Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.77K photos
1.62K videos
44 files
4.88K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Buxoroda soliq xodimlarining “Korxonabay” va “mahallabay” ishlash faoliyati muhokoma qilindi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev tomonidan soliq boshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida “Korxonabay” va “mahallabay” ishlash tizimi doirasidagi inspektorlar faoliyati muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat soliq xizmati organlari xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari sohalar kesimida tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda M.Mirzayev tomonidan o‘tgan yilda va joriy yil yanvar oyining dastlabki 15 kunligida “Mahallabay” tizimida viloyat bo‘yicha 544 ta mahallaga biriktirilgan 261 nafar soliq inspektorlari hamda “Korxonabay” tizimi bo‘yicha boshqarmadan biriktirilgan 64 nafar soliq xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tahlil qilindi.

Xususan, “Mahallabay” tizimi bo‘yicha umumiy reytingdagi hissasi past bo‘lgan Jondor, Romitan, Shofirkon va Buxoro tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlariga to‘liq foydalanilmayotgan yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berildi.

Shuningdek, “Korxonabay” yo‘nalishiga biriktirilgan 64 nafar xodimlarning 14 ta soha bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) tahlil qilinib, reytingi past bo‘lgan xodimlar bilan birma-bir muloqot qilindi hamda ularning natijalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda to‘lov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish, ortiqcha to‘lov summalarini hosil qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va qoʻshimcha manbalarni aniqlash boʻyicha mavjud dasturiy mahsulotlar imkoniyatidan keng foydalanish masalalariga e’tibor qaratilib, belgilangan vazifalar ijrosiga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, soliq organlari zimmasiga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklatilganligi mas’ullarga yana bir bor uqtirilib, galdagi vazifalar belgilab berildi.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
#seminar #soliq_siyosati_2025

Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi

🗓Joriy yilning 13–17-yanvar kunlari respublikamizning barcha hududlarida 2025-yilga mo‘ljallangan soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi hamda hududiy soliq boshqarmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlar hamda qo‘shimcha imtiyozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

Quyidagi viloyatlarda seminarlar o‘tkazildi:
📱 Xorazm viloyati
📱 Qashqadaryo viloyati
📱 Navoiy viloyati
📱 Samarqand viloyati 
📱 Surxondaryo viloyati
📱 Jizzax viloyati
📱 Buxoro viloyati
📱 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📱 Farg‘ona viloyati

Bu kabi seminarlar soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tezkor hal etishda va ularga uslubiy ko‘mak ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Shofirkon tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi


Shofirkon tumani “Bobohaydar” mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Muxamedov tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, ularni hal qilish choralari ko‘rildi.

🔹Sayyor qabulda ko‘rib chiqilgan murojaatlarning asosiy qismi moddiy yordam, ishga joylashish, salomatligini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘ldi. Bundan tashqaqari, kredit olish bog‘liq murojaatlar ham bor.

Yakunda fuqarolardan kelib tushgan jami 15 ta murojaatlarning 10 ga yaqini shu yerning o‘zida hal etildi. Qolgan murojaatlarni ham belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va uni hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

Sayyor qabulda 3 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinkasi, va bir nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshga zamonaviy noutbuk berildi.

Ta’kidlash lozim, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotgani bilan ahamiyatlidir.