Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennisi

Stol tennisi boʻyicha Buxoroda o‘tkazilayotgan
U-19 “O‘zbekiston kubogi" musobaqasidan fotoreportaj

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat 4-sektor | Aholi murojaatlari tizimli ravishda hal etilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
#yarmarka

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi xalqimiz xizmatida

Qish mavsumida aholiga yengillik yaratish hamda narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olish maqsadida Buxoro viloyatining barcha hududlaridagi dehqon bozorlari va aholi gavjum nuqtalarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Xususan, viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan joylarida aholi uchun arzonlashtirilgan ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etilib kelinyapti.

Aholini sifatli va arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bugun Qorovulbozor tumanidagi “Jarqoq” mahallasida ham savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarka orqali aholiga shakar, guruch, kortoshka, piyoz, bodring, bulg‘or qalapmiri, un, o‘simlik yog‘i, tuxum, tovuq va mol go‘shti hamda boshqa 20 turdagi mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Rahbarlarning yo‘qlovidan mehr-muruvvatga muhtoj oila vakillarining boshi ko‘kka yetdi


3 dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan 4-sektor ishchi guruhi va mahalliy hokimlik vakillari hamkorligida joylarda turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlar kuni-kecha Qorovulbozor tumanida ham tashkil etildi.

Uchrashuvlarda 4-sektor ishchi guruhi va tuman hokimligi mas’ullari nogironligi bo‘lgan yoshlar, shuningdek ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy ruhdagi suhbatlar o‘tkazib, fuqarolarning muammolarini birma-bir tinglab ularga yechim izladilar. Ularga jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb his qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuvlar jarayonida “Inson” ijtimoiy markazi hamda homiy tashkilotlar tomonidan mehr-muruvvatga muhtoj oila vakillariga saxovat va ko‘mak ko‘rsatildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-dekabr

noyabr oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 декабря 2024 года - последний день

за ноябрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Soliq xizmati xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlarga yetaklovchi har qanday holatlardan ogoh turishi lozim

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida joylarda belgilangan tartibda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan proflaktik tadbirlar davom etmoqda.

Kecha Kogon shahar soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkib xodimlari o‘rtasida ham ana shunday hamkorlikdagi proflaktik tadbir o‘tkazildi.

Unda mas’ullar korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi, barcha xodimlar soliq xizmati organlari sha’niga dog‘ tushiradigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.

Tadbirda, soliq xizmati organlari xodimlarining vazifalari va majburiyatlari eslatib o‘tilib, korrupsiyaviy jinoyatlarga yetaklovchi har qanday holatlardan ogoh turishi lozimligi ta`kidlandi.

Тelegram | Facebook|Instagram
E’LON❗️

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to’lovchilari diqqatiga❗️

📌2024-yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga navbatdagi soliq davridan (2025 yil 1-yanvardan) boshlab o‘tishga haqli.

Buning uchun, soliq to‘lovchi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay My3.soliq.uz sayti orqali belgilangan tartibda xabardor qiladi.

Soliq toʻlovchilar tomonidan bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlar bajarilganda, navbatdagi soliq davridan aylanmadan olinadigan soliq toʻlash rejimiga oʻtish mumkin:

- QQS toʻlash tartibiga kamida 12 oy oldin oʻtgan boʻlsa;

- Soliq kodeksining 461-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan QQS toʻlashning majburiy mezonlari mavjud boʻlmasa.

Soliqchi-tadbirkorga ko’makchi.

Тelegram | Facebook|Instagram