Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#AOS

❗️Aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar diqqatiga

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2025-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2024-yil 15-dekabrgacha (shu kuni ham) soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Buning uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimidagi havola orqali rad qilish arizasi yuboriladi.

📌 https://my3.soliq.uz/login?type=legal
______________
#налог_с_оборота

❗️Вниманию плательщиков налога с оборота

Плательщикам налога с оборота в фиксированной сумме до 15 декабря 2024 года
необходимо уведомить налоговые органы о переходе с 1 января 2025 года на уплату налога с оборота по ставке 4% (или другим налоговым ставкам).
👉ст.5 НК
👉ст.470 прим.1 НК

Для этого электронное уведомление направляется через персональный кабинет на my3.soliq.uz в разделе "Переход (отказ) плательщиков налога с оборота на уплату (от уплаты) налога по фиксированной ставке" по следующей ссылке:

📌 https://my3.soliq.uz/login?type=legal

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolariga yechim berishda davom etmoqda

Soliq qo‘mitasi rahbariyatining tadbirkorlar bilan uchrashuvlarida ular tomonidan biznes jarayonlarini yengillashtirish, xususan, majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF tasdiqlash muddatini (1 kun) uzaytirish taklifi bildirildi.

❗️Markirovka qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha EHFni tasdiqlash muddati 3 (uch) kungacha uzaytiriladi.

Qonunchilikka ham o‘zgartirish kiritish taklifi tayyorlanadi.
_______________
#ЭСФ

Налоговый комитет продолжает содействовать в решении проблем предпринимателей

В ходе встреч руководства Налогового комитета предпринимателями озвучиваются просьбы для облегчения бизнес-процессов, в частности, увеличить сроки (1 день) подтверждения ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой.

❗️Срок подтверждения ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой продлевается до 3 (трех) дней.

Будет подготовлено предложение по внесению изменений в законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Shu munosabati bilan, 🕓 2024-yil 7-dekabr soat 00:00dan 10-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

🖇Xususan:
– Elektron hisobotlar;
– ERI;
– EHF* (7-8-dekabr kunlari);
– Notarial idoralari tomonidan fuqarolik holati bo‘yicha maʼlumot qabul qilish;
– korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
– mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (
tasnif.soliq.uz);
– fiskal maʼlumotlar operatori bilan bog‘lanishlar;
– elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.


* EHF tizimi 9-10-dekabr kunlari ish faoliyatida bo‘ladi

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

Налоговый комитет продолжает поэтапную работу по миграции большой базы данных на новые серверы.

В связи с этим 🕓 с 00:00 часов 7 декабря до 06:00 часов 10 декабря текущего года будет временно ограничена работа некоторых информационных систем и электронных налоговых услуг.

🖇В частности, перебои возможны в:
- электронных отчетностях;
- ЭЦП;
- ЭСФ* (7-8 декабря);
- получении нотариальными конторами сведений, связанных с записями актов гражданского состояния;
- добровольном и принудительном ликвидации предприятий;
- Едином электронном национальном каталоге продукции (товаров и услуг) (
tasnif.soliq.uz);
- каналах связи с оператором фискальных данных;
- электронных обращениях
и других услугах.

* ЭСФ будут доступны 9-10 декабря

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI SOLIQ TO‘LOVCHILAR!

Sizlarni konstitutsiya kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!


Yurtimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi hech qachon bizni tark etmasin.

Zero, qomusiga amal qilgan xalq kelajagi buyuk bo‘ladi.


Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirayotgan samarali faoliyatlaringizga muvaffaqiyatlar, o‘zingizga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va qut-baraka tilayman.

Hurmat bilan,

Dilshod Yuldashev.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram
#8_dekabr #konstitutsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak boʻlsin!

Milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlida shu kungacha erishilgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy poydevori Konstitutsiyamiz ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan asosiy tamoyillardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emasligi amalda isbotini topmoqda.

Xususan har bir davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi, xalq bilan doimiy muloqot qilish faoliyatimizning mezoni etib belgilandi.

Barcha mansabdor shaxslar quyi boʻgʻinga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ishonch bilan aytamanki, Inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan Konstitutsiyamizga tayangan holda barchamiz birgalikda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz va jonajon Oʻzbekiston rivoji yoʻlida koʻzlagan yuksak marralarga albatta erishamiz.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo’mitasi Raisi
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-dekabr

noyabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

dekabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 декабря 2024 года - последний день

за ноябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за декабрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#madhiya

1992-yil 10-dekabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Bugun, milliy o‘zligimiz, xalqimizning asriy orzulari, buguni va kelajagi aks etgan davlatimiz madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil to'ldi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etadi❗️

Vatanimiz hurligi, kuch-qudrati va buyuk kelajagimizni madh etuvchi bu ohang toabad baralla yangrasin!


Тelegram | Facebook|Instagram
#mahallabay

Mahallalarda soliq organlari faoliyati

Buxoro viloyati noyabr oyida umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar qatorida birinchilikni egalladi

90 dan yuqori ball jamg‘argan 63 nafar, (shundan 8 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida Buxoro viloyati boʻyicha 544 ta mahallada 258 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Buxoro viloyatining 4-sektor hududlarida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali ko‘chat ekish ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

Loyiha doirasida Vobkent tumani soliq inspeksiyasi tashabbusi bilan aholi xonadonlarga
mevali hamda manzarali ko'chatlar tarqatildi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Hamdardlik

Soliq qo‘mitasi jamoasi Soliq qo‘mitasi Raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichning padari buzrukvori Davlatboy otaning vafoti munosabati bilan oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Davlatboy Kudbiyev oliy o‘quv bilim yurtlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, o‘ziga xos maktab yaratgan, el-yurt hurmatiga, eʼtirofiga sazovor bo‘lgan ustoz sifatida tilga olinadi.

Davlatboy Kudbiyev fidoyi olim, ilm-fan va taʼlimning haqiqiy jonkuyari sifatida o‘zidan o‘chmas iz qoldirib ketdi.
__________
Соболезнование

Коллектив Налогового комитета выражает глубокие соболезнования семье и близким Председателя Налогового комитета Кудбиева Шерзода Давлятовича в связи с кончиной его отца Давлатбая ота.

Доктор экономических наук, профессор Давлатбай Кудбиев долгие годы плодотворно работал в высших учебных заведениях, создал уникальную школу и известен как наставник, заслуживший уважение и признание народа.

Давлатбой Кудбиев, как преданный учёный, истинный энтузиаст науки и образования, оставил после себя неизгладимый след.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish #yuridik_shaxs

Buxoroda 2024-yil 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 35 364 nafarga yetdi

Ularning 4 907 tasi yanvar-noyabr oylarida
ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida
👉maʻlumot

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev 4-sektor hududlarida
amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Kogon shahrida bo‘ldi.

Kogon shahar hokimi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida shahardagi bir nechta ijtimoiy obyektlarida bo‘lib, issiqlik ta’minoti va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yaqindan borib o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida hududda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijtimoiy obyeklarning issiqlik ta’minotidagi holatlari, qozonxonalar ko‘zdan kechirildi.

Aholi hamda ijtimoiy obyektlar uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatimni tugatmoqchiman. Qayerga murojaat qilishim kerak

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tugatish uchun:

1️⃣ Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz portaliga murojaat qiling:

▫️Tugatish to‘g‘risida ariza
▫️Pasport nusxasi
▫️Muhr (agar bo‘lsa)

2️⃣ Soliq xizmatlariga:

▫️Yakuniy soliq hisobotini topshirish
▫️Soliq qarzlari yo‘qligi to‘g‘risida
▫️ma’lumotnoma olish

3️⃣ Bankdagi hisob raqamlarni yopish kerak.

Тelegram | Facebook|Instagram