Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Darg‘alida 4-sektor sayyor qabuli

📌 Joylarda aholining muammolarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida 4-sektor ishchi guruhi tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📍 Kuni-kecha Qorako‘l tumani 4-sektor tomonidan “Darg‘ali” mahalla fuqarolari yig‘inida aholi bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Qabulda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, moddiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun ko‘mak berish, shartnoma pullarini to‘lashlariga amaliy yordamlar ko‘rsatish borasida aholidan turli mazmundagi 40 dan ortiq muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi.

📌 Fuqarolar tomonidan yo‘llangan 20 dan ortiq murojaatlarning yechimi qabul jarayonida hal etildi. Qolgan murojaatlar o‘rganish hamda vaqt talab qilganligi bois tegishliligi bo‘yicha ishchi guruhiga ko‘rsatmalar berildi.

🔗 Ta’kidlash kerakki, o‘tkazilayotgan bu kabi sayyor qabullar aholi manfaati uchun xizmat qilmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
1 июлдан бошлаб:

- туризм қишлоқларида меҳмон уйлари, овқатланиш ва савдо шохобчалари, кўнгилочар жойлар ташкил этган тадбиркорлар 3 йил давомида айланмадан олинадиган солиқ ва ижтимоий солиқни 1 фоиз ставкада, мол-мулк, ер, сув солиқларини ҳисобланган суммадан бор йўғи 1 фоизини тўлайди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️ Bugun, 27 aprel kuni 4-sektor tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari to‘g‘risida ma’lumot.

⚡️ Quyidagi rasmda o‘tkazilish joyi va kuni haqida batafsil ma’lumot berilgan.
#keshbek

Iste'molchilarga yana 900 mln so‘mdan ortiq keshbek to‘lab berildi

Mart oyida yig‘ilgan jami keshbek summasining 22,7 mlrd so‘mi 23-aprel kuni isteʼmolchilarga to‘lab berilgani, qolgan keshbek summalari ham tadbirkorlik subyektlarining hisobotlari topshirilishi, tuzatilishi va soliq qarzdorligi kamayishi inobatga olinib to‘lab borilishi haqida xabar bergan edik.

25-26-aprel kunlari iste'molchilarga yanvar-mart oyi uchun yana 900,3 mln so‘m keshbek to‘lab berildi va yil boshidan to‘langan summa 58,5 mlrd so‘mga yetdi.

Soliq hisobotlaridagi kamchiliklar tuzatilishi bilan qolgan keshbek summalari ham to‘lab boriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, aprelda yig‘ilgan keshbek summasi 21-25 mayda isteʼmolchilarga to‘lab beriladi.

📲“keshbek” mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#matbuot_anjumani

⚡️⚡️⚡️Hurmatli jurnalist va blogerlar!

2022-yil 28-aprel
kuni Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan "Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish" mavzusida o‘tkaziladigan matbuot anjumaniga sizlarni taklif etamiz.

🕰 Boshlanish vaqti: soat 14:00

📍 Manzil: Toshkent shahri Shayxontohur tumani A.Navoiy ko‘chasi 30-uy (Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosi)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
⚡️ Bugun 28 aprel kuni 4-sektor tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari to‘g‘risida ma’lumot.

⚡️ Quyidagi rasmda o‘tkazilish joyi va kuni haqida batafsil ma’lumot berilgan.
BUXORO VILOYATINING 3- VA 4-SEKTOR RAHBARLARI TADBIRKORLARINING MUROJAATLARINI BIRGALIKDA O‘RGANDILAR

⚡️ Kecha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev va Davlat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamatxanovlar birgalikda Shofirkon tumanida faoliyat olib botayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdilar. Uchrashuv jarayonida rahbarlar tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarni birma-bir ko‘rib chiqdilar.

Batafsil
Buxoro viloyati DSB boshlig‘i Maqsud Mamatxanovning joriy yilning aprel oyida viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilgan faoliyatlari yuzasidan HISOBOTI

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN
#matbuot_anjumani

2021-yil 1-chorakda onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali 80,9 mln ta, 2022-yil 1-chorakda 147,1 mln dona chek chop etilgan.

📲Joriy yilning 1-choragi davomida 11,6 mln ta chek keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbu cheklarga 107,1 mlrd so‘m keshbek hisoblangan.

97,6 mlrd so‘m keshbek tasdiqlangan.
9,5 mlrd so‘m keshbek rad etilgan.
💰Isteʼmolchilarga 58,9 mlrd so‘m keshbek to‘langan.

Qolgan keshbek summalari ham to‘lab borilmoqda.
______
#пресс_конференция

В I квартале 2021 года было выдано 80,9 млн, а в I квартале 2022 года - 147,1 млн чеков онлайн контрольно-кассовой техники.

📲За I квартал этого года с целью получения кешбэка зарегистрировано 11,6 млн чеков. Сумма начисленного по ним кешбэка составила 107,1 млрд сумов.

Подтверждено 97,6 млрд сумов кешбэка.
Отклонено 9,5 млрд сумов кешбэка.
💰Потребителям выплачено 58,9 млрд сумов кешбэка.

Оставшаяся сумма кешбэка также будет выплачена.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iste'molchilarga berilgan keshbek 68 mlrd so‘mdan oshdi

Joriy yil 28-aprel kuni iste'molchilarga mart oyi uchun yana 9,6 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi va yil boshidan to‘langan summa 68,1 mlrd so‘mga yetdi.

23-aprelda mart oyi uchun 22,7 mlrd so‘m;
25-26-aprel kunlari esa yanvar-mart oylari uchun yana 900,3 mln so‘m keshbek iste'molchilarga to‘langan edi.

📲"keshbek" mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Soliq hisobotlaridagi kamchiliklar tuzatilishi bilan qolgan keshbek summalari ham to‘lab boriladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, aprelda yig‘ilgan keshbek summasi 21-25-mayda isteʼmolchilarga to‘lab beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram