Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Viloyatimiz byudjetiga har oyda
o‘rtacha 240,0
mlrd.so‘mdan ortiq soliqlar to‘lanmoqda

📍 Buxoroda yig‘ilayotgan soliq miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 216,4 mlrd.so‘mga ortgan.

👉 Ta’kidlash lozim, oldingi yillarda viloyatda bunday natija kuzatilmagan. Bunday natijalarning eng muhim omili tadbirkorlarning islohotlarga bo‘lgan ishonchi oshganidandir.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
2022-yilning I-choragida 184 ta korxonaning hisob raqamiga
49,5 mlrd. so‘mlik qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib berildi

📍 Viloyat davlat soliq boshqarmasiga joriy yilning 3 oy mobaynida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish bo‘yicha 690 ta korxonadan 144,5 mlrd. so‘mlik (shundan 84 ta eksportyordan 42, mlrd.so‘mlik) arizalar kelib tushgan.

⚡️ Shundan 184 ta korxonaning hisob raqamiga 49,5 mlrd. so‘m (shundan 49 ta eksportyor korxonaga 19,4 mlrd.so‘m) mablag‘lar qaytarib berildi.

📌 QQS soliq to‘lovchilariga bevosita yordam berib, ularning hisobotlarini to‘g‘irlashga ko‘mak berilishi natijasida qo‘shimcha soliq bazasi yaratilib, soliq to‘lovchilar tomonidan byudjetga 10,6 mlrd. so‘m soliq to‘lovlari to‘lab berildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Viloyat 4-sektor rahbari Qorovulbozor tumanida

📌 Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov Qorovulbozor tumanida chigit ekish ishlarini ko‘zdan kechirmoqda.

🔗 Sektor rahbari ishchi guruhi bilan “Jarqoq” va “Bo‘zachi” hududida bo‘lib “Ark Eko Tekistl” klaster qarashli paxta dalalari, “Axtam Davron” fermer xo‘jaligi “Raximbobo” hamda “Dildora Dilbar” fermer xo‘jaliklarida chigit ekish jarayonlari bilan tanishdi.

📌 Sektor rahbari klaster vakillari va fermerlar bilan uchrashuvda ekish jarayonlarini jadallashtirish va agrotexnik tadbirlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan kerakli topshiriqlarini berdi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#soliq_hisobotlari

Foyda solig‘i hisobot shakllari to‘ldirildi

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi:

🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi (paket kodi 10205_35);
🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi SRP (paket kodi 10205_34);
🔹Foyda solig‘i hisob-kitobi Sug‘urta (paket kodi 10205_33);
🔹Soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi (paket kodi 10202_8);
🔹Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi (paket kodi 10307_5).

Hisobot shakllariga quyidagi o‘zgarishlar kiritilgan:

▫️Sug‘urta korxonalari hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilari uchun soliq solishning o‘ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib alohida hisobot shakli ishlab chiqildi.
▫️Foyda solig‘i hisob-kitobi bo‘yicha qo‘llanilgan investitsiyaviy chegirma summasini 2-ilovada (xarajatlar) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi tarkibida 01061-satrda aks ettirish belgilandi (bundan oldin hisob-kitobning 020-satrida qo‘llanilgan investitsiyaviy chegirma avtomatik chegirilishi ko‘zda tutilgan edi).
▫️Soliq stavkasi 1-ilovada (jami daromadlar) faoliyat turlarini tanlash orqali avtomat shakllanishi belgilandi.
▫️Soliq kodeksi 347-moddasi 10-qismiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentning soliqni to‘lagandan keyin o‘z tasarrufida qoladigan sof foydasi dividendlarga tenglashtirilganligi hamda shu orqali ularga qo‘shimcha soliq majburiyati yuklatiganligi sababli hisob-kitob tegishliligicha 120-140-satrlar bilan to‘ldirildi.
▫️Hisobotning 4-ilovasiga (imtiyozlar) faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan soliq stavkasini kamaytirish tarzida berilgan imtiyozlarni alohida aks ettirish maqsadida 050-056 satlar qo‘shimcha sifatida kitirildi. Bunda, mazkur satrlarda soliq stavkasi pasaytirilishi hisobiga soliq bazasini kamaytiradigan foyda summasi aks ettirilishi lozim.
▫️Soliq kodeksining 333-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga asosan ko‘rilgan zararlarni soliq davridan keyingi o‘n yil mobaynida kelgusiga o‘tkazish amaliyoti bekor qilinganligi sababli hisobotning 6-ilovasidan (Joriy soliq davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o‘tgan yillar zarari summasining hisob-kitobi) mos ravishda 0106-0110, 0606-0611-sartlar hamda 7-ilovadan (Operatsiyalarning ayrim turlari bo‘yicha zararlarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari) 0101-0110, 0801-0810-satrlar chiqarib tashlandi.
▫️Norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi bo‘yicha soliq ma’murchiligini ta’minlash maqsadida, hisob-kitobning 1-ilovasi soliq agentlari tomonidan norezidentlarga to‘lab berilgan har bir daromadni aks ettirish bo‘yicha qo‘shimcha ustun bilan to‘ldirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#налоговая_отчетность

Формы отчетности по налогу на прибыль дополнены

Отчетность по налогу на прибыль включает в себя следующие формы:

🔹Расчет налога на прибыль (код пакета 10205_35);
🔹Расчет налога на прибыль (СРП) (код пакета 10205_34);
🔹Расчет налога на прибыль (страхование) (код пакета 10205_33);
🔹Расчет налога на доходы, выплачиваемые в виде дивидендов и процентов, удерживаемого у источника выплаты (код пакета 10202_8);
🔹Расчет налога на прибыль юридических лиц, с доходов нерезидентов, удерживаемого налоговым агентом у источника выплаты (код пакета 10307_5).

В формы отчетности внесены следующие изменения:

▫️Для страховых компаний и участников соглашений о разделе продукции разработана отдельная форма отчетности с учетом особенностей их налогообложения.
▫️В Приложении №2 (Расходы) сумма инвестиционных вычетов, учитываемых при расчете налога на прибыль, отражается в строке 01061 в составе амортизации основных средств и нематериальных активов (ранее применяемый инвестиционный вычет автоматически вычитался в строке 020 Расчета).
▫️Приложением №1 (Совокупный доход) установлено автоматическое формирование налоговой ставки при выборе вида деятельности.
▫️ Согласно изменениям, внесенным в ч.10 ст.347 НК чистая прибыль, остающаяся в распоряжении нерезидента, осуществляющего деятельность через постоянное учреждение, после уплаты налога, приравнивается к дивидендам и подлежит налогообложению, в связи с чем Расчет налога дополнен строками 120-140.
▫️В Приложении №4 (Льготы) к Расчету добавлены строки 050-056, где отражаются льготы в виде снижения установленной налоговой ставки, предусмотренные решениями Президента Республики Узбекистан. При этом в этих строках следует отразить сумму прибыли от уменьшения налоговой базы за счет снижения налоговой ставки.
▫️Согласно изменениям, внесенным в ст.333 НК, в соответствии с которыми отменена возможность осуществления налогоплательщиком переноса убытка на будущее в течение 10 лет, следующих за тем налоговым периодом, в котором получен этот убыток, в Приложении №6 (Расчета суммы убытка предыдущих лет, уменьшающего налогооблагаемую прибыль текущего налогового периода) исключены строки 0106-0110, 0606-0611 и в Приложении №7 (Особенности переноса убытков по отдельным видам операций) исключены строки 0101-0110, 0801-0810.
▫️С целью обеспечения налогового администрирования по расчету налога на прибыль, удержанного налоговым агентом у источника выплаты с доходов нерезидентов, Приложение №1 к Расчету дополнено дополнительной графой для отражения каждой выплаты дохода, осуществленной налоговым агентом нерезиденту.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Ko‘rilgan choralar natijasida 2022-yilning I-choragida faoliyat yuritmayotgan 250 ta korxona o‘z faoliyatini tikladi

📍 Viloyatda 2022-yilning I-choragida davlat soliq xizmati organlari tomonidan faoliyatsiz soliq to‘lovchilarning muammolari manzilli o‘rganilib, ular faoliyatini tiklashga ko‘maklashilgani natijasida faoliyat ko‘rsatmayotgan 2 096 ta korxonalarning 12% o‘z faoliyatini tikladi.

🔗 Pirovardida, byudjetga 0,1 mlrd. so‘m qo‘shimcha soliq to‘lovlari undirildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 1 316 tani tashkil etadi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
2022-yilning I-choragida 10 000 ta norasmiy ish o‘rinlari legallashtirildi

Viloyatda o‘tgan 2022-yilning I-choragi davomida 10 000 ming ta ish o‘rinlari legallashtirilishi natijasida byudjetga qariib 1 mlrd. so‘m qo‘shimcha tushum manbasi yaratildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
1 445 ta holatda tadbirkorlik subyektlarining hisobotlaridagi xato va kamchiliklari soliq organlari bilan hamkorlikda tuzatildi

Viloyatda 2022-yilning I-choragi davomida o‘tkazilgan sifatli soliq nazoratlarida barcha soliq to‘lovchilarga mavjud kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha imkoniyat berildi.

⚡️ O‘tkazilgan soliq nazorati natijasida 1 445 ta holatda tadbirkorlik subyektlarining xato va kamchiliklari aniqlanib, ixtiyoriy ravishda qayta hisobotlar taqdim etilishiga imkon berildi.

📌 Pirovardida, tadbirkorlar byudjetga 41,4 mlrd. so‘mlik soliq to‘lovlarini ixtiyoriy to‘lab berdilar.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#onlayn_seminar #QQS

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

“Foyda solig‘i hisobotlariga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berish”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtu.be/C9npm20UzoU
______________
#онлайн_семинар #НДС

❗️Уважаемые налогоплательщики

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Разъяснения об изменениях в налоговой отчетности по налогу на прибыль"

🌐 Ссылка на семинар 👉 https://youtu.be/C9npm20UzoU

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Istiqlol TV Hudud yangiliklari dasturida:

📌 Buxoroda “Soliq bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Bo‘sh turgan 130 ta obyekt faoliyatini tiklashi natijasida 312 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi

📚 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qaroriga asosan joriy yilning I-choragida viloyat bo‘yicha 236 ta bo‘sh turgan obyektlar aniqlab, ularga nisbatan 416 mln. so‘mlik ta’sirchan soliq mexanizmlari qo‘llanildi.

130 ta obyektning faoliyati tiklanishi natijasida 312 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
“Soliq hamkor” elektron tizimi jamoatchililik nazoratini kuchaytirishga imkoniyat yaratmoqda

Hozirga qadar viloyatimizdan “Soliq hamkor” interaktiv tizimi orqali 948 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 654 tasida savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlangan.

👉 Ma’lumki, har bir tadbirkorlik nuqtasi mahsulot sotsa QR kodi bo‘lgan fiskal chek berishi shart. Agar ular bunday chekni bermasa yoki plastik kartada savdo qilishni istamasa, xaridor yangi tartib bo‘yicha do‘konda tortishib o‘tirmay, bu haqda “Soliq hamkor” tizimi orqali xabar beryapti va holat tasdiqlangach murojaatchi — soliq hamkorga undirilgan jarima summasining 20 foizi miqdorida rag‘batlantirilmoqda.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
Buxoroda o‘tgan 3 oy davomida “Onlayn” nazorat kassa mashinalaridan foydalanayotgan tadbirkorlarning soni 1 130 dan oshdi

📌 Ayni paytda Buxoro viloyatida 12 245 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari mavjud.

⚡️ E’tiborlisi, ularning barchasida “Onlayn” nazorat kassa mashinalari o‘rnatilgan. Bu o‘z-o‘zidan ushbu korxonalarning shaffof va ochiq faoliyat ko‘rsatayotganini anglatadi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
SoliqUz v 1.2.5.apk
18.1 MB
“Soliq” mobil ilovasi: har bir foydalanuvchining fikri biz uchun muhim

Soliq mobil ilovasi
ning oxirgi yangilanishidan so‘ng foydalanuvchilar tomonidan ba’zi kamchiliklar aniqlandi.

Yangi versiyada kamchiliklar operativ ravishda bartaraf etildi, xavfsizlik funksiyalari yaxshilandi va interfeys yangilandi.

Ilovaning iOS versiyasi ushbu manzilda 👉https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

Android foydalanuvchilari uchun yangilanish Play Market platformasida kutish rejimida va tez orada taqdim etiladi.

❗️Foydalanuvchilardan mobil ilovani o'chirib qayta yuklashlarini so‘raymiz!

Siz hoziroq yangilangan “Soliq” mobil ilovasini yuklab olishingiz va yangi funksiyalardan to‘liq bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
4-sektor ishchi guruhi Qorovulbozorda

Xabaringiz bor, viloyat 4-sektor ishchi guruhi joylarda aholi va yoshlar bilan uchrashib ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganib joyida yechim topish uchun hududlarda sayyor qabullar o‘tkazib kelmoqdalar.

📍Bugun viloyat 4-sektor ishchi guruhining navbatdagi sayyor qabuli Qorovulbozor tumanida o‘tkazildi.

⚡️Sayyor qabul har tomonlama murojaatchi yoshlar uchun foydali bo‘ldi. Sababi, sayyor qabul jarayonida 7 nafar talaba yoshlarning muammolari hal bo‘ldi. Ularga shartnoma pullarini qisman to‘lab berish maqsadida sektor rahbari tomonidan sertifikatlar topshirildi.

📌 Shu kuni tadbirkorlik faoliyatlarini boshlamoqchi bo‘lgan 3 nafar yoshlar sektor ishchi guruhiga asbob-uskunalar olib berishda amaliy ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qildi. Yoshlarning murojaatlari o‘rganilib ular “Yoshlar daftari”ga kiritilib, tez kunlarda asbob-uskunalar olib beriladigan bo‘ldi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|