Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.9K photos
1.67K videos
45 files
5.01K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

Sayyor qabulda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar daromad manbaiga ega bo‘ldilar

Aholi muammolarini o‘rganish, ularning murojaatlariga yechim topish maqsadida viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Bugungi sayyor qabul Kogon tumani 4-sektor hududiga qarashli “Hukumatobod” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib o‘tdi.

Qabulda viloyat DSB boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov, tuman xalq qabulxonasi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va sektor ishchi guruhidagi tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar ichki yo‘llarni ta’mirlash, kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish, ish bilan ta’minlash, daromad manbaiga ega bo‘lish maqsadida tikuv mashinalari va turli xil asbob-uskunalar olishlariga amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qildilar.

Aholi tomonidan yo‘llangan aksariyat murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Manzura Axmedovaga shirinliklar pishirish uchun mo‘ljallangan uskuna, Sharifa Saidova va Roziya To‘xtayevalarga zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

Bundan tashqari, ehtiyojmand 2 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Joylarda o‘tkazilib kelinayotgan bu kabi sayyor qabullarda ko‘pchilik aholining muammolari joyida hal bo‘layotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
Buxoroda talabalarga jismoniy shaxslar tomonidan uy-joylarni ijaraga berish bo‘yicha E-ijara axborot tizimi orqali joriy yil boshidan 1 250 ta shartnoma ro‘yxatga olingan.

🔑Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

🟢Talabalarga uy-joylarni ijaraga berishdan olingan daromadlar soliqqa tortilmaydi
QOROVULBOZORLIK PAXTAKORLAR 14 MING 522 TONNALIK XIRMON YARATISHIGA BEL BOG’LASHGAN

✳️Joriy yilda Qorovulbozor tumani dehqonlari 5 ming 618 gektar paxta maydonida dexqonchilik qilishib, 14 ming 522 tonnalik xirmon yaratishiga bel bog‘lashgan.
Shu kunlarda tumanning barcha sektorlari singari 4-sektor hududidagi paxta dalalarida ham paxtani nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish ishlari boshlab yuborilgan. Fermerlarga bu ishlarni sifatli va tezkorlik bilan bajarishda ko‘ngillilardan tarkib topgan terimchilar otryadlari yaqindan yordam berishmoqda.
⚡️Asosiysi, terimchilar uchun issiq ovqatdan tortib yotoq joylarigacha barcha qulayliklar yaratib berilgan. Bu esa o‘z navbatida hosilni tez va sifatli terib olishga xizmat qilmoqda.
#4_sektor
#Olot_tumani

📌Olot tumanidagi 4-sektorga qarashli “Xalifa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o'tuvchi yo'lda asfalt qoplamasi yotqizildi.
#4_sektor
#Kogon_tumani

📌Kogon tumani "Sarayon" mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilmoqda.
✳️Kuni-kecha viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov va 4-sektor rahbari A.Latipov bilan birgalikda ushbu loyihaning bajarilishi ishlari bilan tanishib, mas’ullarga kerakli topshiriqlarni berdi.
E’tiborlisi, yangi loyiha asosida bunyod etilayotgan xizmat ko‘rsatish majuasi ishga tushgach, bu yerda ko‘plab ishsiz yurgan yoshlar o‘z ish o‘rinlariga egabo‘ladilar.
#4_sektor
#Buxoro_tumani

📌 Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov Buxoro tumani 4-sektor raxbari S.Axmedov bilan birgalikda sektor hududida istiqomat qiluvchi aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘rganish va ularga tezkorlik bilan joyida yechim topish, odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida mahallalarda aholi bilan uchrashdilar.

Uchrashuvlar doirasida “Soxibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi murojaatiga ko‘ra ularni ancha paytdan beri qiynab kelayotgan yo‘l muammosiga e’tibor qaratilib, hududdagi ichki yo‘llar ta’mirlanib, shag‘allashtirildi.