Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.54K photos
1.6K videos
42 files
4.76K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
⚡️JONDOR TUMANIDA 4-SEKTOR KUBOGI DOIRASIDA «ZAKOVAT» O`YINLARI O`TKAZILDI

11 ta mahalladagi uyushmagan yoshlardan tarkib topgan 11 ta bilimdonlar komandalari o`rtasida qizg`in bahs-munozaraga boy o`tgan musobaqada «Zarafshon» MFY jamoasi g`oliblikni qo`lga kiritdi.
✳️ 2-o`rinni «Obod» MFY jamoasi va 3-o`rinni «Navgadi» MFY jamoasi egalladi.
✳️ G`oliblar esdalik sovg`alari bilan mukofotlandilar.
VOBKENT TUMANIDA 4-SEKTOR RAHBARI VA HOKIM YORDAMCHISINING KO’MAGI BILAN ISHSIZLAR SONI KAMAYMOQDA

⚡️Vobkent tumani 4-sektor rahbari va “Shakarkent” MFY hokim yordamchisining ko‘magi bilan hududdagi ishsiz fuqarolarga imtiyozli kredit evaziga maxsus texnika va asbob uskunalar olib berilishi hisobiga ishsizlar soni kamayishiga erishilmoqda.
E’stiborlisi, natijada o‘zini-o‘zi band qilgan holda yaxshigina daromad topayotgalar soni ortmoqda.
Ushbu mahallaning “Yuqori Xalach” qishlog‘ida yashovchi shu paytgacha ishsiz yurgan Aloviddin Majidov ham yaqinda imtiyozli kredit evaziga yuk tashishga mo‘ljallangan motosiklli bo‘lgandi.
⚡️ Aloviddin bu ulovi bilan hozir kuniga o‘rtacha 100 ming so‘mgacha daromad topmoqda. Bundan tashqari u oila a’zolari bilan tomorqachilikdan ham daromad olib, yashash tarzini yaxshilayotganidan minnatdor.
Ayni paytda 📍 Buxoro shahar 4-sektor hududidagi "Guliston" MFYda aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy kórik bólib ótmoqda.
⚡️ Olot tuman 4-sektor xududidagi “Kesakli” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ishsiz ayollar uchun doimiy ish joyini yaratish maqsadida bu yerda “Kashtachilik markazi”takshil etildi.
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining bildirishicha, hududdagi 20 nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar ushbu hunar ortidan daromad topishga kirishgan.
⚡️Tez orada mazkur mahallada ishsizlikni oldini olish bo‘yicha yana bir qator yangi loyihalar ham ishga tushiriladi.
⚡️ O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga biriktirilgan Jondor tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, 4-sektor ishchi guruhi, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining sayi-harakati bilan hududda parrandachilik, qo‘ychilik va chorvachilik, inkubatorlarda jo‘ja ochtirish, tikuvchilik, shuningdek yangi ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga kelmoqda.
⚡️ E’tiborlisi, buning natijasida ishsizlikni oldini olish va shu orqali aholiga munosib daromad manbai yaratilishiga erishilmoqda.