Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.16K subscribers
8.48K photos
1.83K videos
50 files
5.51K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoroda 4-sektor hududida yana bir maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirish arafasida

Qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilishi arafasida turgan ushbu 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi bolajonlarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan.

📌Bu yerda keng, shinam yotoqxona, oshxona, mashg‘ulotlar xonalari, bolalarbop mebel jihozlari, rang-barang o‘yinchoq va ko‘rgazmali qurollar bolajonlar ixtiyorida. Hovlida bolajonlar uchun yozgi o‘yin maydoni ham bor.

Bugungi kunda hududda 18 ta davlat, 6 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi, 21 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelyapti.

E’tiborlisi, maktabgacha ta’limga e’tibor davlatimizning bosh yuksak darajasiga ko‘tarilgani natijasida Kogon shahrida maktabgacha ta’lim yoshdagi 3990 nafar bolalarning 3710 nafari (93%) qamrab olinishiga erishildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor
#Kogon_tumani

📚Shu kunlarda Kogon tumani 4-sektor ishchi guruhi bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish hamda ularning yozgi ta’tillarini mazmunli tashkil etish maqsadida mahallalarda kitobxonlik kechalari va kitob yarmarkalarini tashkillashtirmoqdalar.

📌Kecha sektor ishchi guruhi tuman hududidagi "O‘zbekiston" mahalla fuqarolar yig‘inida ham kitobsevar yoshlar uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil qildilar.

🔗Yarmakda o‘g‘il-qizlarning ota-onalari 200 dan ortiq bolalar adabiyotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotib oldilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor
#Obod_manzillar

📍Buxoro shahar 4-sektor ishchi guruhi “A.Donish” MFY hududida joylashgan umumiy oilaviy yotoqxonada yashovchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu binoni ta’mirlash hamda uning atorofini obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordi.

📍Kogon tumani 4-sektor ishchi guruhi sektor hududidagi "O‘ba-cho‘li" mahalla fuqarolar yig‘ini "Yobi" qishlog‘i aholisining yo‘l bilan bog‘liq muammosini bartaraf etish maqsadida ichki yo‘llarni shag‘allashtirishni davom ettirmoqda.

📍Kogon shahar 4-sektor ishchi guruhi "Yo‘l xaritasi"ga asosan aholining yo‘l, elektr energiya, gaz, suv va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarini bosqich-bosqich hal etib beryapti.

📌Kecha “Zirabod” MFY hududidagi “Kamolot” ko‘chasidagi elektr sim yog‘ochlari yangisiga almashtirildi hamda “Xo‘jabargi” MFY hududidagi “Xo‘jabargi” ko‘chasidagi yo‘llar asfaltlashtirildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_brifing

📹 AOKAda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

Unda foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk obyektlariga taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash bekor qilingani, QQS maʼmuriyatchiligi soddalashtirilishi va soliq qonunchiligidagi boshqa yangiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
4-sektor rahbari va Prezidentning Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri bitiruvchilar bilan uchrashdi

Bugun Buxoro shahar 4-sektor rahbari va Prezidentning Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Azamat Bekmurodov hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

📌60 ga yaqin bitiruvchilar ishtirok etgan uchrashuvda yoshlarning keyingi rejalari haqida so`z bordi.

✳️Xususan, oliy ta’limga o‘qishga kirish, bugungi kunda mehnat bozorida talab katta bo‘lgan ish o‘rinlari hamda kasbga o‘qitish orqali bitiruvchilarning bandligini ta’minlash haqida gaplashildi.

Uchrashuvda rahbarlar o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berib, yoshlarga o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqib zaruriy tavsiyalarini berdilar.

📌Sektor ishchi guruhining bildirishicha, uchrashuvda ishtirok etgan maktab bitiruvchilarining deyarli barchasi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.