Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor_tibbiy_korik

Qorovulbozor tumani 4-sektor hududida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda fuqarolar uchun malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkillashtirilmoqda.

📍 Kuni-kecha Qorovulbozor tumani “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolari yig‘inida ana shunday tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tuman 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”, “Ayollar” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar uchun mahalla fuqarolari yig‘inining o‘zida tashkil etildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, yo‘lga qo‘yilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 150-satr 5-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 130-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 2 941 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 472,8 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 QOROVULBOZORDA 🏓 STOL TENNISI BO‘YICHA 4-SEKTOR RAHBARI KUBOGI MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_Vobkent

Vobkentda 4-sektorning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun Vobkent tumani 4-sektor hududiga qarashli “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolari yig‘inida viloyat 4-sektor ishchi guruhining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni sayyor qabulda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafar fuqarolarga 500 ta parranda tuxumlarini qabul qilish sig‘imga ega zamonaviy inkubatorlar topshirildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor #stol_tennis

KOGON SHAHRIDA STOL TENNISI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

🏓 Joylarda viloyat 4-sektor tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlar, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 tashabbus doirasida sportning stol tennis turi bo‘yicha sektor kubogi o‘tkazilmoqda.

📌 Kuni-kecha Kogon shahar 4-sektor tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamda Sportni rivojlantirish bo‘limi bilan birgalikda 4-sektor rahbari kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Musobaqa qiziqarli jarayonlarga boy bo‘ldi. Bellashuvlarda 🥇1-o‘rinni Gulzoda Yelamonova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 🥈2-o‘rin Sharifa Tayirovaga nasib etdi. 🥉 3-o‘rinni esa Akramjon Ibodov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar 4-sektor hamda Sportni rivojlantirish shahar bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_Qorovulbozor

4-sektor rahbari Qorovulbozorda paxta rivojini ko‘zdan kechirdi

📌 Ayni paytda Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanida yetishtirilayotgan paxta hosili parvarishi, fermer xo‘jaliklarida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida hududdagi paxta dalalarida bo‘lib, mavjud ahvolni o‘rganmoqda.

📍 Xususan, tumanning olis xududida joylashgan “Bo‘zachi” MFYdagi “Shukrona imkoniyati”, “Zamir Amon”, “Dilorom Dilbar” fermer xo‘jaliklari paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi, ayniqsa, sug‘orish hamda begona o‘tlardan tozalash jarayonlarini ko‘zdan kechirib, tuman 4-sektor rahbari hamda fermerlarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalarni berdi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#aksiz_soligi

2022-yil 1-iyundan aksiz solig‘i stavkalari:

- O'rtacha 10% ga indeksatsiya qilinadi:
🔸neft mahsulotlari
(yakuniy isteʼmolchiga sotiladigan);
🔸ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari turlari.

- Quyidagi ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlari turlarining 1000 (ming) donasi uchun 203 500 so‘m + 10 % miqdorida belgilanadi:
▫️filtrli;
▫️filtrsiz sigaretalar;
▫️papiroslar;
▫️sigarillalar (sigaritlar);
▫️bidi;
▫️kretek
.

👉O‘RQ-741 29.12.2021-y.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram