Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 QOROVULBOZORDA 🏓 STOL TENNISI BO‘YICHA 4-SEKTOR RAHBARI KUBOGI MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_Vobkent

Vobkentda 4-sektorning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun Vobkent tumani 4-sektor hududiga qarashli “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolari yig‘inida viloyat 4-sektor ishchi guruhining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni sayyor qabulda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafar fuqarolarga 500 ta parranda tuxumlarini qabul qilish sig‘imga ega zamonaviy inkubatorlar topshirildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor #stol_tennis

KOGON SHAHRIDA STOL TENNISI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

🏓 Joylarda viloyat 4-sektor tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlar, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 tashabbus doirasida sportning stol tennis turi bo‘yicha sektor kubogi o‘tkazilmoqda.

📌 Kuni-kecha Kogon shahar 4-sektor tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamda Sportni rivojlantirish bo‘limi bilan birgalikda 4-sektor rahbari kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Musobaqa qiziqarli jarayonlarga boy bo‘ldi. Bellashuvlarda 🥇1-o‘rinni Gulzoda Yelamonova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 🥈2-o‘rin Sharifa Tayirovaga nasib etdi. 🥉 3-o‘rinni esa Akramjon Ibodov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar 4-sektor hamda Sportni rivojlantirish shahar bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_Qorovulbozor

4-sektor rahbari Qorovulbozorda paxta rivojini ko‘zdan kechirdi

📌 Ayni paytda Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanida yetishtirilayotgan paxta hosili parvarishi, fermer xo‘jaliklarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida hududdagi paxta dalalarida bo‘lib, mavjud ahvolni o‘rganmoqda.

📍 Xususan, tumanning olis xududida joylashgan “Bo‘zachi” MFYdagi “Shukrona imkoniyati”, “Zamir Amon”, “Dilorom Dilbar” fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi, ayniqsa, sug‘orish hamda begona o‘tlardan tozalash jarayonlarini ko‘zdan kechirib, tuman 4-sektor rahbari hamda fermerlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni berdi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#aksiz_soligi

2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari:

- O'rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:
🔸neft mahsulotlari
(yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan);
🔸ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.

- Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:
▫️filtrli;
▫️filtrsiz sigaretalar;
▫️papiroslar;
▫️sigarillalar (sigaritlar);
▫️bidi;
▫️kretek
.

👉O‘RQ-741 29.12.2021-y.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#акцизный_налог

С 1 июня 2022 года ставки акцизного налога:

- индексируются в среднем на 10%:
🔸на нефтепродукты, включая реализуемые конечному потребителю;
🔸на производимые алкогольные напитки.

- устанавливаются в размере 203 500 сумов за 1000 штук + 10% на следующие производимые виды табачной продукции:
▫️сигареты с фильтром,
▫️без фильтра,
▫️папиросы,
▫️сигариллы (сигариты),
▫️биди,
▫️кретеки
.

👉№ЗРУ-741 от 29.12.2021 г.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoroda sudyalar va davlat soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi


📍 Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Davlat soliq qo‘mitasi hamkorligida soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida vujudga kelgan nizolarni sudgacha hal etish mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda davlat soliq xizmati organlari mas’ullari yig‘ilganlarga soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi, kameral nazorati oldi soliq tekshiruvi tushunchasi, Soliq kodeksining 14-, 15- va 266-moddalarini amaliyotda qo‘llash, soliq tekshiruvlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda soliq organlari va soliq to‘lovchilar o‘rtasida vujudga kelgan nizolarni sudgacha hal etish tartibi haqida ma’lumot berdilar.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|