Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4-sektor
#Kogon tumani

📌Kogon tumanidagi "O’ba-cho‘li" mahalla fuqarolar yig‘inida 4-sektor rahbari, MFY raisi, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi hamkorligida hududda ishsizlikni oldini olish shuningdek aholiga daromad manbaini yaratib berish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ayni paytda ushbu hamkorlik natijasida mazkur mahalla hududida maishiy xizmat ko‘rsatish konteynerlari o‘rnatilmoqda.
✳️E’tiborlisi, bu bilan ayollar va yoshlarga mahallaning o‘zida daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun sharoitlar yaratiladi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#4-sektor

#Vobkent tumani

Bugungi kunda viloyatimizning 4-sektor hududidagi barcha mahallalarda kamida 2 tadan inkubatorlar o‘rnatilgan xonadonlar bor.
✳️Ushbu inkubatorlar asosan ishsiz va kam daromadli oilalarga subsidiya va imtiyozli kreditlar asosida berilgan edi.
❗️Ta’kidlash lozim, ushbu arzon va ixcham qurilmalar parrandachilikka qiziqqan aholi qatlamining tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, oilalarga baraka olib kirmoqda.
📌Vobkent tumanida 4-sektor ishchi guruhi tomonidan biriktirilgan mutaxassis bu borada aholiga yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda. Kecha ushbu mutaxassis hududdagi “Latifsobungar” MFYdagi 5 ta oilaga o‘rnatib berilgan jo‘ja chiqarishga mo‘ljallangan inkubator moslamalarini ishlatish, moslamalarga tuxumlar qo‘yish kabi jarayonlarni ko‘zdan kechirib, uy egalariga kerakli maslahatlarini berdi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bugungi qahramoni jondorlik Mehriniso Jumayeva.

📌 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan Mehriniso Jumayeva kelin bo‘lib tushgan xonadonida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda parandachilikni yo‘lga qo‘yib, daromad topmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bu galgi qahramoni vobkentlik Jamshid Boymurodov.

“Yoshlar daftari”
ga kiritilgan Jamshid Boymurodov sartaroshlik hunarini egallagan. Shuning ortidan daromad topmoqda. Kelajakdagi orzulari hunarni puxta egallab, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalamoqchi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 25-iyul

iyul oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 25 июля 2022 года крайний срок

за июль:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 5 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Встреча

Из встречи руководства ГНК с предпринимателями и бизнесменами:
будут приняты перерасчеты без применения повышенных ставок за прошедший период

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#imtiyoz

Individual soliq imtiyozlari teng raqobatga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi

Keyingi yillarda individual xususiyatga ega bo‘lgan soliq imtiyozlarini cheklashga qaratilgan bir qator normalar belgilandi.

Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
👉Soliq kodeksi, 75-modda

Maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasida xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishga cheklov choralarini belgilash va amaldagi korxonalarni qayta tashkil etish, shuningdek, sog‘lom raqobat muhitining rivojlanishini cheklayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv huquqlar, individual imtiyozlar hamda preferensiyalar berish amaliyotidan voz kechish ko‘rsatilgan.
👉PF-5185 8.09.2017-yil

Biroq, bugungi kunda ham ayrim individual hususiyatga ega bo‘lgan soliq imtiyozlari amalda qolmoqda. Bu esa raqobat muhitini yanada yaxshilash hamda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga salbiy taʼsir qilmoqda.

Xususan, 2021-yilda individual hususiyatga ega bo‘lgan 15 ta hujjat bo‘yicha jami 316,2 mlrd so‘mlik, 2022-yilning dastlabki 6 oyi davomida esa 10 ta hujjat bo‘yicha jami 144,8 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi qo‘llanilgan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni doimiy tahlil qilib borish ustida izchil ishlar olib borilmoqda.

Har bir soliq imtiyozi hisobini yuritish va muddatlarini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi E-imtiyoz AAT ishga tushirilgan. Korxona (STIR)ga, QQS bo‘yicha EHFda hamda onlayn-NKM cheklarini shakllantirishda aks etuvchi MXIKlar (50 mingdan ziyod) orqali avtomatik ravishda foydalanilgan imtiyozlar tahlil qilinadi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, yuridik shaxslar tomonidan:
🔸2021-yilda 43,4 trln so‘mdan;
🔸2022-yil I yarim yilligida 24,6 trln so‘mdan ziyod soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov tadbirkorlar muammolarini o‘rganishda davom etadi

Joriy yilning 26-iyul (seshanba) kuni soat 10:00da viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro tumanida hamda soat 16:00dan boshlab Shofirkon tumanidagi turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor tadbirkorlar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazadi.

🔰Manzil: Buxoro tuman madaniyat uyi hamda Shofirkon tuman hokimligi binosi.

☎️Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun (65) 54-25-846 (Buxoro tuman), (91) 403-15-17, (93) 479-25-40 (Shofirkon tuman) raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

❗️Izoh: Avvalo, tadbirkorlik subyektlari vakillari va tashabbuskor fuqarolarga tumandagi sektor rahbarlariga uchrashib, o‘z bizneslarini rivojlantirish borasidagi muammolari bilan murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

Viloyat yoki respublika darajasidagi masalalar esa bevosita viloyat hokimi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bugungi qahramoni qorako‘llik Nilufar Radjabova.

Nilufar Radjabova xonadonida parrandachilikni yo‘lga qo‘ygan. Bu ishga unga farzandlari ko‘makchi bo‘lmoqda. Shuning ortidan daromadi va oilasi farovonligi oshib bormoqda.

Qolganini lavhani e’tibor bilan ko‘rganingizdan so‘ng o‘zingiz tushunib olasiz.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

To‘langan keshbeklar 248 milliard soʻmdan oshdi

Iyun oyi
uchun 637 115 nafar isteʼmolchiga 61,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-may oylari uchun yana 732,2 mln so'm keshbek tasdiqlandi.

💰Yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga 248,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.
____________
#кешбэк

Выплаченные суммы кешбэка превысили 248 миллиардов сумов

За июнь месяц 637 115 потребителям выплачено 61,9 млрд сумов.

Также после устранения недостатков в налоговой отчетности и уменьшения налоговой задолженности за январь-май – выплачено ещё 732,2 млн сумов кешбэка.

💰Итого с начала года общая сумма кешбэка, выплаченного 885 829 потребителям, достигла 248,6 млрд сумов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bugungi qahramoni qorako‘llik Umid Hamidov.

“Yoshlar daftari”
ga kiritilgan Umid Hamidovga 4-sektor ko‘magi bilan motokultivator olib berilgan. Qahramonimizning ta’kidlashicha, u buning ortidan mavsumga qarab 10 milliongacha daromad topmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|