Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.52K photos
1.6K videos
41 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
# Vobkent_tumani

Sektor rahbari “Ko‘liodina” MFY binosida hudud yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yangi O’zbekistonni bunyod etish uchun yangicha dunyoqarash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlikni qisqartirish yo‘nalishlarida fikr va muloxazalari almashildi.

Shuningdek, ochiq muloqotda yoshlardan tushgan murojaatlar ijobiy hal etilishini ta’minlash choralari ko‘rilishi belgilab olindi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#Jondor_tumani

❇️4-sektorda belgilangan reja-grafikka muvofiq “Qovchin” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Sektor rahbari, ishchi guruh a`zolari, yoshlar yetakchisi va mahalladagi uyushmagan yoshlari ishtirok etgan ushbu uchrashuvda dastavval yurtimizda olib borilayotgan yoshlarga doir siyosatning mohiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar to`g`risida tushunchalar berib o`tildi.

Shuningdek, yoshlarning muammolari tinglanib, joyida hal qilish imkoniyati bo`lgan muammolarga shu yerning o`zida yechim topdi, vaqt va boshqa tashkilotlar aralashuvini talab qilgan muammolar esa tegishliligicha bo`yicha mas`ullarga yo`naltirilib nazoratga olindi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#Qorovulbozor_tumani

✳️4-sektor rahbari A.G'afurov va uning ishchi guruhi “Cho'lquvar” MFYda istiqomat qiluvchi aholi va yoshlarni muammolarini o'rganish, turmush tarzini yaxshilash va qo'shimcha daromad manbaini yaratish, xususan ishsizlik darajasini qisqartirish maqsadida uyma-uy yurgan holda aholi va yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda yoshlar va aholining talabidan kelib chiqqan holda ularga ko‘rsatiladigan ko‘mak va amaliy yordamlar beligilab olindi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#Kogon_tumani

4-sektor rahbari tumanning "O’ba-cho‘li" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqotda ishtirokchilarning muammo va takliflari tinglanib, ularning qiziqishi va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bir guruh yoshlar belgilangan tartibda turli asbob-uskunalar bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Shu kuni ushbu mahallada faollar va yoshlar tashabbusi bilan "Yashil makon " dasturi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ishlari ham amalga oshrildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4_sektor
#Buxoro_shahar

❇️4-sektor rahbari A.Abdullayevning tasdiqlangan reja jadvaliga muvofiq sektorga qarashli "Sitorai Moxi-xossa "MFY yashovchi yoshlar va muammoli fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
O’tkazilgan qabulda Buxoro shahar Xalq qabulxonasi mudiri A.Bekmurodov hamda masul tashkilot rahbarlari va 28 nafar fuqarolar ishtirok etib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Qabul davomida tushgan murojaatlarning 21 tasi joyida hal qilinib 7 ta murojaat o‘rganish talab qilganligi sababli nazoratga olindi.

Shu kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida sektorga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yer maydonlarida yoshlar hamda faollar ishtirokida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ham ekildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#keshbek #turizm

Sayohat uchun keshbek: ilk natijalar

Sentabrdan oktabrgacha “Oʻzbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida sayohat uchun keshbek platformasida 2 816 ta sayohat qayd etildi.

Bunda, 2 418 nafar fuqaro ichki turizmga sarflangan xarajatlar hisobini yuritishni boshladi. Ular:
✈️ avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
⛺️ joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy me'ros obyektlariga tashrif buyurish uchun
amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Sayohat uchun keshbekka ega bo‘lish uchun JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish va barcha turdagi sayohat cheklarini kiritish lozim.

❗️Eslatib o'tamiz: joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi sayyohlar xarajatlarining 15 dan 50 foizigacha keshbekka ega bo‘lishi mumkin.

👉 PQ-232-son 30.04.2022-y.
👉 VMQ-484-son 31.08.2022-y.
__________________________
#кешбэк #туризм

Туристический кешбэк: первые итоги

С сентября по октябрь месяц в рамках программы «Ўзбекистон бўйлаб саёҳат қил!» на платформе туристический кешбэк зафиксировано 2 816 путешествий внутри страны.

При этом учет потраченных на внутренний туризм средств начали 2 418 граждан. Они регистрировали в мобильном приложении Soliq чеки с QR-кодом:
✈️ за покупку билетов железнодорожного, авиа- или автотранспорта;
⛺️ средства размещения (гостиницы, дома и зоны отдыха, гостевые дома и т.п.);
🕌 за посещение объектов культурного наследия на местах.

Для получения туристического кешбэка необходимо пройти авторизацию по FACE ID с указанием ПИНФЛ и отсканировать чеки за все три этапа путешествия.

❗️Напоминаем: с 1 сентября текущего года туристы, путешествующие внутри республики, могут получить возврат от 15 до 50 % расходов.

👉 ПП-232 от 30.04.2022 г.
👉 ПКМ-484 от 31.08.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter