Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.55K photos
1.6K videos
42 files
4.77K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kogon shahrining 4-sektor hududidagi mahallarga faoliyatini boshlagan yoshlar yetakchilari tomonidan ayni kunlarda uyushmagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📚 Viloyat 4-sektor ishchi guruhi hamda mahalladagi barcha yoshlar yetakchilari hamkorligida uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni sportga jalb qilish maqsadida o‘g‘il bolalar uchun ⚽️ mini-futbol va qiz bolalar uchun sportning 🤾 voleybol turlari bo‘yicha musaboqalar tashkil etildi.

Hududdagi “Maxtumquli”, “Xo‘jabargi”, “Navzirabod” va “Zirabod” mahalla fuqarolari yig‘inidagi yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Yoshlar yetakchilari 4-sektor ishchi guruhi ko‘magida ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va tadbirkorlikka o‘rgatish maqsadida hududdagi ishlab chiqarish sanoat zonalarida yoshlar hamda ishsiz fuqarolar uchun ekskursiyalar tashkil etildi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook |
#e_ijara

E-ijarada yer maydoni ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

1. Buning uchun ijaraga beruvchi ERI kaliti yordamida ijara.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kirishi lozim.

2. Shundan so‘ng asosiy sahifadan “Yerni ijaraga berish”ni tanlaydi.

3. “Ijaraga berilayotgan ochiq yer maydoni to‘g‘risida maʼlumot” bo‘limidagi “Ko‘chmas mulk obyekti” satrida ijaraga beriladigan yer maydoni ko‘rsatiladi.

4. “Ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma'lumot” bo‘limida ma’lumotlar avtomat shakllanadi. Zarurat bo‘lganda, “Faoliyat ko‘rsatish manzili” qatorini belgilab, boshqa manzil ko‘rsatish mumkin.

5. “Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida
▫️ijaraga oluvchi – jismoniy shaxs bo‘lsa JShShIR ko‘rsatiladi;
▫️ijaraga oluvchi - yuridik shaxs bo‘lsa STIR ko‘rsatiladi;

6. “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

Shundan so‘ng, ijaraga oluvchi ham ERI kalitidan foydalanib tizimga kirishi va “Ijaralar ro‘yxati” bo‘limida ➡️ “Tasdiqlanishi kutilayotgan” shartnomani tasdiqlashi kerak.

👉Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?
👉Ikkilamchi ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
👉Mobil ilovada ERIsiz ijara shartnomasini hisobga qo‘yish
👉Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish
👉E-ijara tizimida kommunal xizmatlar
👉Ijara shartnomasining haqiqiyligi qanday tekshiriladi?
👉Ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#e_ijara

В E-ijara можно зарегистрировать договор аренды земельного участка

1. Для этого с помощью ключа ЭЦП арендодателю необходимо войти в персональный кабинет на сайте ijara.soliq.uz.

2. Выбрать услугу "Земля в аренду".

3. В разделе "Информация об аренде открытых земельных участков" в строке "Объект недвижимости" указать сдаваемый в аренду земельный участок.

4. В разделе "Информация об арендодателе" сведения формируются автоматически. При необходимости можно указать другой адрес, если отметить галочкой "Фактический адрес юридического лица".

5. В разделе "Информация об арендаторе" нужно указать:
▫️если арендатор - физическое лицо, то его ПИНФЛ;
▫️если арендатор - юридическое лицо, то его ИНН.
После этого остальные данные о них отобразятся автоматически.

6. Нажать кнопку "Отправить".

После чего арендатор также с помощью ключа ЭЦП должен войти в систему и подтвердить договор в разделе "Список аренды"➡️"В ожидании утверждения".

👉Как устроен интерактивный сервис Е-ijara?
👉Как зарегистрировать договор субаренды?
👉Зарегистрировать договор в мобильном приложении без ЭЦП
👉Регистрация договора аренды со студентами
👉Коммунальные услуги в системе E-ijara
👉Как проверить подлинность договора аренды?
👉Как аннулировать договор аренды?

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi jamoasi Yetti pir bo‘ylab ziyoratda

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalaridagi kadrlar mehnatini rag‘batlantirish va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda xodimlarni jamoaviy sayohatga olib borish an’anaga aylangan.

Navro‘z bayrami arafasida viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati hamda Buxoro viloyati Davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan boshqarma jamoasi uchun viloyatimizdagi ulug‘ qadamjolar joylashgan Yetti pir bo‘ylab ziyorat tashkil qilindi.

Ma’lumki, Navro‘zi olam xalqimizning qadimiy bayrami bo‘lib, o‘zida shukronalik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik singari yuksak insoniy g‘oyalarni mujassam etgan.
Ana shunday ezgulikka yo‘g‘rilgan kunlarda hamkasblarimiz ulug‘ ziyoratgohlarda yurtimizga tinchlik-omonlik, turmushimiz farovonligi, yurtimiz obodligi va dasturxonlarimizga qut-baraka tilab duolar qildilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Murg‘ak qalb egalariga quvonch ulashildi

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – Navro‘z arafasida poytaxtimizdagi 30-sonli Mehribonlik uyi va 103-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari huzurida bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
NAVRO‘Z — MEHR-MURUVVAT BAYRAMI HAMDIR

Navro‘z bayrami arafasida Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi joylarda keksa va nogironlar holidan xabar olib, ularga mehr-muruvvat ulashmoqdalar.

Bugun Kogon shahar “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Buxoro viloyat ko‘zi ojizlar jamiyati” Kogon tuman kengashida navbatdagi xayrli ishga qo‘l urildi.

Sektor ishchi guruhi bu yerda 25 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishlari hamda bayram dasurxonini fayzli bezatishga ko‘maklashish maqsadida ularga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdilar.

Bundan ruhlangan jamiyat a’zolari bugungi kunda mamlakatimizda eng avvalo inson manfaatlariga katta e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdilar. Bu borada joylarda “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oya qaror topib borayotganidan xursand bo‘lib, davlatimiz va hukumatimiz rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Navro‘z bayrami arafasida Buxoro tumani DSI xodimi
Davlat soliq qo‘mitasi Raisidan tabriknoma oldi

Navro‘z bayrami Buxoro tumani davlat soliq inspeksiyasida qariib 30 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan va bugun 60 yoshni qarshilayotgan Salim Madjidov uchun qo‘shaloq shodiyonalarga aylanib ketdi.

Aniqrog‘i, ana shunday xursandchilik kunlarida o‘zining 60 yoshini nishonlayotgan Salim Madjidovga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev tomonidan tabriknoma yo‘llangani esda qolarli bo‘ldi.

Fursatdan foydalanib, viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoasi ham qo‘shaloq shodiyonalarni nishonlayotgan Salim Madjidovga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va uzoq yillar farzandlaru, nevaralarilarining baxtini ko‘rib yurishlikni tilaydi.

👉 BATAFSIL

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram