Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.7K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#bilasizmi #keshbek

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

❗️Keshbek hisoblanmaydi:

🔴 shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun;

🔴 avval ro‘yxatdan o’tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar uchun;

🔴 chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;

🔴 sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;

🔴 avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun.

Telegram | Facebook | You tube |Web-site
#soliq_hamkor

👉Xaridor chekni olmasa, tadbirkor jarima to‘laydimi?

👉"Soliq hamkor" orqali yo‘llangan murojaatlar qanday o‘rganiladi?

👉Qaysi hollarda murojaat rad etiladi?

👉Tadbirkorlar nima uchun jarimaga tortiladi, xaridor chek olmagani uchunmi yoki sotuvchi onlayn-kassadan chek chiqarmagani uchunmi?

📺Shu va mavzuga oid boshqa savollarga javoblar "Sevimli" telekanalining "Odamlar orasida" ko‘rsatuvida.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda 4-sektor ishchi guruhi tomonidan Jondor tumanida aholi daromadini oshirish maqsadida yangi loyihalarga qól urilmoqda.
BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI XIZMAT YIG‘ILISHI

⚡️Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida haftaning har dushanba kuni barcha xodimlar ishtirokida shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan xizmati yig‘ilishi o‘tkaziladi.

⚡️Bugun boshqarmada zamonaviy aloqa vositalari orqali viloyatning barcha shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida navbatdagi xizmat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉🏻Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro TV “Diyor yangiliklari” dasturida:

📌 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi tomonidan Buxoro viloyatining Jondor tumanida aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni daromad manbaiga ega qilish maqsadida turli tashabbus va loyihalarni ilgari surmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#4_sektor_Jondor

📍 Buxoroda aholini doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida turli tashabbus va loyihalar ilgari surilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining maxsus shtabi Buxoro viloyatining Jondor tumanida aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni daromad manbaiga ega qilish maqsadida turli tashabbus va loyihalarni ilgari surmoqda.

“Navgadi” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi Ilyos Boboev ilgari tovuqchilik bilan shug‘ullanganligi va ushbu yo‘nalish serdaromad ekanligini yaxshi bilganligi bois birinchilardan bo‘lib inkubator olgan edi.

Hozirda u inkubatordan chiqargan jo‘jalari ortidan bir oyda qo‘shimcha 3 million so‘mdan ortiq daromad topmoqda.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholiga keshbek to‘lash va soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga xabar berganlik uchun pul mukofotlari berish tartibi.

VM-255-son qarori 12.05.2022-yil.

Keshbekka ega bo‘lish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasida (Soliq Android/iOS) onlayn nazorat kassa texnikalari chekini ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.

Cheklarni quyidagi usullar bilan ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin:
🔸xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix-kod (QR-kod) yordamida skanerlash;
🔸fiskal belgini qo‘lda kiritish.

Marketpleyslar orqali xarid amalga oshirilgan taqdirda – chek avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tadi.

Muhim❗️
Cheklar berilgan kundan boshlab 10 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Keshbek to‘lash onlayn nazorat kassa texnikalarining cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatga olingan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin amalga oshiriladi.

Davlat soliq qo‘mitasi
onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to‘g‘risida tasdiqlovchi maʼlumotlarni so‘rab olishga, xarid haqiqatda ushbu shaxs tomonidan amalga oshirilgani shubhali bo‘lgan taqdirda tovar (xizmat)lar qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Jismoniy shaxslar pul mukofotini olish uchun soliq organlarining maxsus dasturi (“Soliq hamkor”) orqali aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida soliq organlariga xabar berishi lozim.

Bitta xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar haqidagi xabarlar bir nechta jismoniy shaxslardan olingan taqdirda, soliq organlari tomonidan xabarlarni ko‘rib chiqish va bir martalik pul mukofotini to‘lash soliq organlarining axborot tizimida birinchi navbatda tan olingan va aniqlangan jismoniy shaxsning xabarnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi belgilandi.

Nizom qoidalariga muvofiq, soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganligi haqida soliq organlarini xabardor qilganlik uchun bir martalik pul mukofoti tarzidagi rag‘batlantirish Soliq kodeksining 221-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20%i miqdorida (yumshatuvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olingan holda) belgilandi.

Bunda soliq organlari soliqqa oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxsdan haqiqatda xaridlar amalga oshirilganligini tovarning surati, to‘lov terminalining cheki va boshqa usullar bilan tasdiqlashini talab qilishga, shuningdek, haqiqatda xaridlar amalga oshirilganligiga shubha tug‘ilsa, soliq organlari undan kelib tushgan murojaatni ko‘rib chiqish uchun asoslar yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

Shu bilan bir qatorda, qarorga muvofiq, soliq organlariga sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish doirasida planshetlar va boshqa kompyuter texnikasidan foydalanish, shuningdek, sayyor soliq tekshiruvlari bilan bog‘liq hujjatlarni elektron raqamli imzodan (barmoq izi yoki grafik imzodan) foydalangan holda elektron shaklda rasmiylashtirish huquqi berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek aprel oyi uchun 25-maydan keyin tasdiqlanadi

Endi keshbek cheklar ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.
VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

Tasdiqlangan keshbek bank kartasiga qanday o‘tkaziladi - videoqo'llanma

👉Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?
__________
#кешбэк

Кешбэк за апрель будет подтвержден после 25 мая

Теперь кешбэк подтверждается после 25 числа месяца, следующего за месяцем, в котором зарегистрирован чек.
ПКМ от 12 мая 2022 года №255

Как перевести подтвержденный кешбэк на банковскую карту - видеоинструкция

👉За какие чеки не возвращается кешбэк?

Тelegram | Facebook |Youtube| Instagram
“Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori

Maxsus dastur orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan jismoniy shaxslarga pul mukofotini to‘lash to‘g‘risida nizomga ILOVA
#Jarayon
#Jondor_tumani

📍 Jondor tumani 4-sektor rahbari A.Niyozov hududda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishchi guruhi bilan hamkorlikda aholi va ishbilarmonlar muammolarni o‘rganib, ularni tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Kecha sektor rahbari hududda faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda sektor rahbari tadbirkorlarning ish jarayonlari qiziqib, mavjud muammolar "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida bartaraf etilishini bildirdi.

📌 E’tiborlisi, bugungi kunda Jondor tumanida tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar tufayli hududda xususiy korxonalar soni tobora ortib boryapti.

Buning natijasida esa ushbu korxonalarda ko‘plab ishsiz aholining bandligi ham ta’minlanmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|