Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.48K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoroda “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan Vatanimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining hududiy bosqichi bugun Buxoroda bo‘lib o‘tdi.

Loyihada viloyat davlat soliq organlarida 30 yil yoki undan ko‘p vaqtdan buyon ishlab kelayotgan tajribali mutaxassislar va tizimda mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan tarkib topgan jamoalar ishtirok etdilar.

Loyha shartlariga ko‘ra ishtirokchilar o‘zlarining chiqishlarini 3 bosqichda yig‘ilganlarga namoyon etdilar.

Qiziqarli o‘tkazilgan uchrashuvda eng ko‘p ovoz olgan Romitan tumani juftligi loyihaning viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkini o‘rin esa Peshku tumani juftligiga hamda uchinchi o‘rin Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasidan qatnashgan jamoaga nasib etdi.

G‘olib jamoalarga viloyat davlat soliq boshqarmasining va viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida Buxoro san’at ustalarining chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Ta’kidlash kerakki, tashkil etilgan loyihaning asosiy maqsadi faxriylarning hayotiy malakasini yoshlarning kreativ fikrlari bilan uyg‘unlashtirish orqali shakllanadigan innovatsion yondashuv negizida soliq xizmati faoliyati samaradorligini kuchaytirish, “Ustoz-shogird” an’analaridan oqilona foydalanish va ularni sifat jihatdan yangi ko‘rinishda saqlab qolishdan iboratdir.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#30_yil_va_30_yosh

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan Vatanimiz konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan “30 yil va 30 yosh uchrashuvi” loyihasining hududiy bosqichi bugun Buxoroda bo‘lib o‘tdi.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq tölovlarini 📲 mobil ilova orqali tez va oson amalga oshiring!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Talabalar kontrakt to‘lovidan 12% miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin

👆Batafsil videoda

Тelegram | Facebook