Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.1K subscribers
7.89K photos
1.66K videos
45 files
4.99K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

Fuqarolar qanday holatda o‘z ko‘chmas mulkini sotishdan olingan daromaddan soliq to‘laydi?

Jismoniy shaxslarning quyidagilarni sotishdan olingan daromadiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisoblanadi:
▫️noturar joylarini;
▫️36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi

Turar joy jismoniy shaxsning mulkiga, xususan, meros yoki xadya tartibida yoxud oldi-sotdi shartnoma asosida o‘tganligidan qatʼiy nazar 3 yil ichida sotilsa, daromad solig'i to‘lashi lozim.

Jismoniy shaxsning mulkida 3 yildan ko‘p muddatda bo‘lgan turar joylarni sotishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi va 3 yillik muddat soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan har bir obyekti bo‘yicha alohida hisoblanadi.

Jismoniy shaxs mulkida 3 yildan kam muddatda turar joyni sotishdan olgan daromadlari to‘g‘risida doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay (Soliq kodeksining 397-moddasi), jami daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishi va daromad solig‘i summasini 1-iyunga qadar to‘lashi lozim. (Soliq kodeksining 398-moddasi)

My3.soliq.uz saytidan jami daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani elektron shaklda taqdim etish mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari mazkur mol-mulkni hujjatlar bo‘yicha sotib olish va sotish qiymati o‘rtasidagi oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Ko‘chmas mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kadastr qiymati bilan sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksining 375-moddasi 4-bandi

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12%.
👉Soliq kodeksining 381-moddasi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#raqamlashtirish #mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi yetakchilik qilmoqda

Yuklab olishlar bo‘yicha:
📱 App Store - 1-o‘rin:
📱 Play Market - 2-o‘rin.

1-fevral holatiga ko‘ra Soliq mobil ilovasida 9,7 mlndan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

🤳🏻Yanvar oyida ilova xizmatlaridan 115,6 mln marta foydalanilgan.

🎗Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor
"Mening uyim"
"Soliq biznes"

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
NEGA KESHBEK HISOBLANMAYAPTI

Bilib oling quyidagi hollarda keshbek hisoblanmaydi:

▫️agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
▫️O'zini o'zi band qilgan shaxslar xizmat ko‘rsatganda;
▫️avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olishda, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar to‘lov cheklari uchun;
▫️jismoniy shaxslar shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan bo‘lsa.

Shubhali xaridorlar – keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#BILASIZMI

Soliq kodeksining 383-moddasiga ko'ra, I yoki II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
Xarid chekini olishga o‘rganaylik!
Bu har tomonlama o‘zimizga foydalidir.


Ko‘pchilik fuqarolar savdo yoki xizmat ko‘rsatish nuqtalarida to‘lovni naqd pul yoki bank plastik kartasi orqali amalga oshiradi, lekin xarid chekini olishmaydi. Nega shunday

Xo‘sh, xarid cheki o‘zi nima uchun zarur?

🔹Birinchidan, 🧾xarid chekini talab qilib olishga o‘rgangan fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali chekdagi QR-kodni skaner qilib 1% keshbek va 12% ijtimoiy keshbek to‘plashadi.

🔹Ikkinchidan, ushbu chek orqali olgan mahsulotingizga nisbatan e’tirozingiz bo‘lsa yoki sifatsiz chiqsa almashtirib olish imkoniga ega bo‘lasiz.

🔹Uchinchidan, 🧾 xarid chekini talab qilish orqali Siz ayrim tadbirkorlarning soliqdan qochishga urinishlari hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olasiz.

✔️Unutmang! Avvalo, mamlakat budjetini shakllantirishda soliqlar muhim o‘rin tutadi.

Ushbu mablag‘lar esa shaharu tumanlarimizning obodligi, yanada ko‘rkam qiyofaga kirishi, yangi ijtimoiy soha obyektlarining bunyod etilishi, ko‘chalarimizning ravon bo‘lishi uchun sarflanadi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

Buxoro viloyati 2025-yil yanvar oyida umumiy reytingda 86,7 ball bilan soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar qatoridan joy oldi

90 dan yuqori ball jamg‘argan 102 nafar, (shundan 17 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida Buxoro viloyati boʻyicha 544 ta mahallada 261 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_tekshiruvi

Kameral
tekshiruvdan keyin xatolarni o‘z vaqtida tuzatib, soliq auditini oldini olish mumkin

Kameral soliq tekshiruvlari
▪️soliq toʻlovchining ishtirokisiz;
▪️uning hududga bormasdan;
▪️hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkaziladi.

Agar tekshiruvda tafovut va xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga talabnoma yuboriladi. Bunda aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasini 5 kun ichida taqdim etishi kerak.

2024-yilda qariyb 7 mingta tadbirkorlik subyektlari kamchiliklarini bartaraf etib, qayta hisobotlar topshirdi. Natijada ularga soliq auditi o'tkazilishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi oldi olindi.

Soliq auditi qachon tayinlanadi?

Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa;
aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa;
taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa.
👉 Soliq kodeksi 138-modda

2024-yilda kameral soliq tekshiruvlaridan 18,8 mingtasi aniqlangan xato va tafovutlar bo‘yicha soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etmadi yoki asosnomalar yetarli emas deb topilgan.

Qanday huquqbuzarliklar aniqlangan?

✔️Soliq solish bazasini kamaytirib ko‘rsatish hamda xarajatlarni sunʼiy oshirilishi hisobiga soliqlar kam hisoblanganligi;
✔️huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish, xarid va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi bir-biriga muvofiq emasligi hisobiga soliq to‘lanmasligi;
✔️ hisobga olinadigan soliq summasini noto‘g‘ri oshirib ko‘rsatilishi va to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi kuzatilgan.

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

Soliq auditi va moliyaviy sanksiyalarning oldini olish uchun kameral soliq tekshiruvlari jarayonida aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan vaqtda taqdim etishingiz zarur.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

📲Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot oling hamda to‘lovlarni oson to'lang.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 7-fevral

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 февраля 2025 года - последний день

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahallabay #korxonabay

Buxoro viloyatida “korxonabay” ishlash tizimida 64 nafar, "mahallabay" tizimida 261 nafar soliq inspektori soliq to‘lovchilarga xizmat ko’rsatadi

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahallabay" va “korxonabay” ishlash institutlari barcha soliq to‘lovchilarga soliq inspektorlari bilan individual ishlash imkonini berdi.

Xususan bugungi kunda Buxoro viloyatida

▪️“korxonabay” ishlash tizimida 12 342 ta QQS toʻlovchi korxonaga 64 nafar,
▪️"mahallabay" tizimida esa 544 ta mahallaga 261 nafar soliq inspektori biriktirilgan.

Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasida, o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan:

▫️“Korxonabay” tizimida "Mening soliq boshqarmadagi inspektorim" bo‘limida;
▫️“Mahallabay” tizimida "Mening mahalladagi soliq inspektorim" bo‘limida.

Soliq toʻlovchilar faoliyati

▫️️“korxonabay” ishlash tizimi orqali 42 ta,
▫️️"mahallabay" tizimida esa 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#Prezident_yigilishi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlatimiz rahbari ikki yil oldin savdo va xizmatlar sohasidagi korxonalarga ijtimoiy soliq 1% qilib belgilanganligini qayd etdi.

O‘tgan davrda korxonalar soni 1,5 karra oshib, ulardagi ishchilar 220 mingga ko‘paydi.

Muhimi, ko‘p korxonalar “soya”dan chiqib, oylikni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘tgani hisobiga, ish haqi 3,2 karra ko‘payib, qo‘shimcha 2,1 trillion so‘m soliq tushdi.

Bu imtiyoz muddati yana 3 yilga uzaytirilib, servis korxonalarining kamida 3 million so‘m oylik oladigan 30 yoshgacha bo‘lgan ishchilariga qo‘llanishi belgilandi.

Va aksincha, xufiyona faoliyat yuritib, “konvertda” oylik to‘layotgan tadbirkorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzishga ruxsat beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga investitsiya jalb etish va yer solig‘i tizimiga yangi o‘zgarishlar kiritildi

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
👉 PF-18, 03.02.2025-y

2025-yil 1-iyulgacha xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilib, 2026-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqiladi.

Unga ko‘ra:

◽️Xalq deputatlari Kengashlari qarorlari bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun yer solig‘i stavkalariga nisbatan oshiruvchi va pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash;

◽️ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali oshganda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorini oshirmaslik, ya’ni ijaraga berilgan paytdagi normativ qiymatga asosan soliq hisoblash;

◽️ijaraga berilgan yer uchastkasining normativ qiymati va tuproq bonitet bali tushib ketganda – yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i miqdorini mutanosib ravishda 3 karragacha oshirish;

◽️Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga mos bo‘lgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan bazaviy stavkada hisoblash;

◽️Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritgan holda realizatsiya qilinganligi tasdiqlangan mahsulot hajmi yer uchastkasining normativ hosildorligiga nisbatan ko‘p yoki kam bo‘lgan taqdirda — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘iga bazaviy stavkaga nisbatan mutanosib ravishda 3 karragacha kamaytiruvchi va 3 karragacha oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash.

2028-yil 1-yanvarga qadar – organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organik va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i 50% miqdorda to‘lanadi.

Soliq qo‘mitasi 1 oy muddatda o‘z axborot tizimlarida yer uchastkasida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari va hajmlari, shuningdek, realizatsiya qilingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borish uchun texnik imkoniyatini ta’minlaydi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli o‘zgarishlar kiritilganidan keyin amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NAVOIY_IFTIXORIM

Ayni kunlarda barcha hududlarda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham Alisher Navoiyning 584 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Bugun viloyat soliq boshqarmasida ham "NAVOIYNI HAR KIM, HAR KUNI O'QISHI KERAK!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda buyuk mutafakkirlarning hayoti va ijodi mamlakatimiz, qolaversa xalqaro miqyosida ham keng o‘rganilayotgani, targ‘ib etilayotgani e’tirof etildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Buxoroda 2025-yil 1-fevral holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 32 136 nafar.

Shundan 487 tasi 2025-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube