Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasi yana Siz bilan birga.

📍 Qorako‘llik yoshlardan biri Ravshan Karimov tadbirkorlik faoliyati bilan bir qatorda tomorqasida limonchilikni rivojlantirmoqda.
Bu orqali daromad topmoqda.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 23-noyabr

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️23 ноября 2022 года последний день

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Buxoroda “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida 27 000 dan ortiq tadbirkorlarning turli yo‘nalishlardagi muammolari hal etildi

📌 Raqamlar bilan aytganda, Buxoro viloyati davlat soliq xizmati xodimlari 2022- yilning o‘tgan davrida jami 27 400 dan ziyod tadbirkorlik subyektining turli muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak berdilar.

Shundan, dastlabki buxgalteriyasini yuritish bo‘yicha 4 915 ta korxonaga yordam berildi. Soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish borasida esa 1 819 ta korxonaga tegishli amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. 772 ta korxonaga qo‘shilgan qiymat solig‘idan mavjud qariib 160 mld. so‘mlik ortiqcha to‘lovlar qaytarib berildi.

⚡️ Ta’kidlash lozim, keyingi yillarda soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar natijasida davlat soliq xizmati xodimlari tadbirkorlarning haqiqiy ko‘makchisiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Jondorda ham “4-sektor bog‘i” tashkil etildi

🌿Ayni kunlarda barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatining 4-sektor hududlarida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joylarda mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

📌Loyiha doirasida har-bir hududda bo‘sh o‘zlashtirilmagan yer maydonlarida sektor bog‘lari tashkil etilishi belgilangan. Quvonarlisi, tumanlarda 4-sektor bog‘lari tashkil qilinayotgani ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmoqda.

📍Shunday tashabbuslardan yana biri Jondor tumanidagi 4-sektor hududida ham amalga oshirildi. Unda mahalla faollari, yoshlar yetakchilari sektor ishchi guruhi bilan birgalikda “Quyi Obod” mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan 1 gektarga yaqin qarovsiz yer maydoni obodonlashtirilib, bu yerga 1000 tupdan ortiq turli xildagi mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi. Sektor ishchi guruhi endi “Sektor bog‘i” deb nom berilgan ushbu obod manzildagi ko‘chatlarni parvarishlab, ularning baravj rivoj topishiga ham mas’ul bo‘ladilar.

🔹Aytish kerakki, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatning 4-sektor hududlaridagi ijtimoiy obyektlar atrofi, mahalla guzarlari, yo‘l yoqqalari hamda o‘zlashtirilgan yer maydonlarida 13 600 dan ortiq turli ko‘chatlar ekildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasi orqali bugun biz Sizlarni qorako‘llik ishsiz yoshlardan biri Xolida Abdulxalimova faoliyati bilan tanishtiramiz.

Qahramonimiz tadbirkorlik faoliyatini boshlab o‘zi tengi 6 nafar yoshlarni ham ish bilan bandligini ta’minladi.

Xolida Abdulxalimovaning oldiga qo‘ygan rejalari katta. Kelgusida tikuvchilik fabrikasini ishga tushirib yuzlab yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlamoqchi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro TV “Diyor yangiliklari” dasturida:

Buxoroda “Soliqchi-ko‘makchi”
tamoyili amalda

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

bank kartalari orqali to‘lovlarni
qabul qilish;

onlayn-NKM joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn nazorat-kassa mashinasi sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash.

👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉2023-yil 1-yanvargacha onlayn-NKM foydalanuvchilari uchun imtiyozlar mavjud
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?
________________________________
#онлайн_ККМ

С 1 января 2023 года в денежных расчетах с населением запрещается использовать онлайн контрольно-кассовую технику, у которой отсутствуют следующие возможности:

принимать платежи с банковских карт;

представлять налоговым органам информацию о местонахождении онлайн-ККМ (за исключением терминалов по приему банковских карт, используемых в качестве виртуальных касс и онлайн контрольно-кассовых машин);

для субъектов предпринимательства, осуществляющих розничную продажу продукции — самостоятельно считывать и идентифицировать штрих-коды и коды цифровой маркировки.

👉№ ПП-5252 от 04.10.2021 г.

👉 До 1 января 2023 года действуют льготы для использующих онлайн-ККМ
👉 Как отражаются льготы в налоговой отчетности

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram