Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.7K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#hamkorlik #IHTT

Davlat soliq qo‘mitasi IHTT standartlarini qo‘llashni boshlamoqda

Joriy yilning 4-5-may kunlari Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Parij shahridagi shtab-kvartirasida bo‘ldi.

Tashrif davomida soliq solish bazani kamaytirish va daromadlarni soliqdan yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) harakat rejasi standartlarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, IHTT rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining Global forumga qo‘shilish maqsadi haqidagi rasmiy arizasi taqdim etildi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligi tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish imkonini beradi.

Tomonlar O‘zbekistonning IHTT standartlariga qo‘shilish qarori bugungi kunda mamlakatda soliq maʼmuriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarning mantiqiy davomi ekanligini taʼkidladi.

Muzokaralar natijasida IHTT standartlarini joriy etish masalalarida Davlat soliq qo‘mitasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#сотрудничество

Государственный налоговый комитет
приступает к применению стандартов ОЭСР

4-5 мая текущего года состоялся официальный визит делегации Государственного налогового комитета в штаб-квартиру Организации экономического сотрудничества и развития в г. Париже.

В ходе встречи обсуждены вопросы по применению стандартов плана действий ОЭСР по борьбе с размыванием налоговой базы и выводом доходов из-под налогообложения (BEPS).

Одновременно, руководству ОЭСР вручена официальная заявка Республики Узбекистан о намерении присоединения к Глобальному форуму, что в свою очередь позволит внедрить международные стандарты в систему налогового администрирования Республики Узбекистан.

Со стороны ОЭСР отмечено, что решение о присоединении
к стандартам ОЭСР является логическим продолжением масштабных реформ
и преобразований по совершенствованию механизмов налогового администрирования, проводимых сегодня в Узбекистане.

По итогам переговоров достигнуты договоренности об оказании Государственному налоговому комитету содействия в вопросах имплементации стандартов ОЭСР.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 2- va 5-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxs rahbari yoki YATT maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu maʼmuriy javobgarlik 2 ta holatda avtomatik tarzda aniqlanadi:

🔸 soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslikBHMning 10 baravarigacha jarima belgilangan;

🔸soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslikBHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilangan.

🖊Bunda qaror huquqbuzarning ishtirokisiz avtomat tarzda chiqariladi va 3 kun ichida shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

❗️Maʼlumot uchun: O‘RQ-758-son Qonuni kuchga kirguniga qadar, ushbu turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun hujjatlar soliq organida qog‘oz shaklida rasmiylashtiriladi.

📌Eslatma: O‘RQ-758-son Qonun qabul qilingan paytdan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
​​⚡️Бухоро вилоятида янги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Бухоро вилояти филиали тегишли давлат идоралари билан ҳамкорликда вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔶Бухоро вилояти давлат солиқ бошқармаси:
—Сайёр солиқ текширувлари шўъбаси бошлиғи ўринбосари.

—Камерал солиқ текширувлари шўъбаси Давлат бош солиқ инспектори.

—Олот туман давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими давлат солиқ катта инспектори.

—Олот туман давлат солиқ инспекцияси Солиқ назорати бўлими бошлиғи.

—Олот туман давлат солиқ инспекцияси Солиқ назорати бўлими бошлиғи.

—Қоровулбозор туман давлат солиқ инспекцияси Ҳудудларни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш секторида ишларни ташкил қилиш бўлими Давлат солиқ инспектори.

—Қоровулбозор туман давлат солиқ инспекцияси Ташкилий ишларни назорат қилиш ва мурожаатлар билан ишлаш бўлими Давлат солиқ бош инспектори.

—Жондор туман давлат солиқ инспекцияси Тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш шўбаси бошлиғи.

—Ғиждувон туман давлат солиқ инспекцияси Сайёр солиқ текшируви Давлат солиқ бош инспектори.

—Ғиждувон туман давлат солиқ инспекцияси Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими Давлат солиқ катта инспектори.

—Бухоро шаҳар давлат солиқ инспекцияси Жисмоний шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими Давлат солиқ катта инспектори.

—Бухоро шаҳар давлат солиқ инспекцияси Солиқ қарзини ундиришни ташкил қилиш бўлими бошлиғи.

—Қоракўл туман давлат солиқ инспекцияси Юридик шахсларга хизмат кўрсатиш бўлими Давлат бош солиқ инспектори.

—Бухоро туман давлат солиқ инспекцияси Тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш шўъбаси Тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш шўъбаси бошлиғи.

▶️ Танловда иштирок этиш истагида бўлган номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ порталидан рўйхатдан ўтишлари, мавжуд вакант лавозимни танлаб, сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари лозим.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 5 майдан 14 майгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.
#асосий_кўрсаткичлар

Cолиқ тўловчилар сонининг ўсиш динамикаси
____________
#ключевые_показатели

Динамика роста числа налогоплательщиков

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida navbatdagi
siyosiy-ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soatida Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etib kelishmoqda.

Bugungi siyosiy-ma’rifat soatida xodimlar Davlat va jamiyat boshqaruvida liderlikning roli, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari hamda hafta davomida mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan tanishdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida har bir xodim e’tibor markazida ayniqsa yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida ularning har bir yutug‘i jamoadoshlar tomonidan xursandchilik bilan kutib olinadi.

Bugun mana shunday yosh kadrlardan biri - viloyati davlat soliq boshqarmasi Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prgonozlashtirish bo‘limi davlat soliq katta inspektori Negmurodov Muxriddin 26 yoshni qarshilagani munosabati bilan barcha hamkasblar muborakbod etishdi.

Ayni paytda M.Negmurodov ish faoliyati bilan hamohang ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal intitutida ham tahsil olmoqda. Viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoasi hamda ustoz xodimlar ushbu sana munosabati bilan M. Negmurodovga kelgusidagi ishlariga zafarlar tilab, samimiy tilaklarini bildirishdi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Joriy yilning 5-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-767-sonli Qonun imzolandi.
Unga ko‘ra:

🏕mol-mulk va yer soliqlaridan to‘liq ozod qilingan yuridik shaxslar ushbu soliqlardan hisoblangan summaning 1%ini to‘laydi (ushbu tartib 3 oydan so‘ng kuchga kiradi).

💰foyda solig‘i to‘lovchilari tomonidan "Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi"ga xayriya qilingan mablag‘lar foyda solig‘ini hisoblashda chegiriladigan harajatlar sifatida tan olinadi.

🧑🏼‍🦼Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning daromad solig‘i soliq solinmaydigan mablag‘lari miqdori MHTEKMning 1,41 baravaridan 3 baravariga oshirildi (ushbu imtiyoz 01.03.2022-yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🌴Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi (ushbu imtiyoz 01.01.2022-yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🌻O‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish, shuningdek o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani QQSdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz muddati 31.12.2022 yilga qadar uzaytirildi (ushbu imtiyoz 01.05.2022-yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🥩Go‘shtni (mol va qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek O‘zbekistonga olib kirishda QQSdan ozod qilish muddati 31.12.2022 yilgacha uzaytirildi (ushbu imtiyoz 01.05.2022 yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

Tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani QQSdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz muddati 30.04.2022 yilgacha o‘zgartishrishsiz qoldirildi.

Eslatma ❗️mazkur imtiyoz O‘RQ-752-son Qonun bilan 30.04.2022-yilgacha berilgan edi

✔️Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari 01.01.2022 yildan 01.01.2031 yilga qadar:

- foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va daromad solig‘ini 1% miqdorida to‘laydi;

- yuridik shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1%i miqdorida to‘laydi (ushbu imtiyoz 01.01.2022 yildan yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi).

🧶🧵Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari 01.02.2022-yildan 01.01.2025 yilgacha ijtimoiy soliqni 1 % to‘laydi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#новое_в_законодательстве

5 мая этого года подписан Закон "О внесении изменений и дополнений в Налоговый кодекс Республики Узбекистан" (№ЗРУ-767).

Согласно документу:

🏕Юридические лица, освобожденные от уплаты налога на имущество и земельного налога, уплачивают эти налоги в размере 1% от начисленной суммы (данный порядок вступает в силу по истечении 3 месяцев).

💰Средства, пожертвованные Общественному фонду по поддержке детей, подлежат вычету при определении налоговой базы по налогу на прибыль.

🧑🏼‍🦼Для лиц с инвалидностью с детства, а также лиц с инвалидностью I и II групп сумма необлагаемого НДФЛ размера дохода увеличилась с 1,41-кратной до 3-кратного МРОТ за каждый месяц, в котором получены эти доходы
(данная льгота распространяется также на отношения, возникшие с 1 марта 2022 года).

🌴Сроком на 5 лет (ранее на 3 года) освобождаются от земельного налога земельные участки, на которых произведены новые посадки садов, виноградников и тутовников (данная льгота распространяется также на отношения, возникшие с 1 января 2022 года).

🌻До 31 декабря 2022 года продлевается срок освобождения от НДС ввоза растительного масла, семян подсолнечника и льна, соевых бобов, а также оборота по производству и (или) реализации растительного масла (кроме хлопкового масла) (данная льгота распространяется также на отношения, возникшие с 1 мая 2022 года).

🥩Вместе с тем до 31 декабря 2022 года продолжается освобождение от НДС оборота по реализации мяса (говядины, баранины), этих животных в живом виде и продуктов их убоя, картофеля, а также их ввоза на территорию Узбекистана (данная льгота распространяется также на отношения, возникшие с 1 мая 2022 года).

Остался неизменным срок освобождения от НДС (до 30 апреля 2022 года) оборота по реализации курятины, замороженной рыбы и птицы в живом виде.

Напоминаем❗️Льгота до 30.04.2022 года была предоставлена согласно №ЗРУ-752

✔️Субъекты предпринимательства в сферах местной промышленности, сельского хозяйства и услуг в Муйнакском районе до 1 января 2031 года уплачивают налоги по следующим ставкам:

налог на прибыль, налог с оборота, социальный налог, НДФЛ — в размере 1%;
земельный налог, налог на имущество и налог за пользование водными ресурсами — в размере 1% от суммы, начисленной по данным налогам.
(Данная льгота распространяется также на отношения, возникшие с 1 января 2022 года).

🧶🧵Субъекты предпринимательства, экспортирующие крашеное полотно, крашеную ткань и готовую швейно-трикотажную продукцию, с 1 февраля 2022 года до 1 января 2025 года уплачивают социальный налог по ставке в размере 1%.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika tarmog‘ida foydalanilmayotgan imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda elektrotexnika tarmog‘ida izlanish va rivojlantirish (R&D) bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Moliya vazirligiga R&D markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun uch yil muddatga:

- mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizini to‘lash;

- ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida belgilash bo‘yicha qonun loyihasini
kiritish topshirildi.
#markirovka

Maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etish qatʼiy nazoratga olinadi

Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda eksport hajmini 2023-yilda 1 milliard dollarga yetkazish muhimligi qayd etildi.

“Misol uchun, birgina qo‘shni davlatlar yiliga o‘zimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 6 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini import qiladi.

Lekin, ushbu davlatlar importida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulushi 5 foizga ham yetmaydi”, dedi Prezidentimiz.

Ichki bozorga sifatsiz va noqonuniy elektrotexnika mahsulotlari kirib kelishining oldini olish maqsadida:

- eski transformatorlarni importiga chek qo‘yishni;

- maishiy texnikalar markirovkasi tizimini joriy etishni qatʼiy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.

“Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 148-son qaror qabul qilingan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 SEVIMLI TV

Faxriylar e’zoz va ehtiromda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Reyda Resutova xonadonida bo‘lishdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 "Менинг юртим" телеканали "Ҳудуд" информацион дастурида:

94 ёшли онахондан фронтдаги хотиралар
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
(Soliq kodeksi 138-modda)

Tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilmoqda. Bu esa ularda o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri –
soliq to‘lovchilar tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirishdir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 200-satri 6-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Xarajatlar ilovasi (2-ilova) 0115-satrida to‘g‘ri aks ettirish lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 2 727 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 1 trln so‘mdan ortiq miqdordagi tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram