Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.5K photos
1.59K videos
37 files
4.72K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#onlayn_NKM
#MXIK

2022-yil yanvar-iyul oylarida onlayn-NKT orqali eng ko‘p realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar

🗓2022-yil yanvar-iyul oylarida *onlayn-NKTlar orqali 90,7 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar realizatsiya qilingan (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ko‘p📈).
Shundan
:
🔹Onlayn-NKT orqali taqdim etilgan cheklar – 390,7 mln dona;
🔹Cheklarda aks etgan MXIK – 187,7 ming xil;
🔹MXIK to‘g‘ri aks ettirilgan realizatsiya summasi – 86,2 trln so‘m.

📈2022-yil iyul oyida shu yilning yanvar oyiga nisbatan onlayn-NKT orqali amalga oshirilgan realizatsiya summasi 146,6 % ga oshgan.
▪️ yanvar oyida - 10,5 trln so‘m
▪️iyul oyida 15,4 trln so‘m

Realizatsiyaning qilingan mahsulot (xizmat)larning:
▫️33,8 foizi oziq-ovqat;
▫️48,5 foizi nooziq-ovqat;
▫️12,8 foizi ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

MXIK xato ko‘rsatilganligi sababli realizatsiya qilingan mahsulotlarning 4,9 foizida mahsulot yoki xizmat turi aniqlanmadi.

👆2022-yil yanvar-iyul oylarida realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar TOP-5 ligi bilan Infografikalarda tanishing❗️
🔵oziq-ovqat mahsulotlari
🟢nooziq-ovqat mahsulotlari
🟣ko‘rsatilgan xizmatlar

*onlayn-NKT – onlayn nazorat kassa texnikasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_imtiyoz

Mahallalarda tashkil etiladigan mikromarkazlar uchun yer va mol-mulk solig‘i stavkasi 50% miqdorda qo‘llaniladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muvofiq, mahallalarda tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega
🔸sanoat;
🔸hunarmandchilik;
🔸kasanachilik;
🔸chorvachilik
mikromarkazlari foydalanishga topshirilgan kundan 3 yil muddatga mikromarkazlar obyektlari va ular joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkasi 50% miqdorida qo‘llaniladi.
👉PQ–331-son, 25.07.2022 y.

📌Ushbu imtiyozlar davlat soliq xizmati organlarining E-imtiyozaxborot tizimiga quyidagi ID-raqamlari bilan kiritilgan.
🔹mol-mulk solig‘i – ID-04042
🔹yer solig‘i – ID-104043

👉yer solig‘i hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma
👉mol-mulk solig‘i maʼlumotnoma shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_imtiyoz

Для микроцентров, созданных в махаллях, применяется ставка налога на имущество и земельного налога в размере 50%

Согласно Постановлению Президента, налоговая ставка налога на имущество и земельного налога, взимаемых с юридических лиц по созданным объектам микроцентров
🔸промышленности,
🔸ремесленничества,
🔸надомничества,
🔸животноводства
в махаллях и с земельных участков, на которых они расположены, со дня ввода в эксплуатацию микроцентров сроком на 3 года применяется в размере 50%.
👉№ ПП-331 от 25.07.2022 г.

📌В информационной системе органов государственной налоговой службы E-imtiyozданным льготам присвоены следующие ID-коды:
🔹по налогу на имущество – ID-04042;
🔹по земельному налогу – ID-104043
.

👉Инструкция по заполнению отчетности по земельному налогу
👉Инструкция по заполнению формы справки по налогу на имущество

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ijtimoiy_soliq

Kamaytirilgan ijtimoiy soliq stavkasini qo‘llash natijasida xizmat ko‘rsatish sohasida 7 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi

🗓01.04.2022-yildan 01.01.2025-yilgacha:
🔸chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔸mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔸avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔸transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish;
🔸kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash;
🔸agro va veterinariya;
🔸ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi
tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 % etib belgilangan.

Mazkur stavka ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan olingan daromad joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 %ini tashkil etsa, qo‘llaniladi.
👉Soliq kodeksi 483-modda

Joriy yilning aprel-iyun oylarida pasaytiruvchi stavka qo‘llanilishi natijasida 15,4 mingta tashkilot ixtiyorida qariyb 70,1 mlrd so‘m mablag‘ saqlanib qolingan hamda 7,3 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratilgan.

Shundan sohalar kesimi bo‘yicha eng ko‘p 4 754 ta ish o‘rni chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Keyingi o‘rinlarda avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashishda 1 271 ta hamda mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari sohasida 752 ta aholi bandligi ortgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Davlat xizmatini rivojlantirishning yangi bosqichi

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun davlat organlari xodimlari tomonidan eng uzoq kutilgan hujjat bo‘lsa kerak.

U davlat xizmatchilarining huquqlarini belgilaydigan, meritokratiya tamoyili asosida martaba darajalari o‘sishining kafolatini taʼminlaydigan hamda davlat xizmatchisining jamiyatdagi mavqeyini oshirishga qaratilgan davlat xizmati institutining huquqiy asosini yaratadi.

Qabul qilingan Qonun
ilg‘or jahon tajribasini o‘zida mujassam etgan holda, davlat boshqaruvi sohasida milliy tajribaga asoslangan keng ko‘lamli mutaxassislarning og‘ir va mashaqqatli mehnati samarasidir.

Aminmanki, qabul qilingan hujjatda belgilangan davlat xizmatchilari apparatini samarali boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish barcha sohalardagi islohotlarning sifatli amalga oshirishda davlat organlari xodimlarining hissasini sezilarli darajada oshiradi.

Uzoq yillar davomida davlat xizmatini rivojlantirish vektorini belgilab beruvchi ushbu asosiy hujjatni tayyorlash jarayonida ishtirok etgan barcha mutaxassislarga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman.

Barcha davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolarini “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilingani bilan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
__________________

Новый этап в развитии государственной службы

Подписанный Президентом Закон «О государственной гражданской службе» является наверное самым долгожданным документом всех сотрудников государственных органов.

Он закладывает правовую основу института государственной службы, определяет права госслужащих, предоставляет гарантии карьерного роста, основанного на принципах меритократии, и направлен на повышение статуса государственного служащего в обществе.

Принятый Закон является результатом упорной и кропотливой работы широкого круга специалистов, вобравший в себя лучшие мировые практики и основанный на национальном опыте госуправления.

Уверен, что внедрение современных методов эффективного управления аппаратом госслужащих, заложенных в принятом документе, обеспечит значительное повышение вклада сотрудников госорганов в качественную реализацию осуществляемых реформ во всех сферах.

Хочу поблагодарить всех специалистов, принимавших участие в процессе подготовки данного основополагающего документа, заложившего вектор развития госслужбы на долгие годы вперед.

Поздравляю всех государственных служащих и членов их семей с принятием Закона «О государственной гражданской службе».

Шерзод Кудбиев,
Председатель Государственного налогового комитета

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 8-avgust kuni «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi. Ushbu Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

📍 Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda agentlik xodimlari mazkur Qonun mazmun-mohiyatini boshqarma xodimlariga tushuntirib berdilar.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
#tabrik

Hamkasbimiz farzandi chempion!

Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi 19 ochko jamg‘arib oltin medal sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston
terma jamoasi ushbu olimpiadada mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Ushbu g‘alabani mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida olib borilayotgan yoshlar siyosati, ularni qo‘llab-quvvatashga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasi o‘laroq ifodalash mumkin.

Olimpiada qahramonlari orasida Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarovning o‘g‘li xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham terma jamoamiz sharafini munosib himoya qildi.

Nodirbek ushbu olimpiada bahslarida raqiblariga qarshi 11 o‘yinda dona surib 5 g‘alaba va 6 durangga erishdi. Mag‘lubiyat - 0!

Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini mardonavor himoya qilgan Nodirbek Yoqubboyevni tarbiyalab voyaga yetkazgan Hazorasp tumani DSI xodimi Murodbek Iskandarov va uning oila a’zolariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ushbu tarixiy g‘alaba bilan butun O‘zbekiston ahlini shaxsan o‘z nomimdan va davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etaman!

Sherzod Kudbiyev, Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter