Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.59K videos
40 files
4.73K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
🍇 Buxoroda Farg‘ona tajribasi asosida uzum yetishtirish tashabbusi keng quloch yozmoqda

Ertaga Romitan tumanining 4-sektor hududidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “O‘qituvchilar” ko‘chasida ham 200 metr uzunlikda voishlarni o‘rnatish ishlari yakunlanadi.

🍇 Endigi navbat uzumning xaridorgir va serhosil ko‘chatlarini o‘tqazishdir. Sektor ishchi guruhining ta’kidlashicha, ushbu metall konstruksiyasidan barpo qilingan voishlar “O‘qituvchilar” ko‘chasidagi 14 ta oilaga biriktirib berilmoqda.

Demak shuncha xonadonlarda uzumchilikdan qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratildi.
Yana bir gap. Ushbu loyiha doirasida tashkillashtirilayotgan uzumchilik tarmoqlarida asosan bozorpob va xaridorgir uzum navlari yetishtiriladi.

⚡️ Dastlabki, hisob-kitoblarga ko‘ra bundan har bir oila kamida 10 million so‘mdan daromad topadi. E’tiborlisi, bu daromad miqdori yil sayin oshib boradi.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Romitan tumanida 4-sektor va tuman hokimligi hamkorligida navbatdagi xayrli ishga qo‘l urildi

4-sektor hududida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj va boquvchisini yo‘qotgan «Temir daftar», «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning 9 nafar farzandlarining sunnat to‘ylari taraddudi ko‘rildi.

To‘g‘risi, bunday e’tibor va muruvvatdan sunnat to‘yi nishonlanayotgan bolajonlar va ularning yaqinlarining quvonchini ko‘rib mehmonlar ham xursand bo‘ldilar.

Ayniqsa, to‘ybolalarga tuman hokimligi va 4-sektor hamda saxiy tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va velosipedlar topshirilganda ularning quvonchi yanada ortdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

👉 BATAFSIL

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Xaridingiz uchun 🧾 chek talab qiling 📲 “Soliq” mobil ilovasida xaridingiz chekidagi QR-kodni skanerlang 1% keshbekka ega bo‘ling❗️

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_imtiyozi

👨‍🎓Talabalar kontrakt to‘lovidan 12 foiz miqdorida daromad solig‘ini qanday qaytarib olishi mumkin?

📚Siz ish haqi va boshqa daromadingizdan o‘zingizni, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringizni O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida taʼlim olishi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsangiz mazkur imtiyozdan foydalana olasiz.
⚡️2021-yil 14-oktabrdan mazkur imtiyoz professional taʼlim tashkilotlari – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga ham tatbiq etildi.
Imtiyoz professional va oliy taʼlim tashkilotlarida o‘qish uchun to‘lov:
👉 jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari;
👉 tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari;
👉 yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilganda qo‘llaniladi.


Kanalga ulanish
👇👇👇👇
https://t.iss.one/soliq_Live
QQS guvohnomasining holati

QQS guvohnomasi holatidagi o‘zgarishlar tarixi my.soliq.uz dagi soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining “QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish” sahifasidagi jadvalning pastki qismida ko‘rsatiladi.

👉 QQS guvohnomasining amal qilishi to‘xtatilganda, soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetiga QQS guvohnomasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilganligi to‘g‘risida xabarnoma va qaror avtomatik tarzda yuboriladi.

👉 Shaxsiy kabinetda kontragentning QQS guvohnomasi holatini ham tekshirish mumkin.

👉 Buning uchun "QQS to‘lovchilarni aniqlash" sahifasiga kontragent STIRini kiritish lozim.

👉 So‘rov natijalariga ko‘ra, ushbu QQS to‘lovchi haqida umumiy maʼlumot, guvohnoma berilgan sana, raqami va holati aks ettiriladi.

👉 QQS to‘lovchi va uning kontragenti faolligi/nofaolligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar real vaqt rejimida EHFda ham aks etadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Бухорода 13 та маҳаллада Фарғона тажрибаси асосида узум етиштирилади
#18feb #uzbekiston24

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#keshbek

1% keshbek qachon qaytariladi?

2022-yil 1-yanvardan QR-kodli xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.

Sotib olingan tovarlar qaytarilganda tadbirkorlik subyektlarida xarid cheklariga tuzatish kiritish imkoniyati mavjudligini va ular tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlari hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasigacha etib belgilanganini inobatga olgan holda keshbek summasi 21-25-sanalarda qaytarilishini maʼlum qilamiz.

Yaʼni, yanvar uchun fevral oyining 21-25-sanalarida, fevral uchun esa mart oyining 21-25-sanalarida keshbek qaytariladi.

Agar siz chek bermaslik holatlariga duch kelsangiz “Soliq” mobil ilovasining "Soliq hamkor" bo‘limi orqali xabar bering. Murojaatchiga huquqbuzarlardan undirilgan jarima summasining 20 foizi mukofot sifatida to‘lab beriladi. (PQ-5252-son).

Maʼlumot uchun: to‘lov terminali orqali qabul qilingan to‘lovlar uchun xaridorlarga to‘lov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart (PF-5813-son)

👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?

👉
Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati

👉15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
❗️ Soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Telegram messenjeridagi maxsus @dsq_anticorrupciya_bot ga yuboring.

Buxoro viloyati davlat soliq
boshqarmasi matbuot xizmati


Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 21 февраля 2022 года крайний срок

за январь:

– представления отчетности и уплаты НДС
(части первая и вторая статьи 273 Налогового кодекса);

– представления отчетности по сумме налога с дивидендов и процентов, если в январе были начислены дивиденды и проценты
(часть пятая статьи 345 Налогового кодекса);

– представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(часть первая статьи 355 Налогового кодекса);

– представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами
(части третья и четвертая статьи 454 НК);

за февраль:

– уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(часть третья статьи 448 Налогового кодекса).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🍇 Har bir tumanning bittadan mahallasida yangi usulda uzumchilik tarmog‘i joriy etilyapti

Avval xabar berganimizdek, Buxorodagi 13 ta mahallada 4-sektor tomonidan Farg‘ona tajribasi asosida uzum yetishtirilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

⚡️ Ayni paytda 4-sektor hududidagi tanlab olingan barcha ko‘chalarda voishlarni o‘rnatish ishlari deyarli yakunlandi.

⚡️Kuni-kecha Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan uzumning xaridorgir va serhosil navlari hisoblangan - Mersedes, Ketmonsopi, Husayni va Kelin barmoq kabi 4 000 tupdan ortiq uzum navdalari ham olib keltirildi.

Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasida hududlarga ushbu uzum ko‘chatlari tarqatildi.
Shundan kelib chiqib, bugundan barcha joylarda ko‘chatlarni ekish ishlari boshlab yuboriladi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qishloq joylarida voish usulida uzum yetishtirish uchun bitmas-tuganmas imkoniyatlardan unumli foydalanish orqali oilalarga qo‘shimcha daromad manbaini yaratib berishga qaratilgan.

✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.