Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#stol_tennisi

Stol tennisi boʻyicha Buxoroda o‘tkazilayotgan
U-19 “O‘zbekiston kubogi" musobaqasidan fotoreportaj

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat 4-sektor | Aholi murojaatlari tizimli ravishda hal etilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
#yarmarka

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi xalqimiz xizmatida

Qish mavsumida aholiga yengillik yaratish hamda narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olish maqsadida Buxoro viloyatining barcha hududlaridagi dehqon bozorlari va aholi gavjum nuqtalarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Xususan, viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan joylarida aholi uchun arzonlashtirilgan ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etilib kelinyapti.

Aholini sifatli va arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bugun Qorovulbozor tumanidagi “Jarqoq” mahallasida ham savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarka orqali aholiga shakar, guruch, kortoshka, piyoz, bodring, bulg‘or qalapmiri, un, o‘simlik yog‘i, tuxum, tovuq va mol go‘shti hamda boshqa 20 turdagi mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Rahbarlarning yo‘qlovidan mehr-muruvvatga muhtoj oila vakillarining boshi ko‘kka yetdi


3 dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan 4-sektor ishchi guruhi va mahalliy hokimlik vakillari hamkorligida joylarda turli tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday uchrashuvlar kuni-kecha Qorovulbozor tumanida ham tashkil etildi.

Uchrashuvlarda 4-sektor ishchi guruhi va tuman hokimligi mas’ullari nogironligi bo‘lgan yoshlar, shuningdek ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy ruhdagi suhbatlar o‘tkazib, fuqarolarning muammolarini birma-bir tinglab ularga yechim izladilar. Ularga jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb his qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Uchrashuvlar jarayonida “Inson” ijtimoiy markazi hamda homiy tashkilotlar tomonidan mehr-muruvvatga muhtoj oila vakillariga saxovat va ko‘mak ko‘rsatildi.

Тelegram | Facebook|Instagram