Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoro shahar 4-sektor rahbari kubogi uchun sport musobaqalari boshlandi

📍 Buxoro shahar 4-sektor rahbari A.Abdullaev kecha sektor ishchi guruhi hamda MFYlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va 5 tashabbus doirasida o‘g‘il-qizlar o‘rtasida turli musobaqalarni tashkillashtirishga kelishib oldilar.

📌 Shu kuni ishchi guruh hududdagi barcha mahallalarda sektor rahbari kubugi uchun sportning 🏓 stol tennisi va futbol musobaqalarini boshlab yubordilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#keshbek

Aprel oyi uchun iste‘molchilarga 40 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab berildi

🧾
Aprel oyida 427 ming nafar iste'molchi tomonidan 8 mlntaga yaqin chek "Soliq" mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7,5 mlntaga yaqin cheklarga 61,4 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

💰27-may holatiga 340 mingdan ortiq iste'molchilarga 38,6 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

soliq hisobotlari topshirilishi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
soliq qarzdorligi kamaytirilishi
inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

👉Keshbek olish uchun chek qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

👉K
eshbek bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

👉Elektron xaridlar uchun ham keshbek to‘lanadi

👉Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

👉Keshbek chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so‘ng tasdiqlanadi
______________________
#кешбэк

Потребителям за апрель уже выплатили почти 40 млрд сумов кешбэка

🧾
В апреле 427 тысяч потребителей зарегистрировали около 8 млн чеков в мобильном приложении "Soliq", почти за 7,5 млн из них начислен кешбэк в размере 61,4 млрд сумов.

💰По состоянию на 27 мая более 340 тысячам человек уже выплачено 38,6 млрд сумов кешбэка.

Когда будут выплачены оставшиеся суммы кешбэка?

Суммы кешбэка выплачиваются автоматически, по мере того как субъекты предпринимательства:
представляют налоговую отчетность;
исправляют недостатки в отчетности;
погашают
налоговую задолженность.

👉Как зарегистрировать чек, чтобы получить кешбэк?

👉
Как перевести кешбэк на банковскую карту?

👉Кешбэк за дистанционные электронные платежи

👉За какие чеки с QR-кодом не возвращается кешбэк?

👉Кешбэк подтверждается после 25-го числа следующего месяца

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Qorako‘l va Olot tumanlarida 4-sektor ish guruhi aholiga arzon narxlarda un va yog‘ mahsulotlarini yetkazib berdi

Buxoroda 4-sektor ishchi guruhi viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida joylarda arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etmoqda.

Kecha Qorako‘l tumani 4-sektor ish guruhi «Darg'ali» MFYda hamda Olot tumani 4 sektor xududiga qarashli “Shayxlar” MFYda aholiga arzonlashtirilgan un va yog‘ mahsulotlari yetkazib berdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_tibbiy_korik

Qorovulbozor tumani 4-sektor hududida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida hududlarda fuqarolar uchun malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkillashtirilmoqda.

📍 Kuni-kecha Qorovulbozor tumani “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolari yig‘inida ana shunday tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tuman 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”, “Ayollar” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar uchun mahalla fuqarolari yig‘inining o‘zida tashkil etildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, yo‘lga qo‘yilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri – foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 150-satr 5-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 130-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 2 941 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 472,8 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 QOROVULBOZORDA 🏓 STOL TENNISI BO‘YICHA 4-SEKTOR RAHBARI KUBOGI MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_Vobkent

Vobkentda 4-sektorning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

Bugun Vobkent tumani 4-sektor hududiga qarashli “Niyozxo‘ja” mahalla fuqarolari yig‘inida viloyat 4-sektor ishchi guruhining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni sayyor qabulda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 5 nafar fuqarolarga 500 ta parranda tuxumlarini qabul qilish sig‘imga ega zamonaviy inkubatorlar topshirildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor #stol_tennis

KOGON SHAHRIDA STOL TENNISI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

🏓 Joylarda viloyat 4-sektor tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlar, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 tashabbus doirasida sportning stol tennis turi bo‘yicha sektor kubogi o‘tkazilmoqda.

📌 Kuni-kecha Kogon shahar 4-sektor tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamda Sportni rivojlantirish bo‘limi bilan birgalikda 4-sektor rahbari kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Musobaqa qiziqarli jarayonlarga boy bo‘ldi. Bellashuvlarda 🥇1-o‘rinni Gulzoda Yelamonova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 🥈2-o‘rin Sharifa Tayirovaga nasib etdi. 🥉 3-o‘rinni esa Akramjon Ibodov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar 4-sektor hamda Sportni rivojlantirish shahar bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|