Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.9K photos
1.67K videos
45 files
5.01K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

Sayyor qabulda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar daromad manbaiga ega bo‘ldilar

Aholi muammolarini o‘rganish, ularning murojaatlariga yechim topish maqsadida viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugungi sayyor qabul Kogon tumani 4-sektor hududiga qarashli “Hukumatobod” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda viloyat DSB boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov, tuman xalq qabulxonasi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va sektor ishchi guruhidagi tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar ichki yo‘llarni ta’mirlash, kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish, ish bilan ta’minlash, daromad manbaiga ega bo‘lish maqsadida tikuv mashinalari va turli xil asbob-uskunalar olishlariga amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qildilar.

Aholi tomonidan yo‘llangan aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Manzura Axmedovaga shirinliklar pishirish uchun mo‘ljallangan uskuna, Sharifa Saidova va Roziya To‘xtayevalarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Bundan tashqari, ehtiyojmand 2 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Joylarda o‘tkazilib kelinayotgan bu kabi sayyor qabullarda ko‘pchilik aholining muammolari joyida hal bo‘layotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Buxoroda talabalarga jismoniy shaxslar tomonidan uy-joylarni ijaraga berish bo‘yicha E-ijara axborot tizimi orqali joriy yil boshidan 1 250 ta shartnoma ro‘yxatga olingan.

🔑Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🟢Talabalarga uy-joylarni ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi
QOROVULBOZORLIK PAXTAKORLAR 14 MING 522 TONNALIK XIRMON YARATISHIGA BEL BOG’LASHGAN

✳️Joriy yilda Qorovulbozor tumani dehqonlari 5 ming 618 gektar paxta maydonida dexqonchilik qilishib, 14 ming 522 tonnalik xirmon yaratishiga bel bog‘lashgan.
Shu kunlarda tumanning barcha sektorlari singari 4-sektor hududidagi paxta dalalarida ham paxtani nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish ishlari boshlab yuborilgan. Fermerlarga bu ishlarni sifatli va tezkorlik bilan bajarishda ko‘ngillilardan tarkib topgan terimchilar otryadlari yaqindan yordam berishmoqda.
⚡️Asosiysi, terimchilar uchun issiq ovqatdan tortib yotoq joylarigacha barcha qulayliklar yaratib berilgan. Bu esa o‘z navbatida hosilni tez va sifatli terib olishga xizmat qilmoqda.
#4_sektor
#Olot_tumani

📌Olot tumanidagi 4-sektorga qarashli “Xalifa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o'tuvchi yo'lda asfalt qoplamasi yotqizildi.
#4_sektor
#Kogon_tumani

📌Kogon tumani "Sarayon" mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilmoqda.
✳️Kuni-kecha viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov va 4-sektor rahbari A.Latipov bilan birgalikda ushbu loyihaning bajarilishi ishlari bilan tanishib, mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.
E’tiborlisi, yangi loyiha asosida bunyod etilayotgan xizmat ko‘rsatish majuasi ishga tushgach, bu yerda ko‘plab ishsiz yurgan yoshlar o‘z ish o‘rinlariga egabo‘ladilar.
#4_sektor
#Buxoro_tumani

📌 Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Buxoro tumani 4-sektor raxbari S.Axmedov bilan birgalikda sektor hududida istiqomat qiluvchi aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish va ularga tezkorlik bilan joyida yechim topish, odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida mahallalarda aholi bilan uchrashdilar.

Uchrashuvlar doirasida “Soxibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi murojaatiga ko‘ra ularni ancha paytdan beri qiynab kelayotgan yo‘l muammosiga e’tibor qaratilib, hududdagi ichki yo‘llar ta’mirlanib, shag‘allashtirildi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bo‘sh turgan obyektlar bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqariladi

🖊O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
👉09.09.2022-yildagi PF-218-son farmoni

Hujjatga muvofiq:

🔹foydalanilmayotgan obyektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan taʼsirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;

🔹soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan bir oy muddatda 2022-yil 1-iyuldan mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrda taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida undirilgan soliq summalarini kelgusi to‘lovlar hisobiga belgilangan tartibda tegishli obyekt mulkdorlariga qaytariladi.

Eslatma❗️

👉Joriy yil 1-iyuldan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilindi.

👉Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Prezidentimiz taʼkidlaganidek oshirilgan stavkalar bo‘yicha hisoblangan soliq qarzlaridan butunlay voz kechiladi.
————————————
#новое_в_законодательстве

У налогоплательщиков будет списана задолженность по налогам на имущество и землю за пустующие объекты

Президент Узбекистана подписал Указ «О списании налоговой задолженности, возникшей в результате применения действенного налогового механизма».
👉
№УП-218 от 09.09.2022 г.

В соответствии с документом установлено, что:

🔹списывается имеющаяся налоговая задолженность по налогу на имущество и земельному налогу, возникшим в результате действенного налогового механизма, примененного по повышенным ставкам в отношении собственников неиспользуемых объектов;

🔹прекращаются судебные и исполнительские дела, связанные с взысканием налоговой задолженности.

Государственному налоговому комитету и Министерству финансов поручено в месячный срок обеспечить возврат в установленном порядке собственникам соответствующего объекта налоговых сумм, взысканных в результате применения действенного налогового механизма в период с 1 июля 2022 года до вступления в силу настоящего Указа, в счет предстоящих платежей.

Напоминаем
❗️

👉С 1 июля 2022 года отменен порядок применения повышенных ставок налога на имущество и земельного налога.

👉Списание налоговой задолженности инициировано Президентом Узбекистана в ходе открытого диалога с предпринимателями.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram