Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Uchrashuv
#4_sektor

⚡️Qorovulbozor tumanida viloyat 4-sektor rahbari Maqsud Mamatxanov tuman hokimi Akmal Ostonovlar bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, mahallardagi hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, hududdagi tashkilot rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

📌 Muloqotda har bir mahalla bo‘yicha alohida to‘xtalinib, mahalla hududidagi muammolar birma bir muhokama qilindi. Mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

⚡️Uchrashuvda sektor rahbari hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga ularning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyorligini aytib o‘tdi.
#4_sektor
#Buxoro_tumani

Tashabbusli byudjet jarayonlarida Buxoro tumanidagi 4-sektor hududiga kiruvchi “Sohibkor” mahallasi Olmazor ko’chasi fuqarolari faol ishtirok etib, qishloqning ichki yo‘lini asfaltlashtirish uchun tumanda eng ko‘p ovoz to‘plashgan edi.

✳️ Kuni-kecha belgilangan tartibda ajratilgan mablag‘ hisobiga mazkur mahalla hududidagi ichki yo‘lning 1 kilometr 200 metr qismida asfalt qoplamasi yotqizilish ishlari boshlab yuborildi.

⚡️Quvonarlisi, endi ushbu manzilning yo‘llari ham bugungi kun talablariga mos tarzda ravon bo‘ladi va xalqimizga uzoq yillar xizmat qiladi.
#fakt

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin👉 ro‘yxat

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.
#4_sektor
#Vobkent_tumani

Vobkent tumani 4-sektor rahbari O.Muqimov ishchi guruhi bilan birgalikda “Shakarkent” va “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yig‘ida xonadonma-xonadon yurib aholi muammolarini o‘rgandi.

⚡️Aholi bilan uchrashuvlarda ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratish va boshqa ko‘plab ijtimoiy masalalarning hal etilishi belgilab olindi.

📌Sektor rahbari shu kuni “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

✳️Ta’kidlanishicha, bu yerda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhi tashkil qilinib, xonadonlarning ichki va tashqi fasadlari yaxshilanadi.