Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Uchrashuv

DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI RAISI O‘RINBOSARI BUXOROLIK TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZMOQDA

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 16-mart kuni Prezidentimiz Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, muloqot davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib ularni muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishi yuzasidan topshiriq bergan edi.

📌 Mazkur topshiriqdan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbariyati tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

🔗 Belgilangan reja-grafikka muvofiq bugun Buxoro viloyatida ham Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirokidagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
📍 Buxoro shahar hokimligida o‘tgan uchrashuvda Buxoro shahar, Buxoro tumani va Romitan tumanlarida faoliyat olib borayotgan 300 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

👉 BATAFSIL O‘QISH UCHUN

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
25_03_2022_йилда_ўтказиладиган_ярмаркалар_тўғрисида_маълумот.xlsx
20.1 KB
Ҳурматли каналимиз кузатувчилари!

Эртага, 25 март куни Бухоро вилоятининг барча туман ҳамда шаҳарларида бўлиб ўтадиган арзонлаштирилган озиқ-овқат маҳсулотлари ярмаркалари тўғрисида маълумотни эътиборингизга ҳавола этамиз.

Қуйидаги файлда туман ва шаҳарларда ўтказиладиган ярмаркаларнинг жойи ҳамда соати ҳақида батафсил маълумот берилган.
#keshbek

Isteʼmolchilar fevral oyida 30 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘pladi

Chek uchun keshbek. 2022-yil 1-yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.

Fevral oyida isteʼmolchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi va shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘lab berildi.

❗️Sotuvchilar tomonidan 6826 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 468,9 mln so‘mlik keshbek to‘lanmaydi.

Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?

🔹4,5 mlrd so‘mlik keshbek
15474 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilganidan so‘ng;

🔹0,7 mlrd so‘mlik keshbek 3460 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq qarzi to‘langanidan so‘ng;

🔹10 mlrd so‘mlik keshbek shubhali bo‘lgani sababli o‘rganish natijasidan kelib chiqqan holda to‘lab beriladi.

“Soliq” mobil ilovasidagi tasdiqlangan “keshbek” mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

1% keshbek nega 20-sanadan keyin qaytariladi?

Qaysi cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati.

Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

Yana 15 mingdan ortiq isteʼmolchiga keshbek to‘lab berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Diyor yangiliklari dasturida

Kogon shahrining 4-sektor hududidagi mahallarga faoliyatini boshlagan
yoshlar yetakchilari faoliyati haqida.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yarmarka #4_sektor

Ko‘chma yarmarkalar viloyatimizning barcha chekka hududidagi mahallalarga kirib boradi

Buxoro viloyati 4-sektor hududidagi
mahallalarda belgilangan reja-grafikka asosan azronlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkillashtirilmoqda.

📍Kecha Vobkent tumanining olis “Xayrobod” hamda Kogon tumanining eng chekka hududlaridan biri “Sorg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inida ham ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etildi.

🔗 Mazkur yarmarkalarda aholiga go‘sht, kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum, shakar, o‘simlik yog‘i va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda yetkazib berilmoqda.

⚡️ Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish hamda joylarda narx-navo barqarorligini saqlash, ularning sun’iy o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Eslatib o‘tamiz, ana shunday azronlashtirilgan ko‘chma oziq-ovqat yarmarkalari belgilangan reja-grafikka asosan viloyatimizning barcha chekka hududidagi mahallalarga kirib boradi.
⚡️ SOLIQ ORGANLARI XODIMLARINING “SOLIQCHI KO`MAKCHI” TAMOYILI ASOSIDA ISH OLIB BORAYOTGANINI HAR BIR TADBIRKOR HIS QILISHI SHART

✳️ Davlat soliq qo`mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va ularning ijrosi xususida so`z bordi.

👉🏻 BATAFSIL
#uchrashuv#Gijduvon

Buxoroda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, belgilangan reja-grafikka muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jahongir Abdiyevning buxorolik tadbirkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
📍Ayni paytda G’ijduvon tumani hokimligida G’ijduvon, Vobkent, Shofirkon va Peshko‘ tumanlari soliq to‘lovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda.
⚡️ Uchrashuvda tadbirkorlarga soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilayapti. Shuningdek, ularning savollariga batafsil javoblar berilmoqda.
⚡️ Shu yerning o‘zida tadbirkorlarining murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘rilayapti.
⚡️Uchrashuvda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsman vakillari ham ishtirok etmoqda.