Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#mobil_ilova #keshbek

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining
yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

▫️chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
▫️chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
▫️*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
soliq hisoboti taqdim etganligi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi;
soliq qarzi to'langanligi.

– keshbek to‘liq tasdiqlansa 🟢 yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni 🔵 ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Keshbek qachon tasdiqlanadi
#rasmiy_munosabat

Buxoro viloyati DSB tomonidan 71 ta tadbirkorlik subyektiga kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilayotganligi munosabati bilan hujjatlarini taqdim etish yuzasidan talabnomalar elektron shaxsiy kabinetiga yuborilgan bo‘lsada, biroq ular tomonidan belgilangan muddatida soliq organi talab qilgan hujjatlarni taqdim etilmagani uchun O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 111-moddasiga asosan 2022-yil 21-25-noyabr kunlari ularning banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 112-moddasiga asosan mazkur soliq to‘lovchilar tomonidan talab qilingan hujjatlar taqdim etilgan kuni bank hisobvaraqasidagi operatsiyalari tiklanadi.

Тelegram | Facebook
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Kogon shahrida “4-sektor bog‘i”

🌿 Yurtimizda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi dorirasida bu borada barcha birdek faollik ko‘rsatmoqda.

Xabar berib borayotganimizdek viloyat 4-sektor hududlarida loyiha doirasida bo‘sh va qarovsiz qoldirilgan yer maydonlari obodonlashtirilib birma-bir 4-sektor bog‘lari tashkil etilmoqda.

Ana shunday bog‘lardan yana biri Kogon shahar sektor hududida ham yaratildi.

Kuni-kecha “Maxtumquli” mahalla fuqarolari yig‘inida tashkil etilgan ushbu bog‘ga Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari, mahalla faollari, yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 500 tupdan ortiq manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazidilar.

⚡️ Daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Seminar

📍 Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlarda soliq qonunchiligiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan berilgan soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida seminarlar o‘tkaziladi

2022-yil 28-noyabr

🕰soat 10:00 da
🏢Buxoro shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida

🕰soat 15:00 da
🏢Kogon shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida o'tkaziladi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#fiskal_institut

Talabalar uchun soliq tizimi rivoji va soliq qonunchiligi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

Fiskal institut
mamlakatimiz soliq sohasidagi tayanch bo‘g‘in hisoblanadi. Shu boisdan, institut talabalarga sohaga oid bilim va soliq ma'murchiligidagi yangiliklarni mutaxassislar ishtirokidagi mahorat darslari orqali muntazam ravishda yetkazib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Jiroy yilning 26-noyabr kuni ana shunday darslarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilma rahbarlari “Soliq tizimini rivojlantirishda amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi istiqbollar” va “Soliq qonunchiligi tushunchasi, turlari va soliqqa oid normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt boʻyicha amal qilishi” mavzularida ma’ruza qildi.

Bunda talabalar toʻgʻridan-toʻgʻri DSQ mutaxassislaridan kerakli koʻnikmalarni egallab, bilimlarini yanada oshirib kelmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#MXIK

Umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun MXIK larning ro‘yxati soddalashtirildi

Endilikda umumiy ovqatlanish shaxobchalari uchun barcha kodlar alohida sinflarga ajratilib, 3 asosiy guruhga bo‘lingan:

▫️“Umumiy ovqatlanish taomnomasi” – 10202001
▫️“Umumiy ovqatlanish shaxobchalaridagi boshqa xizmatlar” – 10202002
▫️ “Oziqlantirishni tashkil etish (keytering), umumiy ovqatlanish shaxobchalari va banket zallarida boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmatlari" – 10202003.

Batafsil 👉 https://tasnif.soliq.uz/news-view/43
_____________________
#ИКПУ

Усовершенствован перечень кодов ИКПУ для заведений общественного питания

Теперь все коды для заведений общественного питания выведены в отдельные классы и разделены на 3 основные группы:

▫️«Меню общественного питания» - 10202001
▫️ «Прочие услуги в заведениях общественного питания» – 10202002
▫️«Услуги по организации питания (кейтеринг) и других мероприятий в заведениях общественного питания и банкетных залах» – 10202003.

Подробнее 👉 https://tasnif.soliq.uz/news-view/43

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter