Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#AOS
#imtiyoz

📉Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) – 1 % etib belgilangan:

🔸01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha
PQ-104-son qarorning 1-ilovasida keltirilgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) quyidagi xizmatlarni ko‘rsatayotgan tadbirkorlar uchun
▫️umumiy ovqatlanish,
▫️mehmonxona,
▫️savdo,
▫️ko‘ngilochar,
▫️turoperator va turagent.

🔸01.06.2022-yildan 01.02.2025-yilga qadar “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomi berilgan fuqarolar yig‘inlari hududlarida quyidagilarni tashkil etgan tadbirkorlar uchun
▫️mehmon uylari,
▫️ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar
.

🔸01.01.2022 yildan 01.01.2031 yilga qadar Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun.

🔸01.08.2022-yildan 01.08.2025-yilgacha “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari uchun.

🙅🏻Quyidagilar aylanmadan olinadigan soliq (AOS)dan vaqtincha ozod qilingan:

🔸01.01.2024-yilgacha Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari (klasterlar bundan mustasno);

🔸01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilgacha
▫️charm, mo‘yna xomashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash,
▫️qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish,
▫️jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar;

🔸01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari;

🔸01.01.2024-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari;

🔸01.08.2022-yildan 01.01.2028-yilgacha “Inno texnopark” MChJ va uning rezidentlari.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Talabalar turar joylarni ijaraga olgani uchun soliq to‘lamaydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Қишлоқдошлари(миз)нгизга етказайлик субсидия тартиби ҳақида

Уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш соддалаштирилди

“Аҳолига ипотека кредити ва уй-жой сотиб олиш учун субсидия ажратиш жараёнларини соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат қарори (601-сон, 14.10.2022 й.) қабул қилинди

🔰 Қарор билан, 2022 йил 1 декабрдан бошлаб қуйидагилар белгиланди:

🔹 субсидияга талабгорларни танлаб олиш комиссиялари таркибидан Ёшлар ишлари агентлиги бўлим бошлиғи ва аҳоли бандлигига кўмаклашиш маркази директорлари чиқарилади;

🔹 субсидия олиш учун аризани аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказлари, Давлат кадастрлари палатасининг ҳудудий бошқармалари, Ёшлар ишлари агентли бўлимлари ва туман (шаҳар) ҳокимлиги томонидан кўриб чиқиш тартиби бекор қилинади;
▫️ бунда мазкур ташкилотларнинг маълумотлари subsidiya.idm.uz дастурий таъминоти орқали автоматик тарзда шакллантирилади;

🔹 субсидия ажратиш мақсадида уй-жойга муҳтож фуқароларни аниқлашнинг ижтимоий мезонлари доирасида қуйидагилар ижтимоий ҳимояга муҳтож бўлган айрим шахслар тоифасига киритилади:
▫️ёш оилалар, шу жумладан, 30 ёшдан ошмаган фуқаролар;
▫️олис ва чекка ҳудудлардаги бюджет ташкилотларига бошқа ҳудудлардан ишлаш учун келган олий маълумотли мутахассислар ва тиббиёт ходимлари.

2022 йил 1 ноябрга қадар “Labor - migration” дастури ва Кадастр агентлигининг Миллий географик ахборот тизими портали subsidiya.idm.uz дастурий таъминотига интеграция қилинади.

📝 Молия вазирлиги томонидан жойлаштирилган маблағлар ҳисобидан ипотека кредити ажратишда қарз олувчиларга қарз юкининг энг юқори чегараси ҳамда субсидия олиш учун бир календарь йилда икки марта ариза бериш бўйича белгиланган чекловлар бекор қилинди.

🗓 2022 йил 1 ноябрга қадар 2020-2022 йиллар дастури доирасида субсидия ажратиш тўғрисида хабарнома олган фуқароларга ипотека кредити фоизларининг бир қисмини қоплаш бўйича тўланмай қолган субсидияларни тўлиқ тўлаш чоралари кўрилади.

☑️ 2021 йил дастури доирасида субсидия ажратиш тўғрисида хабарнома олган Тошкент шаҳрида доимий рўйхатда турадиган фуқароларга Тошкент вилоятида қурилган уй-жойларни ипотека кредити асосида сотиб олиш ҳуқуқи берилади.
#YaTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?

1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.

2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning STIR yoki JShSHIR (PINFL)i kiritiladi va “Enter” bosiladi.

3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.

4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.

5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.

6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.

7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.

8️⃣Ariza jo‘natiladi.

👉Batafsil

YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

Тelegram
| Facebook | Youtube| Instagram
Viloyatda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan haydovchilar soni ortib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi "Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 1-oktabr holatida Buxoro viloyati bo‘yicha 1 140 nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar sifatida avtomobil transportida yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziyalar rasmiylashtirildi.

Bu borda yetakchi hududlar:

✔️Buxoro shahri – 382 nafar;
✔️G‘ijduvon tumani – 118 nafar;
✔️Buxoro tumani – 96 nafar;
✔️Vobkent tumani – 87 nafar.
#savol_javob

🔴Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) yollangan ishchilar uchun qanday soliqlarni to'laydi

🔵Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar (YaTT xodimlari) uchun YaTT:

▫️xodiming ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar, majburiy tartibda har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida ijtimoiy soliq toʻlaydi (BHM = 300 000 soʻm 2022-yil 1- iyundan).
👉Soliq kodeksi 408-modda

✔️Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi (MHTEKM = 920 000 soʻm 2022-yil 1-iyundan).
👉Soliq kodeksi 385-modda
___________
#вопрос_ответ

🔴 Какие налоги платит индивидуальный предприниматель (ИП) за нанятых работников

🔵 За физических лиц, состоящих в трудовых отношениях с индивидуальным предпринимателем (являющихся работниками ИП):

▫️в обязательном порядке независимо от количества проработанных дней уплачивается социальный налог в размере 50 процентов базовой расчетной величины в месяц (БРВ = 300 000 сумов c июня 2022 года).
👉 ст.408 НК

✔️Налог на доходы с физических лиц, состоящих в трудовых отношениях с индивидуальным предпринимателем, исчисляется и удерживается налоговыми агентами у источника выплаты (МРОТ = 920 000 сумов c июня 2022 года).
👉 ст.385 НК

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#4_sektor

Kogon tumani 4-sektor hududiga qarashli “O‘ba Cho‘li” mahalla fuqarolari yig‘inidagi “Dilafro‘z” fermer xo‘jaligi dalalaridagi “Oq oltin”ni nes-nobud qilmasdan terib olib rejani bajarganligi munosabati bilan Kogon tumani 4-sektor rahbari tomonidan dala mehnatkashlari uchun dasturxon yozilib, madaniy tadbir tashkillashtirildi.

Тelegram | Facebook
#4_sektor

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari” jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomga asosan mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun ajratilgan xizmat xonalarini moddiy-texnik bazasini zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlash hamda ularning ish faoliyatlarini yanada yaxshilash maqsadida kuni-kecha viloyat 4-sektor hududidagi Kogon tumani 23 ta mahallada faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun 23 dona rangli printerlar topshirildi.

Bu o‘z navbatida “Yoshlar yetakchilari”ning ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#30_YIL_VA_30_YOSH_UCHRASHUVI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING YANGI LOYIHASI

⚡️ 30 YIL VA 30 YOSH UCHRASHUVI

📍 BUXORO VILOYAT SARALASH BOSQICHI 21-22 OKTYABR KUNLARI BO‘LIB O‘TADI.

Тelegram | Facebook
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 19-oktabr kuni “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar va ko‘p uchraydigan savollarga javoblar” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
______________________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Очередной онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 19 октября 2022 года на тему "Отчетность по налогу на добавленную стоимость: рекомендации и ответы на частые вопросы".

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 15:00

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram