Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.58K photos
1.86K videos
50 files
5.59K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#JShODS #YTT

2024-yil 16-dekabr - dekabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

👉 O‘zbekistonda 293 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda
____________
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

16 декабря 2024 года - последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за декабрь.

👉 В Узбекистане осуществляют деятельность 293 тысячи индивидуальных предпринимателей

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #foyda_soligi

Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda solig'i summalari bo‘yicha hisobot soliq agenti tomonidan daromadlar to‘langan oydan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
👉Soliq kodeksi 355-modda

📱Onlayn seminarni toʻliq ko'rish

❗️Noyabr oyi uchun hisobotni 20-dekabrdan kechiktirmay taqdim etish lozim.
____________
#онлайн_семинар #налог_на_прибыль

Отчетность по суммам налога на прибыль с доходов нерезидентов представляется налоговым агентом не позднее 20 числа месяца, следующего за месяцем, в котором были выплачены доходы.
👉ст.355 НК

❗️Отчетность за ноябрь нужно представить не позднее 20 декабря.

📱Смотреть онлайн-семинар полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILASIZMI

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa…


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:

🔹YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,

🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 2-qismi

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot

Olot tumani soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlari ishtirokida tumanining markaziy bozorida profilaktik tadbir o‘tkazildi.


Tadbir davomida tadbirkorlarga onlayn nazorat kassa texnikalaridan hamda to‘lov terminallaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ta’kidlash kerakki, bu kabi tadbirlar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniy faoliyat yuritishni ta’minlash, yashirin iqtisodiyotni oldini olish, soliq tushumlarini nazorat qilish va xaridorlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

Soliq mobil ilovasida o'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar yiliga kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Soliq mobil ilovasida o‘zini o‘zini band qilgan shaxs sifatidagi faoliyatni to‘xtatish ham mumkin.


Тelegram | Facebook|Instagram
Bo‘lajak jurnalistlar viloyat soliq boshqarmasi matbuot xizmati faoliyatini yaqindan o‘rgandilar

Bugun viloyat soliq boshqarmasining matbuot xizmati faoliyatini yaqindan o‘rganish hamda amaliy jarayonlarni kuzatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasining viloyat rahbari, «Buxoronoma» va «Бухарский вестник» gazetalari bosh muharriri, deputat Shodmon Sulaymon boshchiligida Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari viloyat soliq boshqarmasiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda talablarga soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, soliq to‘lovchilar bilan bevosita ishlash jarayonlari hamda soliq xizmati organlari xodimlarining “korxonabay” va “mahallabay” faoliyat yuritishlari tanishtirildi.

Tadbir davomida yosh jurnalist talabalarga matbuot xizmati faoliyati, ish jarayonlari, jamoatchilik bilan aloqalarning muhimligi haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.

Matbuot xizmatining asosiy faoliyati nimalardan iborat ekanligi, sohaga oid xabar va lavhalarni yoritishda qaysi holatlarga e’tibor qaratish kerakligi yuzasidan yig‘ilganlarga tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Bu kabi uchrashuvlar talaba yoshlarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga hamda amaliyotga joriy qilishlariga turtki beradi.

Tadbir yakunida talabalarga viloyat soliq boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi tomonidan hududlarda soliq inspeksiyalari va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida navbatdagi tadbir Shofirkon tumani soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi hamda tuman tadbirkorlari o‘rtasida tashkil etildi.

O‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, diniy ekstrimizmga qarshi kurashish shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Hududdagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiya to'g'risida xabar berish yuzasidan “Ishonch raqamlari” va maxsus telegram bot manzillari ko‘rsatilgan qo'llanmalar tarqatildi.

Тelegram | Facebook|Instagram