Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
35 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#hayʼat

Hayʼat: natija, sarhisob va eʼtirof...

Joriy yilning 4-oktabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida qo‘mitaning navbatdagi Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Zamonaviy aloqa vositalari orqali tizimning barcha xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishida o‘tgan 9 oylik natijalar va 2022-yilni munosib ko‘rsatkichlar bilan yakunlash bo‘yicha oktyabr-dekabr oylarida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 9 oyida budjetga 110 trln so‘m tushumlar jalb etildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 trln so‘mga ko‘p (17%).

Tushumlarning o‘sishida yangi joriy etilgan instrumentlar ning hissasi sezilarli darajada bo‘ldi.

Xususan, QQS to‘lovchilarini soliq xavfiga qarab avtomatik segmentlash va QQS zanjiri uzilishini hisoblash (Tax gap) mexanizmi, hisobiga - 4,1 trln so‘m QQS tushdi va shuningdek, 2 mingga yaqin korxonaning 1,9 trln so‘mlik QQS zanjirida uzilishlar bo‘lganligi sababli byudjetdan asossiz mablag‘larni qaytarib olishining oldi olindi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomiga rioya etilishi bo‘yicha rag‘batlantirish institutining (“Cashback” va “Soliq” mobil ilovasi joriy etilishi aholining faolligini oshirib, yashirin tovar aylanmalarini soyadan chiqarishga sabab bo‘ldi va onlayn-NKM orqali tovar aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 161 foizga o‘sgani qayd etildi (79,7 trln so‘mdan 128,5 trln so‘mga yetdi).

Erishilgan ko‘rsatkichlarni, Xalqaro valyuta jamg‘armasining xalqaro soliq xuquqi bo‘yicha professori Rita de la Feria ham eʼtirof etganligi eslab o‘tildi. Xususan, u QQS zanjiri uzilishining avtomatlashtirilganligi, rivojlangan mamlakatlarning o‘zida ham barmoq bilan sanarli davlatlardagina borligi va umuman sohaning raqamlashtirilishini yuksak baholab o‘tgan edi.

Shuningdek, faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 17 ta DSI rahbar xodimlariga maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish, hayfsan va ogohlantirish kabi intizomiy jazo choralari tayinlandi.

Shu bilan birga, soliq tushumlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan hududiy soliq organlari alohida eʼtirof etildi. III chorakda vazifalarni o‘z vaqtida va vijdonan bajargan hududiy davlat soliq organlari xodimlari munosib rag‘batlantirildi.

Yig‘ilishda IV chorakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi
#10_kun_qoldi

Unutmang❗️15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni
#4_sektor
#Qorovulbozor

📍Qorovulbozor tumani 4-sektor rahbari tomonidan “Cho‘lquvar” MFY da istiqomat qiluvchi, paxta terimida o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan terimchilar uchun dasturxon yozilib, madaniy tadbir tashkillashtirildi.

Ilg‘or terimchilarga sektor rahbarining esdalik sovg‘alari topshirildi.
🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:

🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami
(JShShIR) kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.

⚡️soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?

👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?

👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
#сотрудничество
#цифровизация

В Самарканде продолжается обмен международным опытом коллег из Азербайджана, России, Казахстана, Кыргызстана и Таджикистана.

Специалисты обсуждают тему, актуальную в условиях современной реальности, - цифровую трансформацию налогового и таможенного администрирования.

С докладом выступает Рауль Феликс Хункера-Варела, ведущий специалист по налогам и государственному сектору.

Присоединиться можно по ссылке👉 https://youtu.be/eu9_2maumz0

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi
#9_kun_qoldi

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni.

Hurmatli fuqarolar soliqlarni o'z vaqtida to'lashni unutmang❗️
#4_sektor

Aholi muammolarini o‘rganish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida viloyat 4-sektor ishchi guruhlari tomonidan hududlarida sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

📌 Kuni-kecha Kogon shahar “Xo‘jabargi” mahalla fuqarolari yig‘inida hamda G‘ijduvon tumani “Sarvari” mahalla fuqarolari yig‘inida fuqarolar bilan ochiq muloqaotlar o‘tkazildi.

4-sektor hududida bu kabi sayyor qabullar belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

Тelegram | Facebook