkil etilgan soliq to‘lovchilar bilan ochiq muloqotlar
📍Toshkent shahri
📍Farg‘ona viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Jizzax viloyati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#madhiya

1992-yil 10-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Bugun, milliy o‘zligimiz, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi qabul qilinganiga 30 yil to'ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.

Davlat soliq qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etadi❗️

Vatanimiz hurligi, kuch-qudrati va buyuk kelajagimizni madh etuvchi bu ohang toabad baralla yangrasin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashritish

📢DSQ tomonidan taqdim etilayotgan tahliliy ma’lumotlardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun Fiskal tahlillar kanalini kuzatib boring 👉https://t.iss.one/fiskaltahlil
_______
#цифровизация

📢Подписывайтесь на канал Fiskal tahlillar, чтобы быть в курсе аналитических данных, представляемых ГНК 👉https://t.iss.one/fiskaltahlil
#elon #EHF

EHF taqdim etish muddati uzaytirildi❗️

Respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, soliq to‘lovchilarda o‘z majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, noyabr oyi uchun elektron hisobvaraq-faktura taqdim etish muddati joriy yilning 15-dekabriga qadar (15-dekabr ham kiradi) uzaytirildi.
____
#объявление #ЭСФ

Продлен срок выставления ЭСФ❗️

Исходя из многочисленных обращений, связанных с затруднениями в исполнении налогоплательщиками своих обязанностей по причине нестабильности электроснабжения в некоторых регионах республики, срок выставления электронных счетов-фактур за ноябрь месяц продлён до 15 декабря текущего года включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter