Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Kimlar mehnat staji uchun ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin?

🔺O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;

🔺 shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda
▪️chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar)
▪️issiqxona xo‘jaligi,
▪️parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar),
▪️quyonchilik,
▪️asalarichilik,
▪️baliqchilik,
▪️bogʻdorchilik,
▪️limonchilik,
▪️gulchilik bilan shugʻullanayotgan yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari.
❗️Ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar.

🔺 dehqon xo‘jaligi a’zolari (dehqon xo‘jaligi boshlig‘i bundan mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar.

🔺 mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

🔺 O‘zbekiston davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari;

🔺 ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Ijtimoiy soliq har yili kamida BHMning 1 baravari miqdorida toʻlanishi lozim.
❗️Ma'lumot uchun. Joriy yilning 1-oktyabridan boshlab BHMning 1 baravari 375 000 so‘mga oshiriladi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#stol_tennisi

Stol tennisi boʻyicha Buxoroda o‘tkazilayotgan
U-19 “O‘zbekiston kubogi" musobaqasidan fotoreportaj

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat 4-sektor | Aholi murojaatlari tizimli ravishda hal etilmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
#yarmarka

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi xalqimiz xizmatida

Qish mavsumida aholiga yengillik yaratish hamda narxlarning sun’iy oshib ketishini oldini olish maqsadida Buxoro viloyatining barcha hududlaridagi dehqon bozorlari va aholi gavjum nuqtalarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Xususan, viloyat 4-sektor ishchi guruhi tomonidan joylarida aholi uchun arzonlashtirilgan ko‘chma savdo yarmarkalari tashkil etilib kelinyapti.

Aholini sifatli va arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bugun Qorovulbozor tumanidagi “Jarqoq” mahallasida ham savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur yarmarka orqali aholiga shakar, guruch, kortoshka, piyoz, bodring, bulg‘or qalapmiri, un, o‘simlik yog‘i, tuxum, tovuq va mol go‘shti hamda boshqa 20 turdagi mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram