Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Jarayon
#Buxoro_tumani

Ayni paytda viloyatimizning barcha tumanlarida "5 tashabbus olimpiadasi" doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ko‘rik-tanlovining Buxoro tumani bosqichida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan tarkib topgan 4 ta jamoadan 32 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra 🏆 1-o‘rinni Buxoro tuman 4-sektor hududida joylashgan “Turkon” mahallasining "O‘chirgich" jamoasi qo‘lga kiritdi.

2 va 3-o‘rinlar esa “Rabotak” mahallasiningning "Janob Zukkolar" jamoasi hamda “Dilobod-Zafarobod” mahallasining "Tabassum" jamoalariga nasib etdi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#Jarayon
#Qorovulbozor_tumani

📍Qorovulbozor tumanida aholini ehtiyojmand oilalar uchun daromad manbaini yaratish va shu orqali ularning turmush sharoitini yaxshilashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, 4-sektor rahbari va hududga biriktirilgan hokim yordamchilarining ko‘magi bilan bugungi kunda Qorovulbozor tumanida oilaviy biznes ortidan daromad topayotganlar safi yanada ortmoqda.

Kecha Respublika ishchi guruhi ushbu tumanning 4-sektoriga qarashli “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolari yig‘inida bo‘lib, "Temir daftar"da ro‘yxatga olingan fuqarolarning xonadonida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik yo‘nalishlarini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuv jarayonida vakillar fuqarolarning oilaviy sharoitlari va muammolari bilan qiziqdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида бўлиб ўтган видеоселектор йиғилишида Республика товар-хом ашё биржаси фаолиятини такомиллаштириш бўйича устувор вазифалар белгилаб берилди.

Батафсил — юқоридаги
#инфографикада.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fiskal_institut

Fiskal institutda "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida soliqqa tortish va buxgalteriya hisobining muammolari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#imtiyoz #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipakchilik va qorako‘lchilik bo‘yicha ayrim soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi

Prezidentimizning 27.04.2022-yildagi PQ-224-son qarori bilan ipakchilik va qorako‘lchilik sohasiga taqdim etilgan ayrim soliq imtiyozlari muddatlarini uzaytirish belgilandi.
Xususan:

🐛🌴ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish imtiyozi 01.01.2023-yildan 01.01.2026-yilga qadar uzaytiriladi.
Mazkur imtiyoz 04.12.2018-yildagi PQ-4047-son Prezident qarori bilan 01.01.2023 yilgacha taqdim etilgan edi;

🐑qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yer solig‘i stavkasini 2018-yilda belgilangan miqdorda saqlab qolish muddati 01.01.2026-yilgacha uzaytiriladi.
Ushbu preferensiya 14.03.2018-yildagi PQ-3603-son Prezident qarori bilan 01.01.02023-yilgacha belgilangan edi.

Qarorda mazkur o‘zgarishlardan kelib chiqib Soliq kodeksiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish belgilangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#BILASIZMI

05.05.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-767-son Qonuniga ko‘ra:

Ayrim vaqtincha imtiyozlarning amal qilishi uzaytirildi:

2022-yil 31-dekabrga qadar (ilgari – 2022-yil 30-aprelga qadar) QQSdan ozod qilindi SK 483-m. 3-q. 1-xatboshi.:

O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
2022-yil 31-dekabrga qadar (ilgari 2022-yil 30-aprelga qadar) QQSdan ozod qilindi SK 483-m. 9-q.:
go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
ularni O‘zbekistonga olib kirish.
Tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parrandani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilish muddati (2022-yil 30-aprelga qadar) o‘zgarishsiz qoldirildi.
#BILASIZMI

QQS bo‘yicha vaqtinchalik imtiyozlar kengaytirildi:

2021-yilning 10-oktyabridan 2022-yil 30-aprelga qadar bo‘lgan davrda QQS to‘lashdan ozod qilingan yangi oziq-ovqat tovarlari joriy etildi - tovuq go‘shti, muzlatilgan baliq va tirik parranda;

2022-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda QQS bo‘yicha imtiyozni qo‘llash muddati uzaytirildi - go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti), tirik hayvonlar (mol va qo‘y) hamda ular so‘yishdan olingan mahsulotlar, kartoshka
#BILASIZMI

📌 Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi SK 483-m. 17-q..

🔗 Mazkur imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80% tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro TV “Diyor yangiliklari” dasturida:

Bitiruvchilar ustozlarni yod etdi

“Qorako‘lcha o‘qitish modeli” ga o‘tgan asrning 90-yillari va XXI asrning boshlarida Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida To‘xtamurod Jumaev tomonidan asos solindi.


Batafsil ushbu lavhada👆👆
#savol_javob #onlayn_NKM

- Men chakana savdo bilan shug‘ullanaman. Tovarlarni sotishda ularning har birini alohida onlayn-NKMga kiritishimga to‘g‘ri kelmoqda. Bu sotuvchining ham, xaridorning ham vaqtini oladi va noqulaylik tug‘diradi. Buning qanday optimal yechimi bor

- Xaridorga tovarlarni realizatsiya qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish uchun 2D-skanerlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalarni sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:

🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS

summasini onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).
PQ-5252, 3-band 4.10.2021

👉Soliq hisobotida imtiyoz qanday qo'llaniladi?
__________
#вопрос_ответ #онлайн_ККМ

- Я занимаюсь розничной торговлей. При продаже товаров приходится каждый из них по одному вносить в онлайн-ККМ. Это отнимает время и создает неудобства, как продавцу, так и покупателю. Есть ли какое-то оптимальное решение

- Чтобы оптимизировать и ускорить процесс реализации товара покупателю, рекомендуется использовать 2D-сканеры.

Для тех, кто приобретает устройства для считывания штрих-кодов и кодов цифровой маркировки, предусмотрена льгота.

Так, до 1 января 2023 года субъекты предпринимательства могут уменьшить сумму начисленного и подлежащего уплате:

🔹налога на прибыль
🔹или налога с оборота
🔹либо НДФЛ,
уплачиваемого индивидуальными предпринимателями,

на сумму расходов, связанных с приобретением онлайн-ККМ и других вышеуказанных специальных устройств в размере не больше 4-х БРВ за одно устройство (4 x 270 000 = 1 080 000 сумов).
п.3 ПП №5252 от 4.10.2021

👉Как применить льготу в налоговой отчетности?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram