Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor
#G‘ijduvon_tumani

📍4-sektor hududidagi «Sharq» mahalla fuqarolar yig‘inining “Sharq” ko‘chasida 500,0 metr uzunlikdagi ichki yo‘llar shag‘allashtirildi.

📌 Shuningdek, sektor hududidagi “Kalon” va “Zarangari” MFY larida ham obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#4_sektor
#Kogon_tumani

📍 Kogon tumanining 4-sektor rahbari "O‘ba-cho‘li" mahalla fuqarolar yig‘inidagi qariyalar uchun viloyatimizdagi muqaddas qadajolariga sayohat uyushtirdi.

Otaxonu-onaxonlar shu kuni muqaddas zaminimizda qo‘nim topgan yetti buyuk avliyo – pirlar qabrini ziyorat qildilar.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq,

🔹01.11.2022 yildan
nazorat qiluvchi organlar tomonidan:
▫️tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi;
▫️tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida maʼlumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

🔹Nazorat qiluvchi organlar:
▪️“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi;
▪️tadbirkorlik subyektining ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazishga va tadbirkorlik subyekti tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas;
▪️tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlarini Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan reja-grafiklar asosida tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda seminarlar, ommaviy muhokamalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, “ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, tarqatma material va qo‘llanmalar bilan taʼminlash, tavsiya va xabarlar yuborish shakllarida amalga oshiradi;

🔹Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv o‘tkazish uchun o‘z hududiga qo‘ymaslikka haqli, agar:
🔸tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
🔸tekshiruv belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilmagan yoki u xabardor etilmagan bo‘lsa;
🔸tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud bo‘lmasa;
🔸nazorat qiluvchi organlar Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortsa.

🔹01.01.2023 yildan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

📃Shuningdek, mazkur qaror bilan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#4_sektor
#Buxoro_tumani

4-sektor rahbari aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni zudlik bilan hal etish maqsadida “Sahovat” mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurib fuqarlar bilan muloqot qildi.

Uchrashuvlar jarayonida bir nafar fuqaroga "Yoshlar daftari" jamgármasi mablag‘lari hisobidan eshitish moslamasi olib berildi hamda 1 nafar fuqaroga uy-joyini ta’mirlash uchun uzoq muddatli Ipoteka krediti rasmiylashtirishga ko‘maklashildi.

Shuningdek, sektor rahbari tuman hokimi bilan birgalikda paxta yig‘im-terimida ishtirok etayotgan ilg‘or terimchilarni ham rag‘batlantirdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#4_sektor
#Kogon_tumani

"Besh tashabbus" doirasida 4-sektor hududidagi 23 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan tashkil topgan jamolar o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini hamda stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi.
G‘olib chiqgan jamoaga diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro TV “Diyor yangiliklari” dasturida:

📍Qorovulbozor tumani dalalarida ayni paytda baravj bo‘lib yetilgan paxta xomashyosini terib olish ishlariga start berildi.

Xususan 4-sektor hududidagi “ARK EKO TEKSTIL” klasteriga qarashli paxta dalalarida ilg‘or terimchilar ko‘magida terim ishlariga uyushqoqlik bilan kirishilgan.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook