Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.12K subscribers
7.97K photos
1.7K videos
46 files
5.07K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Forwarded from Shokirjonov news
Яқиндан бошлаб ҳайдовчилар ўз ёнида ҳайдовчилик гувоҳномаси, автомашинанинг техпаспорти ва ID карта (яшил паспорт) ни олиб юришга мажбур бўлмайди

2025 йилнинг 1 июнидан бошлаб юқорида саналган ҳужжатларнинг электрон версиясини ЙПХ ходимларига кўрсатиш мумкин бўлади.

Шунингдек, банклар, нотариуслар, вокзаллар ва аэропортларда ички рейсларда уларни телефондан кўрсатиш етарли бўлади.

Энг яхшиси — Soliq.uz иловасини телефонингизга ўрнатиб олинг. Унда паспорт, ҳайдовчилик гувоҳномаси, сизга тегишли автотранспорт воситалари ҳақида маълумотлар чиқади.

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Zamonaviy loyihalar va ilg'or tashabbuslar istiqbollari muhokama qilindi


Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bunyodkorlik ishlari, mahalliy tadbirkorlarning yangi tashabbuslari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab viloyat markazida barpo etilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi, bu yerda yaratilayotgan zamonaviy infratuzillma va loyihalarni ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, Soliq qo'mitasi Raisi Navbahor tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan "Agrocenter" MChJga qarashli issiqxona va u yerda sifatli pomidor mahsulotlarini yetishtirishda eng ilg'or texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni o'rgandi. Tadbirkorning yangi biznes loyihalari, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Navbahor tumanidagi o'simlik moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Pure Nature Oils" MChJ bo'ldi. Qo'mita Raisi tadbirkorning o'z biznesini yanada rivojlantirish yo'lidagi izlanish va tashbbuslari hamda eksport loyihalarini qo'llab-quvvatladi.

Shundan so‘ng Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida Navoiy viloyati soliq boshqarmasida xodimlar faoliyati samaradorligi, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Korxonabay” ishlash tizimida joriy oyda KPI past bo‘lgan 2 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodimga ogohlantirish berildi.

Yigʻilishda tizimdagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, xalqning, tadbirkorlarning ishonchiga erishib, ularga amaliy yordam koʻrsatib borish birinchi darajali vazifa ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Gʻijduvon tumani soliq inspeksiyasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida Gʻijduvon tumani soliq inspeksisida ham soliq xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda xodimlar xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.

Shuningdek, “Mahallabay” tizimi bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) tahlil qilindi. Reyting natijalari ko‘tarish va tushumlarni o‘z vaqtida budjetga kelib tushishini ta’minlash hamda noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#e_ijara

Buxoroda 2024-yilda "E-IJARA" axborot tizimi orqali soliq organlarida 27 998 ta ijara shartnomalari hisobga qo‘yilgan

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
👉VMQ-30-son, 22.01.2025-y.

Mazkur qaror bilan:

🔹maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilandi;

🔹yangi ro‘yxatdan o‘tayotgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) mavjud emasligi to'g'risidagi tartib maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz❗️ Ilgari yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 kun muddatda arizada ko‘rsatilgan yoxud boshqa ko‘chmas mulk ijarasi yoki tekin foydalanish shartnomasini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan taqdirda yuridik shaxs o‘zi ko‘rsatgan joylashgan yerida (pochta manzilida) yo‘q deb e’tirof etilar edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads