Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni tegishliligi bo‘yicha joyida hal etish maqsadida Bugun Shofirkon tumanida viloyat hokimi boshchiligida viloyat sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

📌 Sayyor qabulda viloyatdagi barcha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

📍 Qabulda Shofirkon tumanidan tashqari Buxoro shahri, Buxoro, G‘ijduvon, Romitan, Vobkent tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolar muammoli masalalari yuzasidan sektor rahbarlariga murojaat qildilar.

Murojaatlar tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilinib, hal qilinishi borasida zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Тelegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi
#8_kun_qoldi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni.

Тelegram | Facebook
#zakovat

Davlat Soliq qo‘mitasi "Huquqiy zakovat” g‘oliblari qatorida

Bugungi kun davlat xizmatchilaridan huquqiy bilimi yuqori, mantiqiy fikrlashi kuchli, kelajakni oldindan ko‘ra olish va bu borada tinimsiz izlanishini talab qilmoqda.

Ana shunday amallarni rag‘bantlantirish maqsadida bugun Adliya vazirligi va “Zakovat” intellektual klubi hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida "Huquqiy zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlaridan tashkil topgan 30 ga yaqin jamoalar ishtirok etgan intelektual o‘yin do‘stona tortishuvlar va baxslarga boy bo‘ldi.

Davlat soliq qo‘mitasi qizg‘in baxs munozaralar qurshovida o‘tgan o‘yin natijalariga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

"Huquqiy zakovat" intellektual o‘yinida munosib ishtirok etib faxrli o‘rinni egallagan hamkasblarimizni jamoamiz nomidan tabriklaymiz!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi
#7_kun_qoldi

Unutmang❗️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Бухорода давлат солиқ бошқармаси биносига 60 кВт қувватли қуёш панеллари ўрнатилди
#9oct #uzbekiston24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi
#6_kun_qoldi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni.

Hurmatli fuqarolar soliqlarni o'z vaqtida to'lashni unutmang❗️

Тelegram | Facebook
🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (
JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

HURMATLI FUQAROLAR VA SOLIQ TO`LOVCHILAR❗️

📍Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalari faoliyatida korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Davlat soliq qo‘mitasining [email protected] elektron pochtasiga yoki telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot kanaliga va
📞(65) 221-26-89; (65) 221-30-03 “Ishonch telefoni” orqali bizga murojaat qiling!

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI!
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 10-oktabr

oktabr oyi uchun:


- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi).

sentabr oyi uchun:

- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi)
______________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️ 10 октября 2022 года крайний срок

за октябрь:

- уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса).

за сентябрь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292 Налогового кодекса, ч.1 ст.293 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM

Vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilingan tovar onlayn-NKM va virtual kassa chekida qanday aks ettiriladi?

Buning uchun komitent tomonidan quyidagilar bajarilishi lozim:

1️⃣Soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ERI kaliti yordamida kiriladi.
2️⃣Xizmatlar qatoridan “Korxona komissionerlari ro‘yxatini shakllantirish” tanlanadi.
3️⃣“Qo‘shish” tugmasi bosiladi.
4️⃣Ochilgan oynaga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
▫️ yuridik shaxs STIRi yoki YaTT JShShIRi;
▫️ vositachilik shartnomasi raqami;
▫️MFO;
▫️ hisob raqam;
▫️ shartnoma tuzilgan sana;
▫️ shartnoma amal qilish muddati boshlanish sanasi;
▫️ shartnoma amal qilish muddati tugash sanasi.
5️⃣Shundan so‘ng “Qo‘shish” tugmasi bosiladi.

❗️Har bir vositachi haqidagi ma’lumotlarni alohida kiritish lozim.

Ushbu funksiya soliq organlarida komitent va vositachi soliq bazasini avtomatik aniqlash uchun yaratilgan.

Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuqoridagi tartibda kiritmasa, vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida noto‘g‘ri aks etadi.

Tovarlar vositachi shartnomasi asosida realizatsiya qilinganda, vositachi onlayn-NKM va virtual kassa cheklarida ushbu mahsulot nomi ostida komitent STIR/JShShIRini ko‘rsatishi shart.

Komitentning STIR ko'rsatilgan chek ma'lumotlariga asosan, agar komitent o'z vositachisini ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsa, chek summasi avtomatik ravishda komitent hisobotida aks ettiriladi. Komitent esa vositachi haqini hisoblab chiqaradi va hisobvaraq-faktura shakllantirish hamda hisobdan hisobga o‘tkazish yo‘li bilan to‘laydi.

Ushbu funksiyani onlayn-NKM yoki virtual kassalarda vositachi mustaqil faollashtiradi yoki dasturini yangilash yuzasidan texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM)ga murojaat qilishi mumkin.

Sub-vositachi tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirishi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Buxoroda 224 ming nafardan ortiq jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini muddatidan oldin to‘lagan

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati yaqinlashmoqda.

Shu kungacha, viloyatdagi 539 138 nafar soliq to‘lovchilardan 224 ming nafardan ortiq jismoniy shaxslar 2022-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘liq to‘lab bo‘ldi. Bu viloyat bo‘yicha hisoblangan soliqlarni 41,6 foizi undirildi degani.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatimizdagi 4 ta hudud bu borada yetakchi Xususan, yillik hisoblangan soliqlarining Kogon shahri aholisi 57 foizini, Buxoro shahri aholi 51 foizini, Qorovulbozor tumani aholisi 52 foizini va G‘ijduvon tumani aholisi 51 foizini to‘lab bo‘lishdi.

⚡️Raqamlar bilan aytganda bugungi kunga qadar yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissi bilan yashayotgan fuqarolar tomonidan qariyb 153,7 mlrd. so‘mlik soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.

Afsuski, viloyatimizning boshqa hududlaridagi mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlarini to‘lash majburiyatiga ega soliq to‘lovchilarda ana shunday faollik sezilmayapti.

📌Qayd etish lozimki, viloyatdagi 196 557 nafar jismoniy shaxs joriy yilda hisoblangan soliqlar hisobidan hali biror so‘m ham to‘lov amalga oshirmagan. Vaholanki, joriy yilda hisoblangan soliqlarni 50 foizini 15-aprelgacha to‘lab bo‘lgan bo‘lishi kerak edi. Bunday fuqarolar eng ko‘p Shofirkonda 18127 nafar (18%), Jondorda 19237 nafar (42%), Qorako‘lda 16697 nafarni (43%), Olot tumanida 13282 nafar (40%) va Peshku tumanida 11441 nafarni (38%) tashkil etadi.

Eslatib o‘tish joiz, Soliq kodeksining 423-moddasiga binoan, soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda 15-aprelga va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Unutmang❗️ Siz va biz to‘layotgan soliqlar mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy kommunal xo‘jalik obyektlarini ta’mirlash va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.

B.Qudratov
Buxoro viloyati DSB mas’ul xodimi

Тelegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi
#5_kun_qoldi

Unutmang❗️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini soliq organi yoki bank bo‘limlariga borib, shuningdek
Soliq mobil ilovalar orqali to‘lash mumkin.